Qumoq-qumoq xamir tayyorlash va undan mahsulotlar pishirishtehnologiyasi.
Jixoz va idishlar: Mikser, elak, piyola yoki mqdor o`lchagich, qoshiq, pichoq, har xil qoliplar, plita duxovkasi listlari.
Masalliqlar: Un 500gr, shakar bir piyola, margarin yoki sariyog` 250-300gr, tuxum 2 dona, bir chimdim tuz, iste`mol sodasi-choy qoshiq uchida (uksus bilan o`ldirilgan).
Tayyorlashning texnologik tizimi.
Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish: xar xil narsalar aralashib qolmasligi uchun elakdan o`tkaziladi. Bu jarayon unni kislorodga boyitadi va sifatini oshiradi. Margarin yumshatiladi va tuxum yuviladi.
|
Xamir tayyorlanishi: Yumshatilgan yog`ni (kremga tayyoraganday) egiluvchan darajaga keltirib, shakar qo`shib bir xil massa paydo bo`lguncha ko`pirtiriladi. Tuxum, tuz, soda solib ko`pirtiriladi (mikser bilan). Ko`pirtirishning oxirida oz-ozdan un qo`shiladi va barmoqlarning yengil harakati bilan xamir aralashtiriladi. Xamir yumshoq, egiluvchan va bir xil bo`lshi kerak.
|
Xamirni bo`lish: Xamir 4-5 mm qalinlikda yoyiladi ustiga tuxum surtiladi va shakar bilan aralashtirilgan yong`oq sepiladi (xoxlaganlar) juva bilan ozgina yoyiladi. Mahsulotga shakl beriladi. Pechenyelar “yulduzcha”, “yaproqchalar” kabi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |