2000 yil yakunlari bo’yicha, qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 47,9
foizi dehqonchilik va 52,1 foizi chorvachilikka to’g’ri keladi. Keyingi yillarda ob
– havo sharoitlarining dehqonchilik uchun noqulay kelishi, viloyat qishloq
xo’jaligi yalpi mahsulotida uning ulushini qisqarishiga sabab bo’ldi. 2000 yili
viloyatda jami 526,6 ming tonna sabzavot, 127,0
ming tonna kartoshka, 105,5
ming tonna meva, 93,8 ming tonna uzum, 350 ming tonnadan ko’proq don, 5,1
ming tonna kanop etishtirildi.
Qishloq xo’jalik yalpi mahsulotining 61,0 foizini dehqon xo’jaliklari, 33,3
foizini qishloq xo’jalik orxonlari va qolgan 5,7 foizini fermer xo’jaliklari ishlab
chiqaradi. Mustaqillik yillarida viloyatda sabzavot, meva,
uzum va ayniqsa don
etishtirish hajmi ortgan.
Viloyatda jami ekin maydonlari 339,1 ming gektarni (2000 yil) tashkil
etadi. Uning tarkibi 6 – chizmada keltirilgan. Sug’orma dehqonchilik asosan
viloyatning g’arbiy va janubiy tekislik hududlarida rivojlangan. Tog’oldi
hududlarda esa mevachilik, lalmi erlarda asosan don etishtiriladi.
Sut - go’sht chorvachiligi yaxshi rivojlangan. 388 ming bosh qoramol, 390
ming bosh qo’y va echki, 3229,8 ming bosh parranda bor. 2000 yilda go’sht
etishtirish 102,8 ming tonna, sut – 346,8 ming tonnani, tuxum – 315 mln. donani
tashkil etdi.
Viloyatda jami 3684 fermer xo’jaligi mavjud bo’lib, ularda 20 mingga
yaqin kishi mehnat qiladi (jami ekin m54,2 ming gektar). Etishtirilgan paxtaning
12 foizi, boshoqli donning 9,4, kartoshkaning 7,2, sabzavotning 10,5
poliz
ekinlarining 35,2 foizi hamda go’sht va sutning mos ravishda 1 va 1,5 foizlari
fermer xo’jaliklariga to’g’ri keladi.
Poytaxt – Toshkent shahrining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan
ehtiyojini qondirishga xizmat qiluvchi shahar atrofii qishloq xo’jaligi ham
rivojlangan.
Toshkent viloyati ijtimoiy sohalarning rivojlanganlik darajalariga ko’ra
mamlakatda alohida o’rin tutadi. 2000 yilda aholi jon boshiga puli xizmat
ko’rsatish hajmi 9 ming so’mni, chakana savdo aylanmasi – 74,4 ming so’mni,
maishiy xizmatlar hajmi 1,1 ming so’mni tashkil etdi.
Viloyatda har 10 ming kishiga kasal o’rinlari bilan ta’minlanish darajasi
47,1, ambulatoriya – poliklinika xodimlari bo’yicha 195,3 ni tashkil etdi. Hozirgi
kunda viloyatda aholi sog’lig’ini saqlash ishiga 102 shifoxona, 20
bolalar
shifoxonasi, 88 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 98 qishloq vrachlik punkti, 245
feldsherlik – akusherlik punkt iva 112 sog’lomlashtirish punktlari safarbar
etilgan.
Ta’lim tizimi takomillashib bormoqda. Toshkent viloyati infrastruktura
sharoitlari tez yuksalmoqda. Aholining 91,5 foizi
markazlashtirilgan suv
ta’minoti bilan, 80,3 foizi esa tabiiy gaz bilan ta’minlangan.
Toshkent shahrining xo’jalik ixtisoslashuvida eng avvalo mashinasozlik va
metalni qayta ishlash, xususan qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo, engil va
oziq – ovqat sanoati marmoqlari etakchi rol o’ynaydi.
Hozirgi davrda, Toshkentda 500 dan ortiq sanoat korxonalari mavjud.
Xorijiy investorlar bilan barpo etilgan 2621 ta qo’shma korxona hisobga olingan.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000 yilda 1999 yilga nisbatan
111,5 foizga o’sgan. Toshkent shahri sanoati tarmoqlar
va hududiy tuzilishi
hamda rivojlanishiga ko’ra turlicha xususiyatlarga ega. Shahar tumanlari orasida
eng ko’p sanoat mahsuloti hajmi bo’yicha Xamza tumani etakchi o’rinni
egallaydi. Undan so’ng M.Ulug’bek, Bektemir, Mİrobod tumanlari turadi.
Hozirda Toshkent shahri bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 87,3
foizi nodavlat sektoriga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: