I. Toshkent iqtisodiy rayonning tabiiy geografik o’rni va chegaralari.
Toshkent – shahar O’zbekiston Respublika paytaxti, Toshkent viloyati markazi.
Markaziy Osiyoning yirik sanoat – transport gorrahasi va madaniyat markazlari.
Respublikaning shimoliy – sharqiy qismida, Tyanshan tog’lari etaplarida 440 –
480 m balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. İqlimi kontinental
yilik o’rtacha temperaturasi 13,3º yanvarning o’rtacha temperaturasi -1,1º eng
past temperatura -29º iyulning o’rtacha temperatura 27,5º eng yuqori temperatura
42º yiliga 360 – 390 mm yog’in o’g’adi Chirchiq daryosidan chiqarish va butun
shahar bo’ylab o’tadigan Bo’zsuv, Salor, Anhor, Qoryasuv, Oqqo’rg’on, Bo’rijar,
Oqtepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiqlimiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Maydoni 327,9 km
2
Aholisi 2157,8 ming kishi Shaharda 11 ta tuman
(Akmal İkromov, Bektemir, Mirzo Ulug’bek, Mirobod, Sergei, Sobir Rahimov,
Chilonzor, Shoyxontaxur, Yunusobod yakkasaroy, Hamza) 1 shaharcha
(Ulug’bek) bor.
18 asrga kelib Toshkent ma’muriy hududiy jihatdan 4 qism – dahalariga
bo’ling. Aholi soni o’sgan sayin mahallalar kengaygan yoki engilar paydo
bo’ladi.
a. Hududning geologik tuzilishi va faydali qazilmalari.
Mazkur iqtisodiy
rayonda, 01.01.2001 yil ma’lumotlariga ko’ra, jami 4508,7 ming aholi yashagan
va bu ko’rsatkich mamlakat aholisining 18 foiziga barobar. Aholining o’rtacha
zichligi 1 km
2
ga 290 kishi (O’zR – 55 k). Urbanizatsiya darajasining birmuncha
yuqoriligi bilan ushbu iqtisodiy rayon mamlakatda alohida ajralib turadi.
Toshkent iqtisodiy rayonining shakllanishida muhim omillardan biri uning
iqtisodiy geografik o’rnidir. Jumladan, uni mamlakatning shimoli – sharqiy
qismida, Chiriq va Ohangaron daryolari havzasida joylashganligi, Farg’ona
iqtisodiy rayoni bilan tutashganligi, hududi orqali muhim transport yo’llarining
o’tganligi va qo’shni respublikalar hamda uzoq xorij mamlakatlari bilan aloqa
qilishga qulay sharoit yaratadi.
Rayon hosil qiluvchi yana bir muhim omid uning hududida qudratli ilmiy –
texnik hamda iqtisodiy salohiyatga ega bo’lgan mamlakat poytaxti – Toshkent
shahrining joylashganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, uning mineral xom
ashyo resurslariga boyligi xo’jaligida sanoatning etakchi ekanligiga va zamonaviy
tarmoqlarni taraqqiy etishiga asos bo’lgan. Bu erda yaratilayotgan yalpi milliy
mahsulotning 2/3 qismi sanoat hissasiga to’g’ri keladi.
Toshkent mamlakat ichki mehnat taqsimotida qora va rangdor metallurgiya,
mashinasozlik, ximiya, yoqilg’i energetika, qurilish sanoati, paxtachilik, meva,
sabzavot va uzumchilikka ixtisoslashgan. Ushbu rayonga mamlakatda ishlab
chiqariladigan po’lat, tayyor prokat, kaprolaktam, traktorlar, kabel va oynaning
yuz foizi, ko’mir, kompressorlar, elektr energiyasi, mineral o’g’itlar, tsementning
katta qismi to’g’ri keladi. Shuning bilan birga, engil va oziq – ovqat sanoati ham
yaxshi rivojlangan.
Toshkent viloyati va Tоshkent shah’ri demografik saloh’iyatiga ko’ra
deyarli teng bo’lsalarda, tabiiy sharoiti va boyliklari h’amda ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlanish xususiyatlariga ko’ra a’zaro farqlanadi. Jumladan, viloyat o’zining
ulkan qazilma boyliklari, er – suv resurslariga ega bo’lsa, poytaxt – Toshkent
shah’ri esa sanoat ishlab chiqarishining yuqori darajada mujassamlashuvi h’amda
yuksak ilmiy – texnik saloh’iyati bilan ajralib turadi.
Toshkent
shahri
O’zbekiston
Respublikasining
poytaxtidir.
U
Respublikaning shimoli – sharqiy qismida, Chirchiq daryosi yaqinida, bundan
2000 yil muqaddam vujudga klegan.
Hozirgi kunda Toshkent shahri nafaqat O’zbekiston, balki O’rta Osiyodagi
eng yirik sanoat, fan va madaniyat markazidir. Shubu shahar o’zining yuksak
ijtimoiy – iqtisodiy, demografik salohiyati hamda mintaqaviy tutgan o’rniga
asoslangan holda Toshkent viloyati bilan birgalikda Respublikadagi etakchi
bo’lgan – Toshkent iqtisodiy rayonini shakllantiradi.
Toshkent shahrining qulay geografik o’rni va ayniqsa, muhim transport
yo’llari chorrahasida o’rnashganligi uning tarixan vujudga kelishi va
rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Toshkent shahri hissasiga O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki
mahsulotining 16,4 foizi va sanoat mahsulotining 16,9 foizi to’g’ri keladi. Unda
Toshkent iqtisodiy rayonining 47,4 foiz aholisi istiqomat qilgani holda, 57,5 foiz
yalpi ichki mahsuloti hamda 52,5 foiz sanoat mahsuloti yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |