137-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘chirma nusxalarini qarzdorga topshirish Kreditor sud buyrug‘ini berish to‘g‘risida ariza berganida qarzdorga shu arizaning ko‘chirma nusxasini topshirishi shart.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 136-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 254-sonli Qarorining 9-bandi. 138-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) davlat boji hamda pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
2) sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘chirma nusxasi qarzdorga topshirilganligini;
3) talabga asos bo‘lgan holatlarni.
Kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talablar bildirilganida sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga:
1) iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaning;
2) qarzdor tan olgan qarz yuzaga kelgan davr ko‘rsatilgan qarz hisob-kitobining;
3) penya hisoblanishi to‘g‘risidagi va iste’molchini tegishli kommunikatsiya tarmoqlaridan uzish haqida ogohlantirish ko‘rsatilgan, qarzni uzish to‘g‘risidagi talabning;
4) iste’molchini tegishli kommunikatsiya tarmoqlaridan uzish haqidagi yoxud yetkazib berishni texnologik yoki avariya zaxirasi darajasigacha cheklash to‘g‘risidagi dalolatnomaning ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.
Agar sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza kreditorning vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 136, 142-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarori 10-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 254-sonli Qarorining 7.1 — 7.6-bandlari.