AMALIY MASHQLAR
Olmoshlarni tahlil qilish tartibi
1. Olmoshlarning ma`nosiga ko`ra turlari.
2. Qaysi turkum o`rnida qo`llanganligi.
3. Tuzilishiga ko`ra turlari.
4. Gapdagi vazifasi.
Namuna: Hech kim dardimni eshitmaydi.(S.A.) Hech kim-olmosh,
bo`lishsizlik olmoshi , ot o`rnida qo`llangan, qo`shma, gapda ega vazifasida kelgan.
33-mashq. Olmoshlarni topib, ma`no va vazifasiga ko`ra turini aniqlang.
1. Ana, jadvallarning yonida burchakdagi jovonda, Mirzo Ulug`bekning olti jildlik tarixiy asarlari yonida , uning-Ali Qushchining ham kitoblari turibdi.(O.Yo.)2. Men qayda bilay !-elkasini qisib dedi Ahmad Husayn- menga bu to`g`rida hech nima demadi, mutloq hech nima! (O.)3 . Birdan nimadir shitirlab ketdi.Yigit u yoq -bu yoqqa alangladi(S.A.) 4. Zokir kabinetdan allanechuk charchoqlik his qilib chiqdi.(P.Q.)5. Shu payt hovli tomondan kimningdir jon achchig`ida dodlagan tovushi eshitildi.(A.Q.)6. Mana, kamina aytgan mavlono Ali Qushchi huzuringizga qadam ranjida qildilar hazrati Temur bobo-dedi (O.Yo.)7. Bu gaplarning o`zlariga ham aloqador ekanligini sezishdi-da, birpas jim borishdi.(P.Q.)
34-mashq. Olmoshlarni gapdagi vazifasini aniqlang, o`zi bog`langan so`z bilan birga ko`chiring.
1. Madomiki mendan gunoh sodir bo`lmadi tekshirsalar haqiqat oldida o`zlari qizarib qoladilar shunday emasmi? (O.) 2. Rahmat o`g`lim qilgan ishlaringni hammasidan xabarim bor.(S.A.) 3. Siz o`zingiz o`zingizni qiynayo tgan bo`lmang.(PQ.).O`zingiz ishbilarmon qizsiz ! Sizga bizning yordamimiz kerak emas! (A.Q.) 5. Nizomjon o`zingiz qobilligi bilan bu erdagilarga darrov ma`qul bo`la qoldi.Undan hech kim qayerdan kel
ganini, bu erda nima qilib yurganini surishtirmadi.(S.A.)6. -Siz-chi!! Men ham eshindim, siz eng aktivlardan emishsiz. Necha kundan beri izlayman sizni, topolmayman.(O.)
F E` L
61 s . FE`LNING MA`NOSI VA GRAMMATIK BELGILARI
Predmetning ish-harakati va holatini bildiradigan so`zlar fe`l deyiladi. Masalan, o`qidi, yozdi, keldi, ketdi, uxladi, o`tirdi kabi. Fe`llar o`ziga xos morfologik xususiyatlarga ega. Binobarin, fe`llardagi o`timli, o`timsizlik, bo`lishli, bo`lishsizlik, nisbat, zamon, mayl kategoriyalari, fe`lning xoslangan shakllarining mavjudligi, tuslanish tuzumi, shuningdek maxsus fe`l yasovchi qo`shimchalar fe`l turkumining morfologik qamrovi kengligini ko`rsatadi.
Fe`llar gap tuzishiga ko`ra ba`zan otlarga ko`ra ham faoldir. Fe`l gapning tuzilishidagi muhim sintaktik asosidan biridir.Fe`llar gapda asosan kesim bo`lib keladi. xoslangan shakllarning mavjudligi esa fe`llarning sintaktik qamrovini kengaytirgan . Xoslangan shakllar mavjudli uchun fe`l gapda ega, kesim : birlashgan -o`zar.(Maqol.) aniqlovchi: kerilganning to`yini ko`r maqtanganning uyini ko`r. (Maqol.) to`ldiruvchi: qo`rqqanga qo`sha ko`rinar. (Maqol.) kabi vazifalarda keladi.
O`TIMLI VA O`TIMSIZ FE`LLAR
Fe`l anglatgan harakatning predmetga munosabati o`timli, o`timsizlikni hosil qiladi. O`timli - o`timsizlik fe`lning tushum kelishigidagi so`z bilan bog`lanish yoki bog`lanmasligi bilan belgilanadi. O`timli fe`l tushum kelishigidagi so`z bilan bog`lanib, harakatni shu so`z anglatgan predmetga o`tganligini bildiradi. Masalan, Ikromjon boshini ko`tarib, uni ko`rdi-yu, mashaqqat bilan o`rnidan turdi. (S.A.) Domla eshikni qarsillatib yopdi-da, boshi aylanganday bo`lib devorga suyandi. (O.Yo). Tik, sirg`anchiq qoyatoshga chiqib o`rganmagan savdarlar jihozlarini olib kelayotganda juda qiynalib qolishdi.(P. Q.). Harakat predmetga to`la o`tsa, fe`l chiqish kelishigidagi ot bilan birikadi. Faqat idorama-idora yurib ishga sho`ng`ib ketgandagina bu o`ylar sal yodidan ko`tarilib, xayoli boshqa narsalarga alahsidi. (O.Yo.)
Biror predmetga o`tmaydigan harakatni bildiradigan fe`llar o`timsiz fe`llar deyiladi. O`timsiz fe`llar tushum kelishigidagi so`z bilan bog`lanmaydi. Otaqo`zi tog`asining ketidan hovliga qaytib kirarkan, gapni nimadan boshlashni o`ylab, yuragi uvishib ketdi. (O.Yo.) Nizonjon nimalar bo`layotganini tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi .(S.A.)
Fe`llardagi o`timli-o`timsizlik fe`l ifodalaydigan ma`noga ko`ra qo`shimchasiz mavjud bo`ladi. O`timli- o`timsizlikning bu shakli lug`aviy -
semantik shakldir. Masalan, ol, ber, qo`y, o`qi, yoz, chiz, hayda, so`ra, -o`timli; tur, uxla, o`yna, kel, ket, kabilar lug`aviy ma`nosiga ko`ra o`timsiz fe`llardir. O`timli- o`timsizlikni hosil bo`lishida fe`l nisbatlarini yasovchi qo`shimchalar kuchli ta`sir qiladi. O`timli- o`timsizlikning bu yo`l bilan hosil bo`lishi morfologik usul hisoblanadi.
Fe`l nisbatini yasovchilar o`timli- o`timsizlikka tubandagicha ta`sir qiladi.1. O`zlik va majhul nisbat yasovchi qo`shimchalar o`timli fe`lni o`timsiz fe`lga aylantiradi: ko`r- ko`rin, tara-taran, yuv-yuvin, ech-echin, kiy -kiyin 2. Orttirma nisbat yasovchilar o`timsiz fe`lni o`timli fe`lga aylantiradi: yur- yurgiz, kel- keltir, uxla- uxlat, o`yna- o`ynat. Orttirma nisbat qo`shimchasi o`timli fe`ldan o`timsiz fe`l ham hosil qiladi: yoz- yozdir, o`qi- o`qit, ter-terdir kabi.
Qo`shma fe`llarda o`timli- o`timsizlik etakchi fe`lga nisbatan belgilanadi. Agar etakchi fe`l o`timli bo`lsa, qo`shma fe`l ham o`timli: yozib ber, aytib ber kabi: etakchi fe`l o`timsiz bo`lsa, butun qism o`timsiz hisoblanadi: kelib ket, yotib tur kabi.
BO`LISHLI VA BO`LISHSIZ FE`LLAR
Ish -harakatning bajarilishi haqidagi xabarni bildirgan fe`llar bo`lishli fe`llar deyiladi. Bo`lishlilik ma`nosi fe`lning lug`aviy ma`nosi orqali ifodalanadi. Uni ifodalovchi maxsus qo`shimcha mavjud emas: o`qidi, yozdi, keldi, ketdi.
Bajarilmaydigan ish- harakatni ifodalovchi fe`llar bo`lishsiz fe`l deyiladi.
Bo`lishsizlik quyidagi vositalar orqali vujudga keladi.
1. fe`lga -ma qo`shimchasini qo`shish bilan : bormadi, o`qimadi, yozmadi, ishlamadi kabi. - ma qo`shimchasi murakkab fe`llarning birinchi qismiga qo`shiladi: o`qimay qoldi, ishlamay qo`ydi, yotmay turdi.
- ma qo`shimchasi murakkab fe`llarning ikkinchi qismiga qo`shiladi: olib bormadi, o`qib chiqmadi, so`rab olmadi kabi. Murakkab fe`llarning har ikkala qismiga bu qo`shimcha qo`shilsa, bo`lishlilik hosil qiladi. Bunday holatlarda ish- harakatning aniq bajarilishi ifodalandi: bormay ketmaydi, olmay qo`ymaydi.
-ma qo`shimchasi ritorik so`roq gaplar tarkibida, ham bo`lishlilikni vujudga keltiradi: masalan, onani kim sevmaydi ?
2. Bo`lishsizlik sifatdosh shakliga emas, yo`q so`zlarini qo`shilishi bilan hosil bo`ladi: borgan emas, o`qigan emas, yozgan emas, ishlagani yo`q, uxlagani yo`q kabi.
Na inkor bog`lovchisi uyushiq bo`laklar orasiga kelib, bo`lishsizlik hosil qiladi. Na o`qiydi, na yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |