Mirzo Ulug'bek — buyuk olim, astronom va matematik, davlat arbobi, Temurning nabirasi. Mirzo Ulug'bek 1394-yil 22-martda tug'ilgan. Unga Muhammad Tarag'ay deb ism qo'yishadi. Keyinchalik unga "Buyuk bek", ya'ni "Ulug'bek" degan taxallus berishadi.
Ulug'bek qalamiga mansub juda ko'p ilmiy asarlar avjud. Shulardan biri. uning "Zij" asaridir. Bu asar "Ulug'bek ziji" yoki "Ziji Ko'ragoniy" nomlari bilan mashhur. "Zij" forscha "Zik" so'zidan olingan va u "jadval" degan ma'noni bildiradi. "Ulug'bek ziji" avval fors tilida yozilgan, keyin esa uni G'iyosiddin Jamshid al-Koshiy arab tiliga tarjima qilgan.
Mirzo Ulug'bekning "Zij" asari o'zining tarkibiga ko'ra VII-IX asrlarda boshlangan astronomik an'ana davom ettirsa ham, ilmiy pag‘onasi ulardan beqiyos balanddir. "Zij" forsiy tilda yozilgan. Turkiy tilda yozilmaganiga sabab XV asr birinchi yarmida adabiy turkiy tillar asosan uchta — usmonli turk tili, chig'atoy turk tili va uyg'ur tili bo'lib, ular o'zaro ancha tarqoq va birortasi ham hali astronomik yoki matematik asar usiubiga moslashmagan edi.
"Zij" asanning birinchi kitobi yetti bobdan iborat bo'lib, u eralar va kalendarlar masalasiga bag'ishlangan.
"Zij" asarining ikkinchi kitobi 22 bobdan iborat. U asosan matematika va sferik astronomiya masalalariga bag'ishlangan. Ikkinchi va uchinchi kitoblarda o'rta asrlar uchun eng aniq bo'lgan sinuslar va tangenslar jadvailari keltiriladi. Ulug'bekning trigonometrik jadvallari 10 ta o'ng xona aniqligida hisoblangan.
Kitobning to'rtinchi bobida Ulug'bek eklipnkaning (falakul burj) osmon ekvatoriga (mu'addalu nahor) og'ish burchagining miqdonni keltiradi. Bu haqda u bunday deydi: "Bizning kuzatishimizga ko'ra, eng katta og'ish (ya'ni eklipnkaning osmon ekvatoriga
og'ish) burchagini 23°30'17"ni topdik".
Ulug‘bek ilmiy maktabining ilmiy natijalari jahon faniga katta hissa qo‘shish
bilan birga, O‘rta Osiyoda, keyinchalik Yevropada matematika va astronomiya rivojiga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Xorijlik olimlar X.Xunner, K.Fogellar Ali Qushchining matematik ishlarini tadqiq etib, ularning Yevropada tarqalishiga muhim zamin yaratdi.
Yevropada Ulug‘bek ilmiy maktabi ishlari tarqalishida ingliz olimi Jon Grivs, Tomas Xeydlarning hissalari katta, ular Ulug‘bek Zijini tahlil yetib, lotin va tojik tillarida nashr yetdilar. Natijada bu sohadagi izlanishlarning yanada rivojlantirilishi imkoniyatlari paydo bo‘ldi va jahon ilmi taraqqiyotini yanada yuksalishiga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi.
Ali Qushchi. Ulug‘bek ilmiy maktabining vakillaridan biri Ali Qushchi hisoblanadi. Qushchi 21 dan ortiq asarlar yozgan. Ulardan ba`zilari bilan tanishamiz.
1. «Hisob risolasi», bu asarni Qushchi 1425 yilda Samarqandda fors-tojik tilida yozgan. Bu asar uch qismdan iborat bo‘lib, hindlar arifmetikasi (o‘nlik sanoq sistemasi), astronomlar arifmetikasi (oltmishlik sanoq sistemasi) va geometriyadan iborat. Bu asar O‘rta Osiyo madrasalarida o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan.
2. «Kasrlar haqida risola». Kasrlarga bag‘ishlangan bu asar fors-tojik tilida 1430 yilda yozilgan. Unda oddiy va o‘nli kasrlar haqida to‘liq ma`lumot berilgan. Asarning yagona qo‘lyozmasi Leningrada SHarq xalqlari kutubxonasida saqlanmoqda.
3. «Kitobul Muhammadiya». Bu asarni birinchi marta Qushchi «Hisob risolasi» nomida fors-tojik tilida yozgan. Asar arifmetika, algebra, geometriya va trigonometriya bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |