O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


s. OTLARDA KELISHIK KATEGORIYASI



Download 445,48 Kb.
bet58/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

52 s. OTLARDA KELISHIK KATEGORIYASI

Ot yoki otlashgan so`zlarning boshqa bir so`zga tobeligini ifodalaydigan kategoriyalar kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik ot bilan otni,ot bilan fe`lni yoki boshqa biror murkumdagi so`zni o`zaro ma`no sifatlarini ko`rsatib, shu so`zning gapdagi vazifasini belgilaydi/ Otlarning kelishik qo`shimchalarini olib o`zgarishi turlanish deyiladi. Shu boisdan kelishik qo`shimchalari turlovchi qo`shimchalardir Kelishik shaklidagi so`z boshqa so`zlar ,bilan grammatik aloqaga kirishadi. Kelishikli so`zning gapda biror gap bo`lagi vazifasida kelishi qaysi kelishik shaklida qo`llanishi bilan bog`liq.


Masalan, Peshonasini stulning suyanchig`iga qo`yib sukutga g`oydan Otaq`o`zi nogohon “dik“ etib o`rnidan turdi. (O.Yo.) gapidagi peshona so`zi -ni qo`shimchasi bilan stul so`ziga, stul so`zi esa -ning qo`shimchasi bilan suyanchiq so`ziga, suyanchiq so`zi -ga qo`shimchasi bilan qo`yib so`ziga, o`rni so`zi -dan qo`shimchasi bilan ko`pincha sintaktik vazifani beigilovchi shakllar turdi so`ziga tobedir. Otaqo`zi so`zi kelishik qo`shimchasiga ega emasligi uchun hokim holatda qo`llanilgan. Kelishik shakllari so`zlarni o`zaro aloqasini ta`minlab, to`ldiruvchi (peshonasi, suyanchig`iga , sukutga), aniqlovchi (stolning) hol (o`rnidan) vazifalarida kelgan.Kelishiklar ko`pincha sintaktik bvazifa bajaruvchi shakllar hisoblanadi. Biroq ma`lum bir kelishikdagi shakl gapda turli gap bo`lagi bo`lib kelishi mumkin. Masalan, Vatanni kelgindilardan ozod qilish-dunyodagi eng katta mardlikdir!(P.Q.) Sal vaqt o`tgach qishloq kasalxonasidan chaqirilgan vrach va hamshira ayol qutichalarini ko`targanicha chiqib kelishdi.(O`. U. ) Ushbu gaplardagi chiqish kelishigi qo`shimchalarini qo`shimchasini olgan so`zlar to`ldiruvchi va hol vazifalarida kelgan. Kelishik qo`shimchasini olgan so`zning turli vazifalarni bajarishi qaysi turkumdagi so`z bilan bog`lanishiga ham bog`liq. Bu hol, ayniqsa, o`rin-payt va chiqish kelishigi qo`shimchalarida yaqqol seziladi. Ushbu qo`shimchalarni olgan ot yoki otlashgan so`zlar, harakat nomi bilan bog`lansa hol vazifalarida keladi. Shuningdek, Orin -payt, chiqish kelishiklari qo`shimchasini olgan so`z o`rin, payt ma`nolarini ifodalasa hol: Bular mehmonxonaning quyirag`idan joy oldilar. (O.) Boshqa ma`nolarni ifodalasa to`ldiruvchi vazifasini bajaradi.
O`zbek tilida mavjud olti kelishik kelishik kategoriyani tashkil qiladi: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo`nalish kelishigi, orin-payt kelishigi, chiqish kelishigi.
Har bir kelishikni aks ettiruvchi maxsus qo`shimchalar mavjud bo`lsa-da, bosh kelishikda bunday qo`shimcha yo`q. Shunga ko`ra bosh kelishikdagi so`z boshqa kelishiklardan farqli ravishda o`zi bog`langan so`zni o`ziga tobelaydi. Shuning uchun bosh kelishik asosiy kelishik, qolganlari esa vositali kelishikdir.
Kelishik shakllarini olgan so`zlar boshqa so`zlar bilan quyidagicha bog`lanadi.
1. Kelishiklar ot bilan otni bog`laydi. Ikromjonning yuragi kuyardi (S. A)
2. Kelishiklar ot bilan fe`lni bog`laydi. Aziz elkasini qisdi. (O`. UO.),Eshon boshini qimirlatdi. (O.)
3.Kelishiklar ot bilan boshqa so`zlarni ham o`zaro bog`laydi. Iyul` kunlarining birida (A.Q.)
-Eavfi umumiydan tashqari (P.Q.) va hokazo.
Ot bilan otni bosh va qaratqich kelishiklari, ot bilan fe`l va boshqa turkumdagi so`zlarni bosh, tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish,ba`zan qaratqich (kunlarning biri mehnatning zo`ri) kelishiklari o`zaro bog`laydi.
Bosh kelishik. Bosh kelishik shaxsni, predmetni narsa-hodisani nomini atab, kim? nima? so`roqlariga javob bo`ladi. Bu kelishikning maxsus qo`shimchasi yo`q.Bosh kelishikdagi so`z boshqa so`zlarga hokim bol`ganligi sababli, gapda ega bo`lib keladi. Masalan, Ota qo`zi eshikni sharaqlatib yopib, uydan chiqdi. (O.Yo.). Bosh kelishikdagi so`z bundan tashqari boshqa bir qator vazifalarda keladi.
1. Kesim bo`lib keladi . Siz sara dehqonmisiz. (T. Mal.)
2. Bosh kelishikdagi ot izohlovchi bo`lib keladi. U erda ham Mahamat chatoq hadeganda gapga ko`navermaydi. (O`. UO.) San`atshunoslik doktori, professor Rasul Nuriddinov bugun ishdan juda yaxshi kayfiyatda qaytdi. (O.Yo). 3. Undalma bo`lib keladi. Ha , qizim, birovni kutib turibsanmi? (O.YO.) Esingni yig`, bolam, ona o`z bolasiga yomonlikni ravo ko`rmaydi. (S. A.)
4. Nominativ gap bo`lib keladi: Amakijon. Choy- poy ichib keting, amakijon!(O.Yo.)
5. Bosh kelishikdagi so`z ko`makchilar bilan bog`lanib yoki takrorlangan holda kelib aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol vazifalarini bajaradi. Shu mehnat bilan yurtning mushkulini oson qilmoqchi(S. A.) To`lanboy Nizomjon ag`dargan erga razm solib boshini sarak -sarak qilib qo`ydi. (S. A.)
6. Bosh kelishikdagi ot sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi. Po`lat pichoq qinsiz qolmas. (Maqol.) Mehnat kuzagining to`yin fayzidan, qolmagan daryodil erlar bebahra.(G`.G`.).
Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelish asosan otga xos xususiyat emas.Biroq, ba`zan ot turkumidagi so`z otga bog`lanib, o`zi bog`langan so`z anglatgan predmetning nimadan ekanligini bildiradi va sifatlovchi aniqlovchi bo`lib keladi. Oshpaz sopol kosada ichiga mushtumdek lavlagi solingan sho`rva keltirib qo`ydi. (S.A.).
Shuningdek, sifatlovchi sifatlanmish ifodalangan predmetning qanday ishni bajarishini bildiradi. Terim mashinalari o`taverib, yaproqlari yulinib cho`p bo`lib qolgan g`ozalarda bir- ikkita, nari borsa uchta ko`sak qolgan.(O.Yo.)
Qaratqich keilshlgl predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashliligini bildiradi. Qaratqich kelishigi -ning qo`shimchasi bilan shakllanib kimning? nimaning so`roqlariga javob bo`ladi. Bu kelishikdagi so`z o`zi bog`langan so`zni o`ziga qaratadi, qaratilgan so`z egalik qo`shimchasini oladi: uyning oldi, tog`ning toshi kabi.
Bu tipdagi qaratqich va egalik qo`shimchalari shaklidagi bog`lanishlarda qaratqich ikkinchi otga bog`lanib, uni aniqlab, aniqlovchi vazifasida keladi. Kampir ularning gapidan Zirillamaga Yo`ldosh Oxunboboev kelganini bildi.(S.A.) Qaratqich kelishigining qo`shimchasi she`riy asarlarda -n shaklida ham qo`llaniladi.
Yigitlik shotisin poyalaridan
Asta yuqoriga ko`tarilolding
(G`.G`.)
Shuningdek , badiiy asarlarda bu kelishik qo`shimchasining -im shakli ham uchraydi.
O`zbekiston Vatanim manim (A.O.)

Manim bu so`zlarimga ishoning, ishonmang ixtiyor albatta sizdadur. (A. Qod.)Qaratqich kelishigi ma`no va shakl jihatidan ikki xil: belgili qaratqich kelishigi, belgisiz qaratqich kelishigi.


-ning qo`shimchasi bilan shakllanib, aniq qarashlilik ma`nosini ifodalaydigan shakl belgili qaratqich kelishigi deyiladi. Otaqo`zi tog`asining fe`l-atvorini yaxshi bilardi.(O. Yo.) Hovlining bir chekkasida yaproqlari shaldirab baland mirzaterak turardi.(O.)
Qaratqich kelishigining qo`shimchasi -ning tushib qolgan holat belgisiz qaratqich kelishigidir. Ikkoving cho`l marshallari bo`lasan. (S.A.) Bu shakldagi otlar bir-biri bilan o`zaro zich bog`lanadi va ularning orasiga boshqa so`z kiritib bo`lmaydi. Belgisiz qaratqich kelishigida qaratqich shaklidagi ot egalik shaklidagi otga belgi ekanligi ifodalanadi. Bu holatda qarashlilik ma`nosi emas balki aloqadorlik ma`nosi ustun turadi. Chunonchi, keltirrilgan gapdagi cho`l marshallari birikmasida marshal yoki cho`l bir-biriga qarashli emas, ulardagi muayyan aloqadorlik asosida cho`l so`zi marshal so`ziga belgi vazifasini bajargan.
Qaratqich kelishigining belgili va belgisiz kelishi lug`aviy va grammatik ma`nolarga bog`liq. Quyidagi ma`noli so`zlar asosan belgili qaratqich kelishgi shaklida keladi.
1. Shaxs otlarini ifodalovchi so`zlar: Eshonxonning dardi bo`lak.(O.) Yo`ldoshning badanlari jimirlab ketdi. (O` .U.)
2.Predmetning shaxs yoki boshqa predmetga tegishli ekanligini ifodalaydigan otlar.Bu Ikromjonning tovushi edi.(S.A.) Mana shu narsa, dedi u sher oyoqli bahaybat stolning g`aladonidan kattakon semiz papka chiqarib (O.UO.)3. Butunning qismini anglatgan otlar: kitobning varag`i, uyning burchagi, qozonning qulog`i. Sallasidagi olmosdan tashqari belidagi kamariga, xanjarining sopi va qiniga qadalgan dur va la`llar tiniq va osuda bir jilo berib turardi.(P.Q.)
4. Qaratqich kelishigidagi ot bilan egalik qo`shimchalarini olgan ot orasiga boshqa so`z kelganda. Ona ko`zi oldida o`g`lining qop-qora qoshlari, chaqnagan ko`zlari qoldi. (S.A.) Dadasi erkatoy o`g`lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi.(O.Yo.)
5. Otlashgan so`zlar qaratqich kelishgi qo`shimchasini olib kelganda. Kattaning kichigi bo`lguncha, kichikning kattasi bo`l. (Maqol.)
6. Egalik qo`shimchasi otlashgan so`zlarga qo`shilganda u bilan bog`langan so`z belgili qaratqich kelishigida keladi. Yaxshining yomoni bo`lguncha, yomonning yazshisi bo`l.(Maqol.)
7. Olmoshlar qaratqich kelishigida kelganda. Bizning fakul`tetda ham majlis bor. (A.Q.) Chunki ne qilsa ham ular mening yurtdoshlarim.(P.Q.)
Belgisiz qaratqich kelishigi quyidagi bog`lanishlarda qo`llaniladi:
1.Bir predmet yoki narsa ikkinchisiga umumiylik asosida bog`langan bo`lsa. Lekin undan beridagi chiroqsiz uy ayvonida qandaydir
sharpa sezildi. (P.Q.) Uning yozuvchilik ishidagi kamoloti va o`qishi qanday ekanini bilmoqchi.(A.Q.)
2. Mavhum otlar o`zaro bog`lanib kelganda: dil quvonchi , vijdon amri, odam zoti. Manzura ko`r emas, kar ham emas, dunyoning odam zotiga vafo qilmasligini ko`rib eshitib turibdi. (T.Mal.)
3. Predmetning belgisi sifatida qo`llangan so`zlarda .Viloyatda er islohatini o`tkazish uchun ko`p yillar kerak(A.Q.) Lekin u o`z vatanida yashamoqda edi.(P.Q.)

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish