O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


) sifat+ot shaklida: sofdil, oq ko`ngil, olijanob



Download 445,48 Kb.
bet71/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

2) sifat+ot shaklida: sofdil, oq ko`ngil, olijanob.
3) son+ot shaklida: uchburchak, besh xonali.
4) ot+ fe`l shaklida: tinchliksevar, erksevar.
5) ravish +fe`l shaklida: ertapishar, kechpishar.
Bir umumiy belgi asosida ikki sifatning teng bog`lanishidan hosil bo`ldan sifatlar juft sifat deyiladi. Juft sifatlar quyidagicha hosil bo`ladi:
1. Ma`nodosh yoki ma`nosi bir-biriga yaqin bolgan sifatlarning birikuvidan: tinch-totuv, egri-bugri, qing`ir- qiyshiq.
2. Qarama -qarshi ma`noli sifatlarning birikuvidan : yaxshi-yomon, katta-kichik, uzun-qisqa.

SIFATLARDA MODAL SHAKLLAR


Sifatlarda darajalardan tashqari belgining ortiq yoki kamlik ma`nolari ham ifodalanadi. Bu xilda belgi ifodalanishida muayyan belgi boshqa predmet belgisiga qiyoslanmaydi.Bunday shakllar sifatlarning modal shakllari deyiladi.


Sifatning modal shakllariga qiyidagilar kiradi:
a) belgining kuchaytiruv shakli, b) belgining kamlik shakli,
d) belgining noaniqlik shakli, e) belgining ko`plik sh akli.
1. Belgining kuchaytiruv shakl belgini ortiq darajada ekanligini ifodalaydi. Belgining ortiqligi quyidagicha hosil bo`ladi:
a) oddiy daraja sifatlarning birinchi bog`ini olinib, sifatning to`liq shaklidan oldin keltirish bilan: qip-qizil, sap-sariq, ko`m-ko`k, dum-dumaloq.
b) oddiy darajadagi, sifatlarni takrorlash bilan: uzundan -uzun, ochiqdan-ochiq, to`ppa-to`g`ri.
d) oddiy darajadagi sifatlardan oldin belgini kuchaytiruvchi so`zlarni keltirish bilan: o`ta pastkash, g`irt yolg`on, liq to`la, tim qora.
Belgining kuchaytiruv shakli sintaktik usul bilan hosil bo`ladi.
2. Belgining kamlik shakli asosan rang bildiruvchi sifatlarda mavjud bo`lib, bunda belgining odatdagidan kamligi ifodalanadi. Belginng kamligi morfologik usul bilan hosil bo`ladi.
Belgining kamligi rang bildiruvchi sifatlarga -sh, -ish, -mtir, -imtr, g`imtir qoshimchalarini qo`shish bilan hosil bo`ladi: ko`kish, ko`kimtir, sarg`imtir, qizg`imtir.
3 . Belgining noaniqlik shakl sifatlarning juftlashishi asosida vujudga keladi. Ayrim tovush o`zgarishi asosida juftlashgan sifatlar noaniq belgini hosil qiladi: g`adir -budir, chala-chula.
4. Belgining ko`pligi sifatlarni takrorlash orqali ham hosil bo`ladi: uzun-uzun, katta-katta, og`ir - og`ir.
Sifatlarda -gina (-kina- qina) qoshimchasini qo`shish orqali ham sifatlarning modal shakli hosil bo`ladi: yaxshigina uy, o`g`rigina bola (“Mening o`g`rigina bolam”G`.G`.) G`uzardagi samovarda g`aribgina bo`lib o`tirgan ekan.(S.A.) Sifatlarning otlashishi. Sifatlarning gapda ot bajaradigan vazifani bajarib, otning so`rog`ini olib kelishi sifatlarning otlashishi deyiladi. Otlashgan sifatlar o`zining asl mohiyatini, yani predmet belgisini ifodalash xususiyatini yo`qotadi.
Otlashgan sifatlar gapda ega: Yaxshi eydi oshini, Yomon eydi boshini(Maqol.),qaratqichli aniqlovchi: kechalari uxlamay, shu yolg`izimning umrini uzun qil, deb yig`lab chiqadi. (S.A.) to`ldiruvchi: yaxshini yaxshi deydilar.(Maqol.) vazifalarida keladi.
Sifatlar tuzilishiga ko`ra sodda: yaxshi, keng, chiroyli, bilimli, zukko; qo`shma: rahmdil, shifobaxsh, oq ko`ngil, sof dil, shirin so`z, och sariq; juft: katta-kichik, oq-qora, uzoq -yaqin oq bo`ladi.

TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Sifatlar belgi sifatida nimalarni bildiradi?


2. Sifatning o`ziga xos morfologik belgilari nimalardan iborat?
3. Sifatning ma`no jihatidan qanday turlari mavjud?
4. Sifatlar gapda qanday vazilarni bajaradi?
5. Sifat darajalari nima? Sifatlarda qanday darajalar bor?
6. Sifatlar qanday usullar bilan yasaladi?
7. Sifatning qanday modal shakllari bor?



Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish