O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir



Download 445,48 Kb.
bet77/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Kishilik olmoshlari. Bu olmoshlar nutq jarayonida qatnashadigan, tilga olinadigan shaxs so`zlovchi (men, biz), tinglovchi(sen, siz), va o`zga( u, ular) kabi shaxslar o`rnida qo`llanadi. kishilik olmoshlari birlik va ko`plik sonlarni, uch shaxsni (I, II, III) ko`rsatadi. Men olmoshi so`zlovchi shaxs, sen olmoshi tinglovchi shaxs o`rnida qo`llaniladi. Qo`y bu gaplarni, men seni sog`inib ko`rgani keldim.(O.).
Badiiy adabiyotlarda sen olmoshi harsa -predmetlarga nisbatan ham ishlatiladi. Ey ko`ngil quyoshi, sen ham chiqa qol, chaman chimildiqlar muborak endi.(G`.G`.)
Men, sen olmoshlarining ko`plik shakli mavjud emas.Shuning uchun ko`plik boshqa so`zlar (biz, siz) bilan ifodalanadi va bu so`zlar boshqa shaxslar bilan birgalikni bildiradi. Biz, siz olmoshlari ma`no jihatidan umumiy bo`lgan ko`plikmi ifodalasa -da, ba`zan bu olmoshlar -lar ko`plik qo`shimchasini olgan holda ham ishlatiladi: bizlar , sizlar kabi. Bunday holatda ko`plik ifodalovchi ikki shakl birlashadi biroq, ma`lumki bu shakllarning biri orqali ma`no ifodalanadi,. Bu xildagi bir xil ma`noni ifodalashda ishtirok etadigan ikkita shakl pleonazm (ortiqcha ) deyiladi.Mana sizlar eshitdilaring, komissiya ukam nima dedilar ? (A. Q.)
Ko`plikni ifodalovchi siz olmoshi nutqda yakka shaxsni ifodalashda ham ishlatiladi. Bunda uning ko`plik ma`nosi hurmat ma`nosi bilan almashadi. Men o`zimni kimligimni sizga o`zim aytib berdim. Ammo siz o`zingizning kimligingizni aytib bermadingiz .(S.A.) Men olmoshi o`rnida
nutqda biz olmoshi ishlatiladi va o`rni bilan kamtarlik, mag`rurlanish kabi ma`nolarni ifodalaydi. Masalan, Seniki minnatli. Sen burnining tagiga soch qoygan quruqlaringdan bittasiga buyurasan. U xo`p deydi-yu, ammo ichida ming`irlaydi.Bizga bunaqasi ketmaydi. Bizga xolis xizmat kerak.(T. Mal.)
Kishilik olmoshlarining I, II shaxslari insonga III shaxsi insonga va boshqa narsa-predmetlarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, u bir sayyoradir. Erdek shafaqgun, u bir olamdirki, bilmas nihoya .(E.V.) Kishilik olmoshlarining uchinchi shaxs birligi u ko`rsatish olmoshi u bilan shakldosh. Ular qaysi o`rinda kishilik, qaysi o`rinda ko`rsatish ekanligini matn belgilaydi. U kishilik olmoshi bolsa, kim? nima? so`rog`lariga, ko`rsatish olmoshi bo`lsa qaysi? so`rog`iga javob bo`ladi. Masalan, U o`ychan odimlab birinchi xonaga chiqdi. (O. Yo.)
Qalandar bilan Ali Qushchi oyoqlarini erga tirab, kiftlari bilan toshni azod ko`targan edi, u ohista qo`zg`alib, “gurs” etib ag`darildi.
(O.Yo.) Kishulik olmoshlari otlardek turlanadi, fe`llardek shaxs-son qo`shimchalarini oladi. Kishilik olmoshlari kelishik qo`shimchalarini olganda ayrim olmoshlar o`zagiga o`zgarish yuz beradi. Chunonchi, qaratqich va tushum kelishigi qo`shimchalari men, sen olmoshlariga qo`shilganda bitta n tovushi tushib qolsa, u olmoshiga jo`nalis, o`rin-payt va chiqish kelishigi qo`shimchalari qo`shilganda bitta n orttiriladi .

men sen u


mening sening uning
meni seni uni
menga senga unga
menda senda unda
mendan sendan undan

Shaxs- son qo`shimchalari kishilik olmoshlariga quyidagicha qo`shiladi: menman, sensan. Kishilik olmoshlari egalik qo`shimchalarini olmaydi. Sening so`zidagi -ing qo` shimchasi shaklan II shaxs egalik qo`shimchasiga o`xshasa-da, aslida qaratqich kelishgi shakldir.
Kishilik olmoshlarining barcha ko`rinishlari -ning qo`shimchasini olgan holda egalik ma`nosini bildiradi: meniki, seniki, uniki kabi.Bu qo`shimcha men, sen olmoshiga qo`shilganda bitta i tovushi tushib qolib o`zakda o`zgarish bo`ladi: meniki, seniki.
Ko`rsatish olmoshlari. Predmet, narsa-hodisani ko`rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar ko`rsatish olmoshlari deyiladi. Ko`rsatish olmoshlari bir turdagi predmetdan bittasini ajratib ko`rsatish uchun qo`llaniladi.
Bu olmoshlar predmetni so`zlovchi bilan predmet turgan masofaga nisbatan ko`rsatishiga ko`ra o`zaro farqlanadi. Ko`rsatish olmoshlaridan u, bu, shu, o`sha, shuningdek, shu olmoshlarining ana, mana so`zlari bilan birikuvidan hosil bo`ladi: ana shu, mana bu, mana shu kabi. Bu olmoshi o`rnida ba`zan ushbu olmoshi ishlatiladi.
Ko`rsatish olmoshlari so`zlovchiga yaqin yoki undan uzoqda turgan narsa-predmetni ko`rsatishiga ko`ra o`zaro farqlanadi. Bu olmoshi so`zlovchiga yaqin bo`lgan, so`zlovchi ko`z oldida bo`lgan narsa- predmetni ko`rsatish uchun qo`llaniladi. Masalan, To bu odam kursiga sekin, ehtiyotlik bilan o`tirmagunicha hech kim o`tirmadi. (A.Q.) O`z domlasidan bu savolni eshitish Azizni dovdiratib qo`ydi. (O`.U.) Shu olmoshi ham ma`no jihatidan bu olmoshiga yaqin . Kamina ham uch yilcha shu ish bilan shug`ullanib, oxiri natija chiqmay tashlab ketganman. (O`U.) Bu va shu olmoshlarining arxaik shakllari bul, shul badiiy nutqda ko`p ishlatiladi: Notiq dedi: taqdir shul, bul jahoniy iroda, tillar yo`qolur butkul, bir til qolur dunyoda. (E.V.) Mirzo Ulug`bekka bul ish etibdir! (O.Yo.) U olmoshi so`zlovchiga nisbatan uzoqda bo`lgan predmetni ko`rsatish uchun, yoki oldin bo`lgan voqeani ko`rsatish uchun qo`llaniladi. Nizomjonni kelishini kutib u yondan bu yonga o`trib turdi. (S. A.) Saidakbar eshon u paytlar yosh bola edi. (A.Q.)
O`sha so`zlovchidan uzoqda bo`lgan narsa-predmetni ko`rsatish uchun, yoki ilgari bo`lib o`tgan voqeani eslash orqali ko`rsatish uchun ishlatiladi. Ha, O`rozqul haq, Normurod bundan oltmish yil miqaddam, mardikorlikka ketadidan o`sha mash`um ilon yilidan oldinroq shahar ko`rgan (O. Yo.) Ana u , mana bu, mana shu, ana osha olmoshlari tarkibidagi ana, mana so`zlari qanday ma`noli olmoshga qo`shilsa , shu olmosh manosiga mos holda narsa- predmetni ko`rsatishda qo`llaniladi.
Ko`rsatish olmoshlari kelishik: uning, shuning, o`shaning; egalik : inim, bunim, shunim: ko`plik: ular , bular shular qo`shimchalarini olgan holda qo`llaniladi.

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish