SIFAT MASALALAR.
Fizik qonunlarga, fizik formulalarga tayangan holda, mantiqiy fikrlash orqali hal qilinadigan masalalar sifat masalalar deyiladi.
Bunday tipdagi masalalarda hisoblashlar bajarilmaydi.
Sifat masalalarning metodik afzalliklari ko’pdir. Fizik qonunlarga asoslangan,mantiqiy hulosalar chiqarishdan iborat bo’lgan bu masalalarni yechish metodi, fikrlashning ajoyib maktabi bo’lib hizmat qiladi. Sifat masalalar, fizik shodisalar va ularning qonuniyatlarini aniq tushuntirib beradi, bilimlarni amaliy qo’llashga o’quvchilarni o’rgatadi. O’quvchilarda hisoblash masalalariga nisbatan to’g’ri munosabatni tarbiyalaydi, ularda har qanday masalani yechishni uning fizik mazmunini tahlil qilishdan boshlashga o’rgatadi. Darsda o’tilgan materialni mustahkamlash maqsadidasifatga oid masalalar beriladi. Fizikaning gidrodinamika bo’limida asosan sifatga oid masalalar yechilishi bizga ma’lum. Bu bo’limda miqdoriy masalalar deyarli yechilmaydi.
Sifatga oid masalalar tematikasi,mazmuni va murakkabligi jishatdan hilma-hildir, ya’ni sifatga oid soda va murakkab masalalar bo’ladi.
Sifatga oid masalalarning namunalari va ularni yechish metodlari [18] adabiyotda to’liq keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |