O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Download 445,48 Kb.
bet83/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1.Fe`llarning o`ziga xos morfologik xususiyatlari nimalardan iborat ?


2. O`timli va o`timsiz fe`llar nima ? Ular qanday usullarda yuzaga keladi?
3. Bo`lishli, bo`lishsizlik qanday hosil bo`ladi.
4. Fe`l nisbatlari nima? Fe`lda qaysi nisbatlar mavjud?
63 s. FE`LLARNING XOSLANGAN SHAKLLARI

Fe`llar gapda biror gap bo`lgagi vazifasini bajarishga moslashgan xoslangan shakllarga ega. Bu shakllarning mavjudligi uchun fe`llar gapda ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Fe`lning xoslangan shakllari uch xil.


1. Sifatdosh. 2. Ravishdosh. 3. Harakat nomi.
Bulardan tashqari fe`llarning sof fe`l shakli ham mavjud. Bu shakl buyruq- istak, shart mayli shakllarida kelib, gapda faqat kesim bo`lib keladigan shakldir. Bu shakl boshqa fe`l shakllaridek qo`shimchalar orqali hosil bo`lmaydi. Sof fe`lga tuslovchi qo`shimchalar negizga qo`shiladi: oldim, olding kabi.
Sifatdosh . Predmetning belgisi bo`lgan garakatni bildirib, gapda asosan sifatlovchi - aniqlovchi vazifasida keladigan fe`l shaklidir. Masalan: Imtihon ayni qizigan kunlar edi. (A.Q.) Sifatdosh quyidagi xususiyatlarga ega: a) barcha fe`llar singari o`timli -o`timsiz, bo`lishli - bo`lishsiz va zamon ma`nolariga ega: o`qigan - o`timli, birlashgan -o`timsiz, o`qigan -bo`lishli, o`qimagan - bo`lishsiz, bo`lgan -o`tgan zamon, bo`lajak-kelasi zamon kabi; b) sifatdoshlar tuslanib aniqlik mayliga xos zamon shaklidagi fe`lni hosil qiladi: borganman, kelganman, ko`rganman;
v) sifatdosh gapda otlashib, ot bajaradigan sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan, o`qigan -o`zar (Maqol.)
Sifatdoshlar quyidagicha hosil bo`ladi:
1. Fe`l negiziga -gan (-kan, -qan) qo`shimchasini qo`shish bilan: borgan kelgan, tikkan, yutgan, chiqqan.
2. Fe`l negiziga -digan , -yotgan, qo`shimchalarini qo`shish bilan: boradigan, yozadigan, keladigan, chopayotgan.
3. Fe`l negiziga -r, -ar qo`shimchalarini qo`shish bilan: o`qir, aytar, kelar, uchar kabi.
4. Fe`l negizga - jak (-ajak) qo`shimchasini qo`shish bilan : yozajak, bo`lajak, kelajak.
5. Fe`l negiziga -gusi, qo`shimchalarini qo`shish bilan: kelgusi, borgusi, bilgusi.
6. Fe`l negiziga -vchi, -uvchi qo`shimchalarini qo`shish bilan: to`lovchi, boruvchi, aytuvchi.
7. Fe`l negizi -day qo`shimchasini qo`shish bilan: borday kelday
Sifatdoshlar zamon ma`nosiga ko`ra 3 xil.
1. O`tgan zamon sifatdoshi. 2. Hozirgi zamon sifatdoshi. 3. Kelasi zamon sifatdoshi. O`tgan zamon sifatdoshi fe`li negiziga -dan (-kan, -qan) qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil bo`ladi va nutq so`zlanib turgan paytdan oldin bo`lgan harakatning belgisini ifodalaydi. Masalan, Otaqo`zi zo`rma - zo`raki kulgan bo`ldi. (O. Yo) Rayimberdi tog`aning ham o`g`li urushning boshidayoq frontga ketgan.(S.A.)
Hozirgi zamon sifatdoshi fe`l negiziga -vchi, -uvchi, -yotgan qo`shimchalarni qo`shsihs bilan yasalib , nutq so`zlasnib turgan paytda bo`ladigan harakatning belgisini ifodalaydi. Masalan, Tursunboyning shu qalbaki xo`rsinishi Zebixon ko`ksidagi o`sha har narsani kechira oluvchi, har qanday darddan larzaga tushuvchi joyga borib qadalgan edi. (S.A.) Chilonzordagi sarg`ish, qizg`ish, g`ishtin, kulrang, oqish yirik panelli baland uylarning ko`lankalari tobora uzayib borayotgan payt. (O` U.)
Hozirgi zamon sifatdoshining -yotgan qo`shimchasini olgan shakli egalik va kelishik qo`shimchalarini olgan holda qo`llaniladi. O`qiyotganimda, yozayotganimda kabi.
Kelasi zamon sifatdoshi fe`l negiziga -r (-ar ), -digan,-day qo`shimchalarini qo`shish bilan yasalib, nutq so`zlanib turgan paytdan keyin bo`ladigan harakatning belgisini bildiradi.Masalan, Naymanga borgani ma`qul bo`lar. (S.A.) Bobur Farfona vodiysida nimaiki go`zallik ko`rgan bo`lsa, hammasini yozgisi kelar. (P.Q.)

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish