O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir



Download 445,48 Kb.
bet82/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Birgalik nisbati. Bu nisbat harakatning bir necha shaxs tomonidan birgalikda bajarilishini bildiradi.
Birgalik nisbati quyidagicha yasaladi:
1. Fe`l negizlarga -sh, -ish qo`shimchalarini qo`shish bilan: yozishdi, kelishdi, borishdi, ko`rishdi.
2. Fe`llarga -lash qo`shimchasini qo`shish bilan: suhbatlashdi, gaplashdi, bahslashdi. Birgalik nisbatdagi fe`llar quyidagi ma`nolarni anglatadi.
1. Harakatning bajarilishida bir necha shaxs birgalikda qatnashadi. Bunday gaplarda ega ko`pincha ko`plik shaklida ifodalanadi. Bolalar kitob o`qishdi. Normurodga qarashli boshqarma xodimlari esa uni vahimali bir sukut bilan kutib olishdi. (O.Yo.) Harakat bir necha kishi tomonidan bajarilib, har bir shaxs harakatning egasi bo`ladi. Shuningdek, shaxslardan biri ikkinchisiga nisbatan harakatning ob`ekti bo`ladi. Chunki bunday fe`llarda harakat bajaruvchilarning biridan ikkinchisiga o`tadi. Masalan, Eson Davlat begim mudaarris bilan mazhablar to`g`risida bahslashib o`tirishni istamadi. (P.Q.) Obidov bilan Latofat barobar o`girilib qarashdi. (O. Yo.)
Orttirma nisbat. Bu nisbat harakatni boshqa biror shaxsning ta`siri bilan bajarilishini ifodalaydi, ya`ni harakatning bajarilishi uchun boshqa biror kishi vosita bo`ladi. Orttirma nisbat fe`l negiziga quyidagi qo`shimchalarni qo`shish bilan hosil bo`ladi.
1) -t qo`shimchasini qo`shish bilan: o`qit, ishlat, gullat, bezat kabi
2) -dir, -tir qo`shimchasini qo`shish bilan: yozdir, kuldir, uzdir, terdir, choptir, uzaytir kabi. - tir qo`shimchasi -t qo`shimchasi orqali hosil bo`lgan orttirma nisbatdan yana orttirma nisbat hosil qiladi, o`qit -o`qittir, kengayt - kengaytir. 3) -giz, -g`iz, -gaz, -qiz, -kaz, -qaz qo`shimchalari bilan : ko`r, giz, yurg`iz, turgiz, yotqiz, o`tkaz, yutqaz.
4) -ir, -ar qo`shimchalari bilan: pishir, qaytar sat qo`shimchasi bilan hosil bo`lgan ko`rsat fe`li orttirma nisbatdir. Biroq bu qo`shimcha bilan hosil bo`lgan shu nisbatdagi fe`llarning yuzaga kelishi aktiv emas.


Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish