O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish



Download 356,97 Kb.
bet64/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
Bog'liq
IPK

134-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) uning shartlari qonunchilikka zid bo‘lsa;
(134-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa;
3) u shart asosida tuzilgan bo‘lsa.
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 130 — 133-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandi, 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.02.00 Xo‘jalik sudida birinchi instansiyada ish yuritish]
II BO‘LIM. BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA ISh YuRITISh
17-bob. Sud buyrug‘i
135-modda. Sud buyrug‘i berish bo‘yicha talablar
Sud buyrug‘i sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi, agar:
1) soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;
2) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan bo‘lsa;
3) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;
4) talab to‘lanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qo‘yilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
5) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa.
(135-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 5-moddasining birinchi, oltinchi qismlari, 136 — 147-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 4-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 254-sonli Qarori.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish