Maktab matematika darslarida O’rta Osiyolik allomalarning ijodini o’rganish metodikasi
MUNDARIJA
|
Kirish……………………………………………………………………..
|
3
|
|
Asosiy qism………………………………………………………………
|
7
|
1.
|
Matematika darslarida matematika tarixini o`rgatishning nazariy asoslari……………………………………………………………………
|
7
|
1.1
|
Boshlang`ich sinf matematika darslarida matematika tarixini o`rgatishning vazifalari…………………………………………………
|
7
|
1.2
|
Matematika darslarida matematika tarixini o`rganishnig ahamiyati…………………………………………………………….......
|
10
|
2.
|
Allomalarning matematikaga doir asarlarining mazmuni…………..
|
15
|
2.1
|
Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiyning matematika fani rivojiga qo’shgan xissasi………………………………………………………...
|
18
|
3.
|
Matematikasida allomalar asarlaridan foydalanish metodikasi…….
|
24
|
3.1
|
Maktabda matematika fanini o'qitishning maqsad va vazifalari………….
|
28
|
3.2
|
VII sinfda gеomеtriya fanini o’qitishning tashkiliy asoslari…………
|
30
|
3.3
|
Geometriya fanidan 7-sinf uchun DTS bo’yicha o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malaka me’yorlari, o’quv dasturi va namunaviy soatlar taqsimoti......................................
|
32
|
3.4
|
O’quvchilarning bilimlarini rivojlantirish va umumlashtirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish.........................
|
54
|
|
Xulosa va tavsiyalar.................................................................................
|
61
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.......................................................
|
63
|
Kirish
Mustaqil O‘zbekiston respublikasi maktabi oldida yangi kishini tarbiyalash komil insonni shakllantirish uchun juda ko‘p vazifalar turadi. Bu vazifalarni bajarish o‘quv tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga, yangi metod, yangi usul va tadbiriy choralar ko‘rishga bog‘liq. Bundan chora tadbirlar ko‘p bo‘lib, bulardan biri boshlang‘ich sinf matematika kursini o‘rganishda o‘zbek matematiklarining asarlarini o‘rganish, o‘rganilgan bilimlarni amalga tadbiq etish hisoblanadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi boshlang‘ich maktablarida, O‘rta Osiyo matematika tarixiga doir ma`lumotlardan, O‘rta Osiyo matematiklarining qilgan ishlaridan foydalanish juda katta ahamiyatga egadir.
Matematika fani tarixi ham barcha fanlar tarixi kabi chinakam fuqorolik xulq atvori va olimlarning yuksak vatanparvarlik harakatlariga doir misollarga nihoyatda boy. Bolalarni o‘zligini anglash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda matematika tarixiga doir ilmiy-nazariy ma‘lumotlar katta ahamiyatga ega.
O‘qituvchining matematika o‘qitishdagi yutuqlari ayni damlarda o‘qitilayotgan materialga extiyoj qachon, qanday sabablar tufayli va qanday vaziyatlarda tug‘ilganligi, uning yordamida qanday masalalar yechilganligi va hozir ham yechilayotganligi, u matematikaning yana qanday qismlari bilan aloqadorligi haqidagi savollarga tarixiy manbalardan olinadigan javoblarga bog‘liq. Bunday savollarga javob berolmaslik, javob berishdan bosh tortish fikrlashni taqiqlab qo‘yish bilan barovardir.
Ta‘lim – tarbiyali shaxslarni tarbiyalashda sinf rahbari ham tarbiyachi sifatida eng oldingi pillopoyalardan joy oladi. Komil insonlarni tarbiyalash har tomonlama etukligiga e‘tibor berish demakdir. Bu haqda yurtboshimiz ―Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, hulq – atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz
Metodist pedagoglar turli davrlarda matematika o‘qitishni uning tarix bilan bog‘lash va uni o‘qitishni u yoki bu davlatning ijtimoiy tuzumi va maktablarning umumiy vazifalariga qarab belgilaganlar.
Ularning ilmiy yo‘nalishlarida:
- o‘quvchilarning matematika fanini o‘rganishga Qiziqishini oshirish va o‘qitilayotgan materialni ularning tushunib olishlari chuqurlashtirgan:
- O‘quvchilarning aqliy faoliyati va dunyoqarashini boyitish va ularning umumiy madaniyatini yuksaltirishga e‘tibor berilgan: - matematika tarixi haqidagi birgina ma‘lumot bilan yuqorida aytilgandek, hamisha ham maqsadga erishib bo‘lmaydi.
O‘quvchilarning matematika tarixi bilan tanishuvi darslarda fan tarixidagi dalillardan puxta o‘ylangan xolda foydalanish va ularning dasturdagi barcha materiallar bilan izchil bog‘lanib ketishini anglatadi. Faqat shunday uzviylikkina ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam bera oladi.
- O‘quvchilarning matematika tarixi bilan tanishuvi faqat uni yaxshi tushunib olishlariga yordam berib qolmasdan, balki ularning dunyoqarashiga ham katta ta‘sir ko‘rsatadi, ularni o‘zlikni anglash, o‘z boy merosini qadrlashga o‘rgatadi.
Matematika fani yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiruvchi vosita sifatida maktablarda qadimgi Yunonistonda o’qita boshlangan. Yangi era boshlarida Xitoyda sonlar nazariyasi, Hindistonda o’nli sanoq sistemasi, O’rta Yer dengiz sohillarida trigonometriya yaratila boshlagan. VII-VIII asrlardan boshlab ilm-fan taraqqiyotining markazi O’rta Osiyoga ko’chdi. O’z ilmiy ishlari bilan butun dunyoga tanilgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Ismoil Buxoriy, Umar Hayyom, Ulug’bek va boshqalar shu O’rta Osiyoda yashab ijod qilganlar.
Shu kungacha matematika fanini o‘qitishning samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish, undagi uzviylik, fanlararo aloqani amalga oshirishga oid mukammal darslik yoki qo‘llanmalar unchalik ko`p emas. Vaholanki, milliy o‘zlikni anglash jarayonida boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallarni o‘rganish hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |