II. İqsodiy rayonining aholisi va mehnat resurslari.
Toshkent viloyati
aholisi 2000 yil boshida 2350,2 kishini tashkil etib, u 1989 yilga nisbatan 112,6
foizga o’sgan. Ushbu ko’rsatkich O’zbekiston Respublikasi bo’yicha o’rtacha
123,8 foizga tengdir. Jami aholining 40,4 foizi (949,7 ming kishi) shahri joylarida
istiqomat qiladi.
Viloyat hududi bo’yicha aholi juda notekis joylashgan. Aholi zichligi 1 km
2
ga o’rtacha 153 kishidan to’g’ri keladi. Ammo bu ko’rsatkich sanoatlashgan
poytaxt atrofida va intensiv dehqonchilik asosi bo’lgan tekislik yoki tog’li
hududlarda turlichadir.
Toshkent viloyati qishloq tumanlarining aholisi
№
Tumanlar
Maydoni,
ming km
2
Aholisi,
ming
kishi
(2001 y)
Aholi
zichligi,
1 km
2
kishi
Har ming kishiga nisbatan
tug’ilgan-
lar
o’lgan-
lar
tabiiy
ko’payish
1
Bekobod
0,76
128,0
168,4
19,4
4,1
15,3
2
Bo’stonliq
4,93
141,7
29,0
19,1
6,0
13,1
3
Bo’ka
0,59
100,4
170,2
20,4
5,0
15,4
4
Zangiota
0,23
146,0
635,0
17,9
5,1
12,8
5
Oqqo’rg’on 0,40
84,7
211,7
20,5
5,8
14,7
6
Ohangaron
3,19
76,7
24,0
20,5
4,9
15,6
7
Parkent
1,08
110,3
102,1
23,5
4,5
19,0
8
Pskent
0,79
85,2
107,8
20,7
5,0
15,7
9
Toshkent
0,17
127,5
750,0
20,8
5,6
15,2
10 Qibray
0,56
155,0
276,7
17,5
6,7
10,8
11 Quyi
Chirchiq
0,56
94,9
169,5
19,3
7,0
12,3
12 O’rta
Chirchiq
0,49
157,0
320,4
19,2
6,0
13,2
13 Chinoz
0,34
112,5
331,0
20,3
5,7
14,6
14 Yuqori
Chirchiq
0,44
109,1
248,0
19,5
6,5
13,0
15 yangiyo’l
0,42
152,3
362,6
19,7
5,9
13,8
Viloyat
bo’yicha
15,5
2370,2
153,0
18,5
6,5
12,0
Jadvaldan ko’rinadiki, bevosita poytaxtga tutash Zangiota, Toshkent
tumanlarida aholi zichligi 635 – 750 kishini tashkil qiladi. Sug’orma dehqonchilik
rivojlangan Oqqo’rg’on, Chinoz tumanlarida zichlik ko’rsatkichi 212 va 331
kishi, tog’li Ohangaron va Bo’stonliq tumanlarida esa u atigi 24 va 29 kishiga
teng.
Toshkent viloyati Respublikaning boshqa ko’pchilik valoyatlari singari
aholi sonini o’sishi suratlarining pasvyishi bilan ko’zga tashlanadi. Yillik o’sish
1,4 foizga teng. Aholi soni asosan tabiiy o’sish hisobiga ko’paymoqda. Uning
katta qismi esa qishloq aholisiga to’g’ri keladi. Viloyat bo’yicha tug’ilish har
ming kishiga 1999 yili 19 kishidan 2000 yilda 18,5 ga kamaydi va bu jihatdan
Respublika ko’rsatkichidan (21,5‰) ancha past. 2000 yili eng kichik tug’ilish
ko’rsatkichi Zangiota (17,9‰) va Qibray (17,5‰) tumanlarida, eng yuqori
ko’rsatkich esa Parkent (23,3‰) va Toshkent (20,8‰) tumanlarida kuzatiladi.
Shuningdek, shaharlarda tug’ilishning eng past darajasi Chirchiqda (11,9‰) va
eng yuqori ko’rsatkichi Yangiyo’lda (18,6‰) qayd etilgan.
Umumiy o’lim koeffitsienti 1999 – 2000 yillarda 6,3 promilledan 6,5 ga
o’zgargan. Bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha o’rtacha 5,5 promilleni tashkil
etadi. Bolalar o’limi 2000 yili 20,5‰ (1999 yilda – 20,1).
Toshkent viloyati demografik vaziyatining shakllanishida aholi migratsiyasi
ham muhim rol o’ynaydi 2000 yil yakunlariga ko’ra mexanik o’sish manfiy
ko’rsatkichga ega. Bu jarayon asosan shahar aholisiga tegishli. Jumladan,
Olmaliq va Chirchiq shaharlari aholisi migratsiya oqibatida, mos ravishda, 1,3 va
1,0 foizdan kamaydi.
Toshkent viloyati bo’yicha 2000 yilda mehnatga layoqatli aholi soni 1291,1
ming kishi bo’lib, uning 989,8 ming nafari mehnatda band. Nodavlat sektori
korxonalarida ishlovchilar soni ortib bormoqda va u 432 ming kishiga etdi yoki
barcha sohalarda ishlovchilarning 68,7 foizni tashkil qildi. 1342 kishi ishsizlik
maqomini olgan. 2000 yili mehnat birjalariga ish so’rab kelgan va ro’yxatga
olingan 21005 kishidan 16445 nafari ishga joylashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |