59 s. SONLARNING TUZILISHIGA KO`RA TURLARI
Sonlar tuzilishiga ko`ra uch xil: sodda sonlar, qo`shma sonlar, juft sonlar. Birgina o`zakdan iborat bo`lgan sonlar sodda sonlar deyiladi. O`zbek tilidagi 22 ta tub son sodda sonlardir. Bu sonlar boshqa qo`shma va juft sonlarni vujudga keltiruvchi sonlardir.
Ikki yoki undan ortiq sonlarning birikuvidan tashkil topib, bir miqdor tushunchasini bildiruvchi sonlar qo`shma sonlar deyiladi: o`n besh, ellik olti, bir yuz oltmish kabi.
Qo`shma sonlar quyidagicha tartibda qo`llanadi: a) katta sonlar oldin, kichik sonlar keyin keladi: o`ttiz besh, oltmish olti kabi.b) oldin kichik sonlar, keyin katta sonlar, undan keyin yana kichik sonlar keladi: bir yuz ellik, ikki ming bir.
Ikki sonning ketma -ket kelishi asosida o`zaro teng bog`lanishdan hosil bo`lgan sonlar juft sonlar deyiladi. Juft sonlar quyidagicha hosil bo`ladi:
1. Ikki sonning o`zaro teng bog`lanishidan : ikki -uch, besh-olti.
2. Beshliklarning ketma -ket kelishidan : besh-o`n, o`ttiz- o`ttiz besh.
3. O`nliklarning ketma-ket kelishidan : oltmish-etmish, sakson-to`qson.
4. Yuzliklarning ketma-ket kelishidan : to`rt yuz-besh yuz, olti yuz- etti yuz.
5. Mingliklarning ketma-ket kelishidan: ikki ming-uch ming, besh ming- olti ming.
TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Son deb nimaga aytiladi?
2. Sonlar yozuvda qanday ifodalanadi?
3. Sonlar so`z turkumi sifatida qanday xususiyatlarga ega?
4. Sonlar ma`no jihatidan necha xil?
Tuzilishga ko`ra-chi?
AMALIY MASHQLAR
Sonni tahlil qilish tartibi
1. Sonlarning ma`nosiga ko`ra turlari.
2. Sanoq sonning turlari.
3. Numerativ so`z bilan qo`llangan , qo`llanmagani.
4.Sonlarning tuzilishiga ko`ra turlari.
5. Gapdagi vazifasi.
Namuna: Ikki oradagi sir sirligicha qoldi.(P.Q.) Ikki-son, sanoq son, miqdor son, numerativ so`z bilan qo`llanmagan, sodda aniqlovchi.
31-mashq. Sonlarning topib ma`no jihatidan turini aniqlang.
1. Men ko`rganmen, zarblari bundan o`n hissa ortiq. (P.Q.) 2. Bobur Firdavsiydan , Sa`diydan minglab baytlaarni yod biladi. (P.Q.) 3. Qolgan ikki so`mni Saidiy besh kunga etkazdi, oltincfhi kuni esa och qolib, kechqurungacha yotib uxladi.(A.Q.)4. Ikkovlari ham o`z yulduplariga tikilib nimalarnidir uylashardi.(S.A.)5. Ikkala qiz ham og`iz ochmay jim qolishdi.(Ch.) Dam o`tmay ikkitadan non orasiga qo`yilgan kabobni ko`tarib keldi.(T.Mal.) 7. Birov tosh, birov gul, o`z joyida ikkovi ham yaxshi. (A.Q.)
32-mashq. Sonlarni ma`no va tuzilishi jihatidan turini aniqlang.Gapdagi vazifasini ayting. 1. Tun sukutini ot tuyoqlarining dupuri buzdi. Navkarlardan biri oldinda ikkinchisi yonma-yon ot choptirib borardi. (O.Yo.)b 2. Famirzodam, volidangiz ikkovimiz nozik bir muammoga sizning maslahatingizni olgani keldik.(P.Q.) 3. Peshanadagi bittayu- bitta bolani er-xotin ana shunday tashvish, ana shunday mehribonchilik bilan katta qilishdi.(S.A.)4. Uch to`rt kundan beri soqol olishga hafsala qilmagan ellik yoshlardagi kishi Ismoilbey bilan qo`shqo`llab so`rashdi.(T.Mal. )
Do'stlaringiz bilan baham: |