62 s. FE`L NISBATLARI
Harakatning bajaruvchisi (ega) bilan harakat qaratilgan predmet (to`ldiruvchi) orasidagi o`zaro munosabatlarning ifodalanishi fe`l nisbatlari deyiladi. Harakat bilan sub`ekt (ega) va ob`ekt (predmet) orasidagi munosabatlar har xil, ya`ni fe`ldan anglashilgan harakat ob`ektga o`tishi: bolalar kitobni o`qidi, ob`ektga o`tmay, sub`ektning o`ziga qolishi: , bolalar yuvindi, harakat bir necha shazxs tomonidan birgalikda bajarilishi: bolalar bahslashdi, harakat boshqa shaxslarning ta`sirida bajarilishi: o`qituvchi, bolalarga kitob o`qitdi kabi shakllarda yuzaga keladi. Bunday shaklarning yuzaga kelishida maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar ham ishtirok etadi. Biroq, bu qo`shimchalar fe`lning ma`nosini o`zgartirmay , unga qo`shimcha ma`no beradi. Masalan, o`qidi - ega tomonidan bajarilgan harakat, o`qittirdi, to`ldiruvchi bajaradigan harakatdir. Masalan, Karim bolalarni o`qittirdi. Harakatning bajaruvchisi bolalar, biroq harakat boshqa shaxsning - Karimning ta`siri bilan bajarilmoqda.
Fe`llarda quyidagi nisbatlar mavjud:
1. Aniq nisbat. 2. O`zlik nisbati. 3. Majhul nisbat.
4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat.
Aniq nisbat. Bu nisbat ega nomonidan bajariladigan harakatni ifodalaydi. Aniq nisbat hosil qiluvchi maxsus vosita yo`q.
U fe`lning negizi orqali ifodalanadi. Fe`lning bunday ko`rinishi juda faol qo`llaniladi. Shuning uchun bu shakl aktiv konstruksiyalar hisoblanadi.Masalan, bolalar kitob o`qidi.
O`zlik nisbati. Harakat ega tomonidan bajarilib, yana egaga qaytadi, ya`ni harakatning bajaruvchisi ham, ob`ekti ham bir shaxsning o`zi bo`ladi. O`zlik nisbati fe`l negiziga -n, - in qo`shimchalarini qo`shish bilan: taran, yuiln, kiyin, shuningdek, - l, - il qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil bo`ladi: cho`mil kabi.
Fe`l yasovchi. -lan qo`shimchasi bilan yasalgan fe`llar ham o`zlik nisbat bo`ladi: otlan, jonlan.
Majhul nisbat. Bu nisbatda harakat bosh kelishik shaklidagi to`ldiruvchi tomonidan bajariladi yoki harakatning bajaruvchisi noaniq bo`ladi. Masalan , kitob bolalar tomonidan o`qiladi. Harakatning bajaruvchsi bolalar, biroq bu so`z gapda ega emas, to`ldiruvchi vazifasidadir. Shuningdek, mix qoqildi gapida esa harakatning bajaruvchisi noaniq.
Majhul nisbat quyidagicha hosil bo`ladi:
a) fe`l negizlarga -l, -il, qo`shimchalarini qo`shish bilan: ochildi, qoqildi, qurildi kabi.b) fe`l negizlariga -n, -in qo`shimchalarini qo`shish bilan: ko`rindi, bilindi kabi.
O`zlik va majhul nisbat ayni bir xil qo`shimchalar bilan yasaladi. Fe`lning o`zlik yoki majhul nisbatda ekanligi gapning mazmunidan anglashiladi. Agar harakatni bajaruvchi sub`ekt aniq bo`lsa o`zlik nisbati: Rustam yuvindi, harakatning sub`ekti noaniq bo`lsa majhul nisbatdir: kiyim yuvildi kabi.Majhul nisbat ko`pincha passiv konstruksiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |