O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


OT OTNING MA`NOSI VA GRAMMATIK BELGILARI



Download 445,48 Kb.
bet54/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

OT


OTNING MA`NOSI VA GRAMMATIK BELGILARI

Predmetning nomini bildirib, grammatik son, egalik va kelishik ma`nolarini ifodalaydigan so`zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? kimlar? nimalar? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi.


Otlar ma`no xususiyatlariga ko`ra turlicha.Binobarin otlar:
a) jonli predmetlarni: odam, qish, baliq; b) borliqdagi harsa - predmetlarni: daraxt, uy, ko`cha , bino, qir, tosh, yo`l; d) osmon jismlarini: oy, quyosh, yulduz; e) vaqt va hodisalarni: yoz, qish, zilzila, bo`ron, dovul, toshqin; f) mavhum tushunchalarni: do`stlik, boylik, sevgi, sadoqat, shavq kabilarni ifodalab, ularga nom bo`ladi.
Ot turkumiga xos muhim morfologik xususiyatlar otlarda grammatik son, egalik va kelishik kategoriyalarining mavjudligidir. Shuningdek maxsus ot yasovchi qo`shimchalarning mavjudligi otlarning morfologik jihatdan to`la shakllangan so`z turkumlardan biri ekanligini ko`rsatadi.Masalan, tadqiqotchilarimizning so`zidagi-chi yasovchi, -lar, ko`plik, -imiz egalik, -ning, kelishik ma`nolarini ifodalovchi shakllardir. Ko`rinadiki, otlarda so`z shakllarini hosil qiluvchi har uchala turdagi qo`shimchalar: so`z yasovchi, shakl yasovchi, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar ham mavjud.
Egalik va kelishik qo`shimchalari otlarning boshqa so`zar bilan munosabatini t`aminlaydi, sintaktik qamrovini kengaytiradi.
Otlar gapda turli vazifalarda keladi. Biroq otning gapda ega vazifasida kelishi asosiy sintaktik belgidir. Domla kechasi bilan o`ylab, oxiri ilmiy kengash majlisiga borishga qaror qildi. ( O.Yo. ) Shuningdek otlar gapda to`ldiruvchi: Endi onaga qo`shilib qiz yig`lar, qizga qo`shilib ona yig`lardi.( Ch.), aniqlovchi: Tog`a ot jilovini do`nglikka burdi. ( S.A. ), Humoyun bu suvchi yigitning irodasiga so`zsiz bo`ysundi. ( P.Q.) hol: Katta zalda noyibning o`zi ovqat sto li ketida choy ichib va gazet ko` rib o`tirardi (Ch.) va kesim shu kabi sintaktik vazifalarni bajaradi.
OTNING MA`NO TURLARI

Otlar ma`no va grammatik xususiyatlariga ko`ra ikki xil : atoqli otlar, turdosh otlar. Predmet, narsa-hodisalarga atab qo`yilgan otlar


atoqli otlar deyiladi.Atoqli otlar bir turdagi predmet, narsa-hodisalardan birini ajratib ko`rsatadi. Atoqli otlarga quyidagilar kiradi.1.Kishi ismlari va familiyalar: O`tkir, Shokir, Nafisa, Fotima kabi 2.Geografik nomlar: Toshkent, Farg`ona, Pomir, Sharq , G`arb kabi.
3.Daryo, dengiz, ko`l nomlari ( gidronimlar) : Amudaryo, Orol dengizi, Sevan ko`li. 4. Afsonaviy, hamda diniy tasavvurlar bilan bog`liq bo`lgan nomlar (teonimlar): To`maris Shiroq, Kayumars, Iso, Muso, Zulfiqor (qilich), duldul kabi. 5. Osmon jismlari nomlari (astraponimlar): Zuhro, Hulkar, Mirrix , Mars, Etti qaroqchi. 6. Aholi yashaydigan kichik joy nomlari (oykonimlar , ko`chalar, bekatlar nomlari, (dramonimlar), tepaliklar, chuqurliklar, qirlar nomlari (oronimlar), uy hayvonlari va qushlarga atab qo`yilgan nomlar (zoonimlar), jurnal, badiiy asar nomlari, oliy organ va tashkilotlar, orden va medallar nomlari atoqli otlardir.
Atoqli otlar o`zbek tili lug`at tarkibini boyituvchi manbalardan biri bo`lib , tilda avvaldan mavjud bo`lgan so`zlar asosida hosil bo`ladi.Biroq atoqli otlar o`z xususiyati va yozilishiga ko`ra tildagi boshqa so`zlardan farqlanadi.
Atoqli otlarni turdosh otlardan farqlovchi muhim belgilardan biri ko`plik shakllarida ishlatilatilmasligidir.
Tilda mavjud otlarning katta qismini turdosh otlar tashkil etadi.Bir *turdagi predmet, narsa -hodisalarning umumiy nomini bildiradigan otlar turdosh otlar deyiladi. Masalan, yulduz, daraxt, tepa, ko`l, daryo, qir, ko`cha, shahar, odam kabi.
Turdosh otlar birlik va ko`plik shakllarida ishlatiladi. Bir xildagi predmetlarni ifodalash asosida atoqli otlar turdosh otlarga o`tadi.Masalan, rentgen, amper, muslimka (bug`doy nomi), shuningdek, yakka predmetlarni ajratib ko`rsatish asosida turgan otlar atoqli otlarga aylanadi. Masalan, o`ktam (epchil), O`ktam -ism, lola (gul), Lola-ism, gulchehra (gul yuzli),Gulchehra- ism kabi.
Turdosh otlar ifodalaydigan tushunchasining xususiyatiga ko`ra ikki xil: aniq otlar va mavhum otlarda bo`linadi .
Aniq otlar shaxsni, predmetni anglatadi.Aniq otlarni ko`rish, sanash va ushlash mumkin: uy, odam, eshik, tikuvchi, suvchi, kitob, tosh kabi.
Mavhum tushunchalar,belgilar va holatni predmet sifatida anglatadigan otlar mavhum otlar deyiladi: shodlik, baxt, zavq, shavq, ishonch, go`zallik kabi. Mavhum otlar asosan birlik shaklda qo`llaniladi,ko`plikda qo`llanilganda bunday otlarning ma`nosi nisbatan mavhumlik darajasini yo`qotadi. Masalan tuyg`ular, ishonchalr, shodliklar kabi. Faqat so`nggi paytlarda uning dilida hatto o`zi cho`chiydigan noaniq ,mavhumroq allaqanday notinch tuyg`ular uyg`onib halovati yo`qoldi.(O.Yo. )
Mavhum otlar tub va yasama shaklarda ham mavhumlikni ifodalayadi .Biroq tub va yasama so`zlarda mavhumlik darajasi bir xilda bo`lmaydi . Binobarin ,tub holda mabhum ma`no ifodalavchi so`zlarda mavhumlik darajasi nisbatan past. Chunki, bunday otlarni aniq otlar singari sanash, ko`rish mumkin bo`lmasa-da, ularning manosida aniqlik mavjudligini sezish mumkin.
Masalan, kurash, sevgi, baxt, zavq, kabi mavhum otlarning ma`nosi nisbatan aniq. Bunday otlar ko`plik sonda ham qo`llanilishi mumkin: kurashlar, zavqlar kabi.
Turdosh otlar birlik shaklda predmetlarning to`dasini yoki yakka predmetlarni anglatadi. Shunga ko`ra turdosh otlar ikkiga bo`linadi: yakka otlar, jamlovchi otlar.
Bir turdagi predmetlardan birini ajratib ifodalaydigan otlar yakka otlar deyiladi: daftar, qalam, soat, eshik kabi.Shaklan birlikda bo`lib, mazmunan ko`plikni bildiradigan otlar jamlovchi otlar deyiladi.Masalan, el, olo mon, to`da, poda, armiya, xalq kabi.



Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish