O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


-y (-a) qo`shimchali ravishdoshlar murakkab fe`llar tarkibida etakchi bo`lib keladi: o`qiy, boshladi, ayta oldi



Download 445,48 Kb.
bet85/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

-y (-a) qo`shimchali ravishdoshlar murakkab fe`llar tarkibida etakchi bo`lib keladi: o`qiy, boshladi, ayta oldi kabi.
Kelasi zamon ravishdoshlari ish- harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan keyin bajarilishini bildirib, fe`l negizi -gani (-kani, -qani) -guncha, (-kuncha, -quncha) qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil bo`ladi.
- gani, (-kani, -qani) qo`shimchalari bilan yasalgan ravishdosh ish -harakatining bajarilish maqsadini bildiradi. Boburdan xafa bo`lib, Eson Davlat begimga shikoyat qilgani ketdi. (P.Q.) -guncha (-kuncha, -quncha) qo`shimchali ravishdosh ish- harakatning davomiyligini bildiradi: U to hovlidan uzoqlashib ketmaguncha hassasining “duk -duki” eshitilib turdi (O`. U.) Bu ravishdoshlarning ham bo`lishsiz shakli -ma qo`shimchasini qo`shish bilan hosil bo`ladi: bormagani, bormaguncha.
Harakat nomi. Harakat nomi harakat va holatning nomini bildirib, gapda otga xos vazifalarni bajaradi. Harakat nomi bir tomondan fe`lga, ikkinchi tomondan otga xos belgilarga ega. Ular fe`llar singari harakatni bildiradi, o`timli- o`timsiz bo`ladi, nisbat kategoriyasiga va boshqa so`zlarni boshqarish xususiyatiga ega. Axir bugun odamlar cho`lga ketishadi (S.A.) gapidagi ketishadi so`zi harakatni ifoda etadi, birgalik

nisbati, cho`l so`zini boshqargan.Harakat nomi otlar singari kelishik va egalik qo`shimchalarini olib qo`llaniladi.


Gapda ot kabi ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi vazifalarida keladi: Keyin Hirotga Amir Alisherning huzuriga borganda bu yozuvlari juda kerak bo`ladiganga o`xshardi (P.Q.) U yozuvga berilib ketib , ko`shk oldigacha chopib kelgan otning dupurini eshitmadi.(P.Q.) Harakat nomi quyidagicha hosil bo`ladi.
1. Fe`l negiziga -sh, (-ish) qo`shimnchasini qo`shish bilan: o`qish, chopish, kulish, gaplashish kabi. -sh (-ish) shaklidagi harakat nomi ko`p qo`llanilishi bilan harakterlanib, ko`proq otga yaqinligi bilan ajralib turadi.
2. Fe`l negiziga - v (-uv) qo`shimchasini qo`shish bilan: o`quv, boruv, keluv. Bu shakl kam qo`llanilishi bilan xarakterlanadi. Keyin ular o`rtasida qandaydir tortishuv boshlanadi.(S.A.)
3. Fe`l negiziga -moq qo`shimchasini qo`shish bilan: -moq qo`shimchasi bilan yasalgan harakat nomi ko`proq fe`lga yaqin bo`lib, u fe`lning noaniq shakli ham hisoblanadi: bormoq, kelmoq, o`qimoq, aytmoq kabi. Harakat nomining egalik va kelishik qo`shimchalarini olib qollanilishi o`ziga xosdir. Ular egalik qo`shimchasini olganda harakatning bajaruvchisini bildiradi: borishim kerak, borishing kerak kabi. Kelishik qo`shimchalarini olganda esa harakatning bajarilishi usuli, jarayonini bildiradi: borishning, kelishning
FE`LLARDA MODAL SHAKLLAR

Fe`ldan anglashilgan ish - harakatning borliqqa munosabatini ifodalaydigan shakllar fe`lning modal shakllaridir. Fe`lning modal shakllari maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar, belgining kuchli yoki kuchsizlik shakllari natijasida vujudga keladi. Quyidagi qo`shimchalar fe`lning modal shakllarini hosil qiladi.


1. -la qo`shimchasi fe`l negiziga qo`shilib , harakatning takrorlanish ma`nosini ifodalovchi modal shakl hosil qiladi: quv-quvla, ishqa-ishqala, sava-savala.
2. -gila (-g`ila, -kula, -qila) qo`shimchasi negizga qo`shilib harakatning kuchliligini, davomiyligini bildiradi: ez-ezg`ila, turt -turtqila, cho`z- cho`zg`ila, tort- tortqila.
3. -nqira (-inqira) -msira (-imsira) fe`l negizlariga qo`shilib harakatning kuchsizligini bildiradi: to`xtanqira, chopinqira, yig`lamsira, kulimsira kabi.

FE`LLARDA SHAXS - SON


Fe`l shakllarida harakatning bajaruvchisi -grammatik shaxs ma`nosi o`z ifodasini topgan bo`ladi. Grammatik shaxs so`zlovchi, tinglovchi va o`zgadir. So`zlovchi va tinglovchi suhbatga bevosita ishtirok etuvchi, o`zga esa suhbatga ishtirok etmaydi. Grammatik shaxs, grammatik son bilan (birlik va ko`plik ) birgalikda ifodalanadi.


Grammatik shaxs va son maxsus qo`shimchalar orqali ifodalanadi. Ayni bir qo`shimcha ham shaxsni ham sonni bildiradi. Masalan, man qo`shimchasi birinchi shaxsni ham , birlikni ham bildiradi: boraman kabi. Shuning uchun bundayn qo`shimchalar shaxs -son qo`shimchalari deyiladi. Fe`llarning shaxs -son qo`shimchalarining olib kelishi tuslanish deyiladi. Shunga ko`ra shaxs-son qo`shimchalari tuslovchi qo`shimchalardir.
Fe`llarning birinchi va ikkinchi birlik shaxs shakli faqat kishilarga nisbatan, uchunchi shaxs esa kishilarga va boshqa jonli va jonsiz predmetlarga nisbatan ham ishlatiladi.
O`zbek tilida tuslanishning quyidagi uch guruhi mavjud. 1 guruh tuslanish
birlik ko`plik
I -m -k
II -ng -ngiz
III - -(lar)
Bu tuslovchilar di va sa shakllari bilan tugagan sof fe`llarga qo`shiladi: bordim, bording, bordi, bordik, bordingiz, bordilar, borsam, borsang, borsa, borsak, borsangiz, borsalar kabi .

2- guruh tuslanish
birlik ko`plik
I -man -mis
II -san -siz
III - -lar
Bu qo`shimchalar ravishdosh, sifatdosh shakllariga qo`shiladi: boribman, borganman, kabi



Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish