Matematika darslarida matematika tarixini o`rganishnig ahamiyati
Metodist pedagoglar turli davrlarda matematika o‘qitishni uning tarix bilan bog‘lash va uni o‘qitishni u yoki bu davlatning ijtimoiy tuzumi va maktablarning umumiy vazifalariga qarab belgilaganlar.
Ularning ilmiy yo‘nalishlarida:
- o‘quvchilarning matematika fanini o‘rganishga qiziqishini oshirish va
o‘qitilayotgan materialni ularning tushunib olishlari chuqurlashtirgan:
- O‘quvchilarning aqliy faoliyati va dunyokarashini boyitish va ularning umumiy madaniyatini yuksaltirishga e‘tibor berilgan: - matematika tarixi haqidagi birgina ma‘lumot bilan yuqorida aytilgandek, hamisha ham maqsadga erishib bo‘lmaydi.
O‘quvchilarning matematika tarixi bilan tanishuvi darslarda fan tarixidagi dalillardan puxta o‘ylangan xolda foydalanish va ularning dasturdagi barcha materiallar bilan izchil bog‘lanib ketishini anglatadi. Faqat shunday uzviylikkina ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam bera oladi.
- O‘quvchilarning matematika tarixi bilan tanishuvi faqat uni yaxshi tushunib olishlariga yordam berib qolmasdan, balki ularning dunyoqarashiga ham katta ta‘sir ko‘rsatadi, ularni o‘zlikni anglash, o‘z boy merosini qadrlashga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalashda matematika fanining o‘rni, uning ahamiyati, buyuk mutafakkir olimlarning didaktik merosi .
O‘qitish, o‘rgatish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlar qonuni hamda metod va tamoyillari didaktik, ilmiy - nazariy jihatdan o‘rganildi.
Didaktik shart-sharoitlarni aniqlash quyidagicha guruxlanadi:
Birinchi guruxga oid shart-sharoitlarga amal qilish faoliyat motivini
shakllantirishni ta‘minlaydi:
a) bilish ehtiyojini shakllantirish;
b) ustivor bilishga qiziqishini tarbiyalash.
Ikkinchi guruhga amal qilishda ta‘lim jarayonini o‘z-o‘zini boshqarish asosida bilimlar tizimini muvaffaqiyatli shakllantirishni ta‘minlashdan iborat o‘z etakchi maqsadga ega:
a) o‘zlashtiriluvchi axborotni qayga ishlash bilan bog‘liq intelektual o‘quvni shakllantirish;
b) ta‘lim jarayonida rejalashtirish, o‘z-o‘zini tashkil etish va o‘z-o‘zini nazorat qilishni amalga oshirish uquvini shakllantirish.
Uchinchi guruhga faol o‘quv jarayoniga ham bir o‘quvchini olib kirishni ko‘zda tutadi:
a) ommaviy ishlarda individual yondashuvni amalga oshirish;
b) O‘quvchilarning o‘quv, bilish faoliyatini nazorat etish. Shunday qilib, matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanib dars o‘tish O‘quvchilar bilish faoliyatining barcha bosqichlarida bilimlari qiziqishlarni kuchaytiradi.
2.O‘tmish tariximizda buyuk mutafakkir olimlar juda katta ilmiy - didaktik meros qoldirganlar.
Tarix xalqning haqiqiy tarbiyachisidir. Ulug‘ ajdodlarimizning ishlari va jasorati tarixiy xotiralarni jonlantiradi, yangicha dunyoqarashni shakllantiradi, tarixiy-axloqiy tarbiya va saboq olishning manbaiga aylanadi. Markaziy Osiyo tarixida, o‘zlarida siyosiy ong, ahloqiy jasoratni, diniy dunyoqarash va qomusiy bilimlarni mujassamlashtirgan buyuk siymolar juda ko‘p bo‘lgan.
Didaktika pedagogikaning - o‘qitish nazariyasini ishlab chiqqan tarmog`idir. Didaktika yunoncha "didaktikos" so‘zidan olingai bo‘lib, o‘qitish, o‘rganish ma‘nolarini bildiradi. Yaqin va O‘rta Sharqda Al-Xorazmiy, Al- Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom, Tusiy kabi mutaffakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridir. Ularning izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan |iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga, mana shu predmetning mohiyati va o‘ziga xosligini tushunish, sodir bo‘lishi hamda shakllanishiga e‘tibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o‘rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar.
Al-Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi.
Al-Forobiy o‘qitish usullarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o‘qitishning amaliy yo‘nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog‘liqlik g‘oyalarini ilgari surgan. Olim o‘qitishning tajriba va ko‘rgazmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e‘tibor beradi. Barcha metodlarni o‘quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtiradi. O‘quv jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo‘yib, O‘quvchilarga materialni tushuntirishda nimalarga alohida e‘tibor berish haqida, eng muhim narsalarni ishonchli bilim beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va h.k. ga oid qimmatli tavsiyalarini bayon qiladi.
Al-Forobiy matematika fani misollari asosida o‘qitishning ilmiylik, ko‘rgazmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqdi. Bilish jarayonining va fandagi bilim shakllarini mohiyatini yoritadi. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali o‘tishi kerak. Mantiq obektini anglashga qaratilgan va aql etadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to‘grililigini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam beradi.
Al - Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalariga oid ham anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqadi. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli bo‘lsa-da, quyidagi uchta shartga rioya qilish
shart:
1) mazkur fan asosidagi barcha prinsiplarni to‘liq bilish;
2) mana shu prinsiplardan va mazkur fanga doir ma‘lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish;
3) noto‘g‘ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg‘ondan farqlash, xatoni to‘g‘rilash uchun boshqa mualliflarning fikrlarini taxlil qila bilish;
Ibn Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalar haqidagi ta‘limoti o‘qitish nazariyasida alohida o‘rin egallaydi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilishga tashqi ko‘rinishini taxlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqadi. Mushoxada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni tushuntirishdan iborat. Ikkinchi bosqichi ikki xil fikrni idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi.
Matematikani o‘qitish jarayonida tarixiy materiallardan foydalanishni tashkil etish, o‘zining tizimiga asosan, ikki maqsadni parallel ravishda amalga oshiradi. Birinchidan, matematik qonuniyat, dalil, formulalarni, matematik talqinini amalga oshirsa, ikkinchi tomondan, bu qonuniyat, dalil, formulalarning nafaqat matematikada, balki boshqa fanlarda ham undan foydalanish uslublarini ko‘rsatishadi, natijada shu soxada o`quvchilar bilimi chuqurlashadi. Shuning uchun ham matematikani o‘rta maktabda, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda O‘quvchilarga tarixiy materiallar bilan qo`shib o‘qitishda o‘zini pedagogik va psixologik jihatlari bilan farq qilishi bilan birga o‘qitish jarayonida ishlatiladigan metodlarni o‘zaro uzviyligi didaktik ketma-ketligi bilan ham farq qiladi. Ma‘lumki, pedagogikada o‘qitish metodlari, o‘rgatish metodlari bilan birgalikda dars berish metodlari ham mavjud. Ayniqsa, dars berish metodlari o‘zining tuzilish jihatidan o‘qitish yoki o‘rgatish metodlarining samarali ketma-ketligining yig‘indisi sifatida yuzaga kelishi sababli, u har bir o‘qituvchida alohida shakllanadi, yuzaga keladi. Shu bois har bir o‘qituvchining dars berish metodi o‘ziga xos bo‘lganligi sababli ham ikkita bir xil, masalan, muommali metodda dars berayotgan o‘qituvchilarning usullardan ketma-ket foydalanishi va dars orasida o‘rgatish usullaridan foydalanish uslubidir.
1.Nazariy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning faol bilish faoliyatini oshirishda O‘qituvchi yetakchi o‘rin tutadi.
2. Matematika darslarida tarixiy materallardan foydalanib dars samaradorligini oshirishda bilish faoliyati jarayoni bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish asosida shaxs xususiyatlari, faoliyatning muayyan uslubi, umuman xayotiy uslub shakllanadi.
Shu bois bilish faoliyatini shakllangirishga uning tarkibiy qismlari birligida, shuningdek mazkur jarayonning didaktik asosi sifatida ham qaraladi.
Ishlab chiqilgan faollik nazariyasi o‘quv jarayoni bilimlarni o‘zlashtirish, ularni kayta ishlash va qo‘llashning (muammoli va reproduktiv) usullarini o‘rganish yuzasidan tashkil yetiladigan faoliyatligidan iboratdir.
Biz tadqiqotimiz jarayonida maktab yoshidagi bolalarning iqtidorini rivojlantirishning psixologik-pedagogik, ilmiy-didaktik shartlarini ko‘rib chiqdik. Maktablarda tarixiy materiallardan foydalanish yuzasidan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin.
1. Darsda tarixiy materiallarni qo’llanish bo‘yicha dars materiali O‘quvchilargaing ruhiy-bilish va rivojlanish darajasiga qarab ochiq ko‘rgazmali sodda, ya‘ni bolaning o‘zlashtirish salohiyati hisobga olingan holda tuzilishi kerak: tarixiy ko‘rgazmali rasmlar asosida hikoya tuzish, maqol, topishmoqlar, she‘rlar, qiziqarli boshqotirmalardan foydalanish ma‘qul.
8-9 sinflarda material bir oz murakkablashtiriladi. Bu davrga kelib bolaning bilish qobiliyati ancha rivojlangan, ya‘ni o‘zlashtira olishi va atrof-muhitdagi voqea va xodisalarga munosabat bildirishiga ko‘ra tarixiy voqealar , qonun, qoidalar, ularni yaratgan olimlar xayotidan lavhalardan hikoya, suxbat tariqasida foydalanish eng maqbul yo‘ldir.
2.O‘quv materialining tarixiy ahamiyatiga e‘tibor berish o‘quvchi shaxsini aqliy, estetik, ahloqiy jixatdan rivojlantirishga imkon yaratadi. Shuning uchun o‘qituvchi tarixiy materialning bolalar ongida qanday iz qoldirishini hisobga olishi kerak. Agar o‘qituvchi tajribali bo‘lsa, darsni maktab yoshidagi bolalar aqliga mos keladigan munozara o‘yinlar orqali tashkil yetishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |