O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir



Download 445,48 Kb.
bet59/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

Tushum kelishigi. Shu kelishikidagi so`zdan anglashilgan harakatni o`ziga olgan predmetni ifodalaydi. Tushum kelishigidagi ot kimni? nimani? so`roqlariga javob bo`lib, -ni qo`shimchasi bilan shakllanadi . Masalan, Ikromjon eshikdan chehrasini ochib kirdi. (S.A.) Mulla Fazliddin nuqul ovozini kamaytirib, qandaydir xabar sezib gapirmoqchi edi.(P.Q.) She`riy asarlarda tushum kelishigi qo`shimchasining -n, -in shakllari ham uchraydi. Masalan, Yulduzlar ertagin eshitib, o`zimni ko`klarda sezaman.(E.V.) Ko`chatlar qomatin eslatganidek , Nafasin ufurar tong otar eli.(G`. G`.)
Tushum kelishgidagi so`z gapda vositasiz to`ldiruvchi bo`lib keladi. Masalan, odamzodning bisotida bu dardni engillatadigan gap bormi? (S.A.) .Tushum kelishigi ma`no va shakl jihatidan ikki xil: belgili tushum kelishigi, belgisiz tushum kelishigi. -ni keilshik qo`shimchasini olib kelgan shakli belgili tushum kelishigidir. Mashina keng maydonni bir aylanib, klub yoniga o`ng qo`lga burildi. (O.Yo.) Tushum kelishigi qo`shimchasi -ni mavjud bo`lmagan shakl belgisiz tushum kelishgidir. Belgisiz tushum kelishigidagi ot fe`l kesimga bog`lannib keladi.
Ular ma`no va grammatik jihatdan zich bog`langanligi uchun ularning orasiga boshqa so`z kiritib bo`lmaydi.
Tushum kelishigi quyidagi holatlarda belgili shaklda keladi:
1. Shu kelishikdagi so`z atoqli ot bo`lsa: Otaqo`zi Fazilatini ham, o`g`li Qodirjonni ham, qizi Latofatni ham odam qatorida ko`rmaydi.( O.Yo.)
2. Shu kelishikdagi so`z kishilik, o`zlik ko`rsatish olmoshlari bilan ifodalansa. Fazilat o`zini qo`yarga joy topolmay qoldi.(O.Yo.) Qizlarning ota-onasi bizni bu yerga olib qolmoqchi emas. (T. Mal.)
3. Shu kelishikdagi so`z otlashgan bo`lsa. U o`zidan boshqani o`ylamaydigan bir xudbin ekan.(O.Yo.) 4. Shu kelishikdagi so`z harakat nomi bilan ifodalansa. Manzura o`g`lidagi o`zgarishni sezib, xatosini tuzatmoqchi bo`ldi.(T. Mal.) Jo`nalish kelishigi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan ish -harakatning kimga? nimaga? tegishli ekanligini , ish -harakatning bajarilish vaqtini ifodalaydi. Masalan, bu uyni qishloq kutubxonasiga aylantirmoqchimiz.(O. Yo.) Haydar hovliga kirishga chog`lanib, usti boshini ko`zdan kechirdi. (T.Mal.) Oqshomga yaqin villaga Muzaffarxon bilan Gulzor begim kelishdi.(T. Mal.) Jo`nalish kelishigi -ga qo`shimchasi bilan shaklanib, k, tovushi bilan tugagan so`zlarga qo`shilgandab aytiladi bva sdhunday yoziladi. Masalan, Inson ko`kka boqar doimo, Tintuv qilar ocmonni faqat.(E.V.) g` undoshi bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda h` aytiladi va shunday yoziladi.
Qishloqqa kelganda uni ko`rmay, bir-ikki kun uning bog`ida bo`lib, tongotar suhbatlar qurmay ketmas edi. (O.Yo.)
Jo`nalish kelishigi qolgan barcha hollarda g yoziladi. so`zlar quyidagi ma`nolarni anglatib, turlidi sintaktik vazifalarda keladi.
1. Harakatning bajarilishi uchun ishtirok etgan shaxs, predmetni anglatadi. Jo`nalish kelishigining bu ko`rinishi kimga? nimaga? so`roqlaridan biriga javob bo`lib, gapda to`ldiruvchi vazifasini bajaradi.Masalan, Bundan tashqari otalik muhabbatini va mas`uliyatini menga tashlab ketgan(A.Q.) Ikki tomonda ikki o`q-yoyga o`xshab salohu kamonlarini taqib, bellarini siqib, bog`lab olgan yigitlar o`z yuzboshilarini saqlab shay turardilar.
2. Harakatning bajarilish o`rnini bildirib, qaerga? qaerda? so`roqlaridan biriga javob bo`lib, gapda o`rin holi vazifasida keladi. Masalan, Yulduzlarga kemalar yo`llab, jonzod izlar cheksiz fazoda. (E.V.) Yozyovonga ikkoving komandirlik qilasan. (S.A.)
3. Harakatning bajarilish vaqtini ifodalab, qachon? qachongacha? so`roqlariga javob bo`ladi. Tushgacha uch yarimni yasab qo`ygan bo`lsang, kechgacha yerni timdalab tashlamasang, deyman, -dedi Ikromjon.(S.A.)

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish