O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir
( Davlat tili haqidagi Qonuning I- moddasidan )
Ko`ngul maxzanining qulfi til,
Va ul maxzanning kalidin so`z bil!
( Alisher Navoiy)
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur .
(Avaz O`tar o`g`l i)
Ona tilim-onajonim tili bu,
Beshikdanoq singan jonu quloqqa.
Elu yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o`xshar ona tup roqqa.
(Mirtemir)
SO`Z BOSHI.
Ushbu darslik O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustida Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Ta`lim tug`risida”Qonun va “Kadrlar tayorlash milliy dastur talablari asosida yozildi.
Darslik universitetlar, pedagogika institutlarining pedagogika- (maktabgaсha ta`lim ) fakulteti talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, u mazxur kurs yuzasidan “Hozirgi o`zbek adabiy tili”(Toshkent , 1998 yil ,tuzuvchilar R.Ikromova, M.Yusupova ) dasturida asoslangan.
Mazkur darslikni yozishda, asosan,boshlang`ich ta`lim ixtisosligi buyicha bakalavriat yunalishi o`qib rejasi ko`zga tutilgan bo`lib, mutaxassislik o`quv predmeti sifatida uni bosqichma -bosqich tizim asosida o`qitish nazarga olingan Darslikbni yaratishda “Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi (Toshkent, “Sharq” nashriyoti manba aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2002 yil) ga amal qilindi.
Bakalavriat o`quv rejasida ona tilini o`qitishda 1-IY kuchlarda jami 332 soat, shundan ma`ruza uchun 187 soat , amaliy mashg`ulot uchun 205 soat ajratilgan .
Ushbu darslikda asosiy e`tibor nazariy ma`lumotlarni bayon etishga qaratiladi.Nazariy ta`rif, qoyida-qonunlar “O`zbek tili”(M.Mirzaev, S.Usmonov, I.Rasulov, Toshkent ,1970),”O`zbek tili ”(R. Ikromova, A. Azizova, D.Muxammedova , Toshkent,1983),”Hozirgi o`zbek adabiy tili ”(A. G`ulomov,M.Asqarova, Toshkent,1987).”Hozirgi o`zbek adabiy tili” (SH. SHoabduraxmonov, M.Asqarova,A.Hojiev., I.Rasulov, X. Doniyorov,Toshkent,1986 ).“ O`zbek tili grammatikasi (akademik nashr, 1, 11 tomlar, Toshkent,1975-1976 yillar ) kabi darslik va qo`llanmalardagi an`an`aviy” nazariyalarga asoslanib berildi. Ammo ta`rif, qoyidalarni amaliy jixatdan mustahkamlaydigan misollarga O`zbekiston davlatining mustaqillik yillarida erishgan umumbashariy g`alabalarning ruxi sindirilgan .
Darslikni tuzishda fakultetning kasbiy yunalishi aloxida hisobga olindi.Darslikda dastur bo`yicha ko`zga tutilgan ona tili o`qitishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiritildi.
1.Tilshunoslikdan umumiy ma`lumot berish, tilning kishilik jamiyatidagi ahamiyati, tilning paydo bo`lishi va taraqqiyot qoidalari, til va tafakkurning o`zaro munosabati, dunyo tillarining tasnifi, tilning ichki qurilishi (tizimi va tuzilishi), tilshunoslikning umumiy va xususiy sohalari (o`zbek tili xususiy tilshunoslik ob`ekti sifatida , o`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari haqida ma`lumot ); 2.O`zbek adabiy tili bo`limlari (mavzularni bayon qila borish jarayonida bo`limlararo bo`linishni maktab va kollejlar ,( ped bilim yurtlari) da berilgan saboqlarni hisobga olgan holda talabalar bilimini kengaytirish hamda mustahkamlab borish, yangi nazariy bilimlar berish ,amaliy malakalar hosil qilish:
3.Berilayotgan har bir ta`rifning amaliy misollar uchun yangi mashqlar majmuasini ishlash bilan birga mustaqil O`zbekiston Respublikasining amalda joriy qilinaboshlangan ilmiy maktab konsepsiyasi asosida Davlat tili to`g`risida gi Qonunini bajaraborib , milliy qadriyatlar, an`analar, urf-odatlarimiz va tariximizning komil ,jasur farzandlari hayotidan , milliy ma`fkura,milliy g`oyalaridan hikoya qiluvchi matnlarga talabalarni faol jalb etish asosida ta`lim -tarbyani birga olib borish .
4.Maktabgacha ta`lim muassasalari diqqat markazidagi masalalardan biri va asosiysi nutq o`stirish bo`lib ,unda so`z ustida ishlash, tovush ustida ishlash , talaffuz ustida ishlash, so`z shakllari va so`z yasash, gap ustida ishlash muhim o`rin tutadi. Shuning uchun darslikda fonetika ,orfoepiya, leksikologiya, morfologiya masalalariga nisbatan nutq o`stirishda kengroq o`rin berildi.
Til hodisalarini bayon etishda ifoda uslubining , aniq va ravshan, tushunarli va ixcham bo`lishiga, misollarni badiiy asarlardan tanlashga, ularning rang-barang va g`oyaviy jihadan milliy muh itimizga mos bo`lishiga alohida e`tibor qaratildi.
Darslikning “Kirish”, “Leksikologiya” “Fonetika”, “Sintaksis”, bo`limlari S.Rahimov, “Morfemika “, “ So`z yasalishi”, “ Morfologiya” bo`limlari B. Umurqulov tomonidan yozilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |