O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari



Download 356,97 Kb.
bet79/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   171
Bog'liq
IPK

163-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
(163-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish to‘g‘risida xabardor qiladi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari haqida xabardor qiladi;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taklif etadi, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etishni taklif etadi;
5) guvohlarni chaqirtiradi;
6) ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.
7) taraflarga zarur dalillarni olishga ko‘maklashadi, taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ularni talab qilib oladi;
8) taraflarni kelishtirish choralarini ko‘radi;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.
9) da’voni va dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masalalarni taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha hal etadi;
10) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki da’vo talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sudning sayyor majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi.
Sudya ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etilishni ta’minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudya fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar mustasno, da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudgacha majlis o‘tkazishi mumkin.
(163-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-541-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 10, 11, 52, 162-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish