O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Sud buyrug‘ining qonuniy kuchga kirishi



Download 356,97 Kb.
bet71/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   171
Bog'liq
IPK

146-modda. Sud buyrug‘ining qonuniy kuchga kirishi
Sud buyrug‘i u berilganidan so‘ng o‘n kunlik muddat o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega va u sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda ijro etilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 138, 140, 142, 144-moddalari.
147-modda. Sud buyrug‘ini bekor qilish
Agar qarzdor uzrli sabab bilan o‘z vaqtida kreditorning talabiga qarshi e’tiroz bildirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda o‘sha sudga sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida ariza berishga haqli. Sud bunday holda buyruqni bekor qilishga haqli, shundan keyin kreditorning talabi da’vo ishini yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin.
Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida yoki bekor qilishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Sud buyrug‘ini bekor qilish haqidagi yoki bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdor chaqirtirilmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan chiqariladi.
Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 146-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining 21-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 254-sonli Qarorining 20-bandi.
18-bob. Da’vo taqdim etish
148-modda. Ish qo‘zg‘atish asoslari
Sud:
1) manfaatdor shaxslarning arizalari bo‘yicha;
2) prokurorning arizasi bo‘yicha;
3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.
Agar qonunda muayyan toifadagi nizolar uchun sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, faqat taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan keyingina sudda ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 3, 41, 49, 50-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish