2. Mavzuning dolzarbligi. Matematika tarixiga doir ma`lumotlarni matematika darslarida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda sistemali ravishda o‘rgatib borish mumkin.
O‘quvchi avvalo ona Vatanimizning tarixi juda qadimiy ekanligini, bundan ko‘p asrlar oldin, Vatanimizda fan va madaniyat katta taraqqiyotga ega bo‘lganligini, ayniqsa o‘rta asrlarda VII va XV asrgacha hozirgi O‘rta Osiyo respublikalarida, O‘zbekiston Respublikasida, xususan Samarqandda fanning barcha sohalarida katta yutuqlar qo‘lga kiritilganligini o‘quvchilarga tushuntirish lozim. Mana shu davrlarda O‘rta Osiyoda o‘zbek olimlarining turli fanlar sohasida chuqur ilmiy izlanishlar olib borishlari tufayli butun dunyoga tanilganliklari, ayniqsa matematika va astronomiya sohasida bu olimlar shunday kashfiyotlar qilganliklarini, bu kashfiyotlar faqat Vatanimiz fanini emas, balki dunyo fanining taraqqiyotiga katta ta`sir etganini aytish lozim. Bu ma`lumotlar o‘quvchilarning o‘z ona-Vataniga muhabbatini oshiradi, ota-bobolarimiz bo‘lgan bu olimlarga izzat va hurmat hislarini tarbiyalaydi, matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Mavzuning o`rganganlik darajasi. Sharq mamlakatlari olimlarning qilgan ishlari XIV – XVI asrlar Yevropadagi ilm-fan rivojiga asos bo’ldi desak, hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Keyingi yillarda bu olimlarning davomchilari sifatida Respublikamizdan ko’plab matematiklar yetishib chiqdi. Ular matematika fanining muhim yo’nalishlari bo’yicha maktablar yaratdilar. Masalan, ehtimollar nazariyasi maktabi (T.A. Sarimsoqov, S.X. Sirojiddinov, T.A. Azlarov va boshqalar), differensial tenglamalar maktabi (M.S. Salohiddinov, T.J. Jo’rayev, Sh.A. Alimov, N.Yu. Sotimov va boshqalar), matematik analiz maktabi (T. A Sarimsoqov, J. Xojiyev, Sh. Ayupov, A. Sa‘dullayev va boshqalar), hisoblash matematikasi maktabi (V. Qobulov, F.N. Solihov, T.B. Abutaliyev va boshqalar), sonlar nazariyasi, matematika tarixi (G.P.Matviyevskaya, S.A.Ahmedov) maktablariga asos solindi.
3. Ishning maqsad va vazifalari. Ota-bobolarimiz tomonida asrlar davomida yaratilgan ilmiy boyliklar, ular tomonidan yozilgan asarlar xalqimiz tomonidan ko‘z qorachig‘idek saqlanmoqda va o‘rganilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlod maktab o‘quvchilarini mana shu asarlar bilan tanishtirish, ularning dunyoqarashini kengaytiradi, bilim saviyasini yuksaltiradi.
O‘quvchida matematika darsi vaqtida shu dars mavzulariga bog‘liq bo‘lgan matematik tushunchalarning paydo bo‘lishi, ularning rivojlanib boorish va bu sohada o‘zbek olimlarining rolini ko‘rsatish lozim.
Bu kurs ishida O‘rta Osiyolik matematik olimlar, xususan o‘zbek matematik olimlari haqida ma`lumotlar berish, ularning yozgan asarlari, ularning mazmuni haqida bilimlar berish, dars jarayoni va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanishning o‘rni va yo‘llari haqida ma`lumotlar berishga harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |