O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni



Download 356,97 Kb.
bet72/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Bog'liq
IPK

149-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni
Da’vo arizasi sudga yozma shaklda beriladi. U da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, da’voning bahosi;
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar;
5) da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undirilayotgan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) da’vogarning qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, da’vo bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;
(149-modda ikkinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 17, 18-moddalari.
9) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Da’vo arizasida da’vogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Da’vo arizasida, agar nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lsa, boshqa ma’lumotlar, shuningdek da’vogardagi mavjud iltimosnomalar ko‘rsatiladi.
Da’vogar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talabni bitta da’vo arizasiga birlashtirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148, 150 — 161-moddalari.
150-modda. Da’vo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborish
Da’vogar da’vo taqdim etganda javobgarga va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148, 149, 151-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkin.
(150-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish