O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir



Download 445,48 Kb.
bet84/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Ravishdosh. Harakatining boshqa bir harakatning belgisi ekanligini anglatib, gapda ergash gapning kesimi yoki hol vazifasida keladigan fe`l shaklidir. Pobiya ko`zaga qarab suvga kelganini esladi va uni to`ldirib uylari tomon ko`tarib ketdi. (P.Q.) Ravishdosh quyidagi xususiyatlarga ega: a) barcha fe`llar singari o`timli, o`timsiz, bo`lishli, - bo`lishsiz, nisbat, zamon ma`nolariga ega.
Masalan, yozay- o`timli, bo`lishli, aniq nisbat, hozirgi zamon; bormagach -o`timsiz, bo`lishsiz, aniq nisbat, o`tgan zamon; b) ravisgdoshlar harakat tushunchasini bildiradi. Po`lat sandiqning qulfini sindirib ochib, undagi qog`ozlarni titkilayotgan bosqinchilar uy egasini ko`rib , derazadan ayvonga sakrashdi. (P.Q.) v) havishdosh holat tushunchasini bildiradi. Tohir o`ylanib qoldi. (P. Q.) g) Murakkab fe`lning etakchi qismi bo`lib keladi: ayta oldi, yozib bordi. Ravishdosh tuslanish tuslanmasligiga ko`ra ikki xil: tuslanadigan ravishdoshlar, tuslanmaydigan ravishdoshlar.
Tuslanadigan ravishdoshlar -b, (-ib), -a , (-y) qo`shimchalari bilan yasalib, shaxs-son qo`shimchalarini oladi: boribman, boribsan, boraman, borasan kabi.Bu ravishdoshlar tuslovchi qo`shimcha olmagan holda ishlatilib, gapda hol va ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Haligi yigit boshini ko`tarib, Saidiyga bir qaradi-da, yana o`z ishi bilan mashg`ul bo`ldi. (A. Q.) tuslanganda gapda kesim vazifasida keladi. Odatda olim yo ijod kishisi birorta yirik ishni nihoyasiga etkazganda ruhida katta bir engillik sezadi (O. Yo.)
Tuslanmaydigan ravishdoshlar -gach (-kach, -qach), -gani (-kani, qani), -guncha,(-kuncha,-quncha) qo`shimchalari bilan yasalib shaxs-son, va zamon qo`shimchalari olmaydi: borgach, borgani, borguncha kabi.
Tuslanmaydigan ravishdoshi gapda hol, ergash gapning kesimi vazifalarida keladi. To ishini bitkazib, qaytguncha qorong`u tushib qolgan edi. (S.A.) U katta ko`chani kesib o`tgach, hadeb o``ziga o`zi dalda berishga urindi (O. O.) Ravishdoshlar zamon ma`nosiga ko`ra uch xil: o`tgan zamon, ravishdoshlari, hozirgi zamon ravishdoshlari, kelasi zamon ravishdoshlari. O`tgan zamon ravishdoshlari -b (- ib), -gach, (-kach, -qach) qo`shimchalari bilan yasaladi. Bu qo`shimchalar bilan yasalgan ravishdoshlar nutq jarayonidan ilgari bo`lib o`tgan harakatni anglatadi. Samarqand podshosi Qo`qonni bosib olgan qo`shiniga talatgan va Marg`ilonga hujum qilgan edi. (P.Q.) Qanchadan qancha etimlarning boshini silab ovitgan (S. A.)
-b (-ib) qoshimchasi bilan hosil bo`lganda ravishdosh -roq qo`shimchasini olib qo`llanishi mumkin: kechikibroq keldi. Bu shakldagi ravishdosh ergash gapning kesimi va hol vazifalarida keladi. -gach (-kach, -qach) shaklli ravishdosh nisbatan kam qo`llanilib ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Ikromjom raisining uyiga mehmon kelishini tayinlagach, to`ppa-to`g`ri kolxoz saroyiga kirdi. (S.A.)
Hozirgi zamon ravishdoshlari ish- harakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajarilganini bildirib, fe`l negiziga -y (-a) qo`shimchasini qo`shish bilan hosil bo`ladi. Bu ravishdoshlar tuslanganda yakka holda keladi: boraman, aytadi kabi. Tuslanmaganda takror holda qo`llanilib, harakatning davom etib turishini bildiradi: kula-kula, ayta -ayta kabi. -y,(-a) shaklidagi ravishdoshning bo`lishsiz shakli -ma qo`shimchasi bilan yasaladi: aytmay, bormay.

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish