Mavzu: Umumta’lim maktablarida qiziqarli matematik masalalari.
KLASTER METODI
Klaster metodi pedagogik,didaktik strategyaning muayyan shakli bo’lib,u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo(mavzular) xususida erkin,ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
Klaster metodini o’tkazish texnologiyasi:
1.Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz shuni yozing.Sifati haqida o’ylab otirmay yozing
2.Yozuvingizning ortografik yoki boshqa ihatiga e’tibor bermang
3.Belgilangan vaqt yetmagunicha yozishdan to’xtamang
4.Muayyan mavzuni tanlang
5.Unga ta’rif yozing
T-sxemasi metodi
Muammoni qo’yish va hal qilishning mazkur metodi bir qator muammolarni ta’riflash va ochib berishga imkon beradi.O’qituvchi T-sxema berilgan qog’ozlarni guruhlarga beradi.Darsga qo’yilgan asosiy mavzuni tushuntiradi.Bolalar o’zlari ham amaliy ishlar bajarib ko’radilar.So’ngra ushbu mavzuning ijobiy va salbiy tomonlarini tushuntirib beradi.
Masalan: Excel dasturi bilan ishlash mavzusini bola ongiga singdirish uchun T-sxemasi metodidan foydalanamiz.O’quvchilar kompyuterda oddiy kalkulyator va excel dasturni o’rganishgan.Bu ikkalasi ham hisoblaydi ammo,Excelda imkoniyatlar ko’p bo’lishi mumkin lekin shunga yarasha kamchiliklari ham bor.
Darsda qiziqarli masalardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlarini T-sxemasi yordamida tasvirlab ko‘raylik:
Darsda qiziqarli masalardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlarini T-sxemasi yordamida tasvirlab ko‘raylik:
Ijobiy: O‘quvchilarning fikrlash doirasini oshiradi, hayotda uchragan muammolarni oson hal qilishadi, dars vaqtida foydalanilganda xotirani kuchaytirishga yordam beradi, darsga qiziqishlari ortadi.
Salbiy: Sinfda shovqin yuzaga kelishi mumkin, vaqtdan yutkaziladi, yangi mavzuni tushintirishga vaqt kam qolishi mumkin.
MATEMATIKA-darsida qiziqarli masalardan foydalanish o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini kengaytirish hamda xotirasini kuchaytirish, darsga bo‘lgan e’tiborini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. O‘qituvchi asosan darsda qiziqarli masalalardan foydalanganda o‘quvchilar sonini teng taqsimlab guruhlarga ajragan holda darsni olib boradi. Shunda o‘quvchikar raqib guruhlari bilan bahslashib, darsga bo‘lgan qizqish va ishtiyoqlari yanada ortadi. Har bir guruh o‘z guruhi uchun nom va guruh sardorini tayinlaydilar.
Mummo yuzasidan umumiy tasavvurlarni olish imkonini beruvchi mantiqiy savollar zanjiri.Bunda tizimli fikrlash tuzilmaga keltirish tahlili beriladi
Vazifasi:Kichik guruhlar birlashadilar o’zlarining chizmalarini to’ldiradilar.Oxirida uumiy chizmaga birlashtiradilar.Alohida shaklda guruhli shaklda to’ldiradilar.
Navbatdagi topshiriq “Eslab qol” deb nomlanadi. Bu ham o‘quvchilar xotirasini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega. Proyektor yordamida har bir guruh o‘quvchilarga o‘zlari uchun tayyorlab qo‘yilgan raqamlar ko‘rsatiladi va proyektor oynasi yopiladi o‘quvchilar eslarida qolgan raqamlarni yozib berishlari kerak bo‘ladi. Masalan:
16 26 42 93 68 29 76
Hayvonot zinasi masalasining yechimi: Bu masala o‘quvchilarning tezkorlik qobilyatini oshiradi va matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otadi. Masalaning yechimiga keladigan bo‘lsak har bir hayvon nomidagi bir harf bir soniga teng. Masalan: quyon so‘zida 5 ta harf bo‘lganligi sababli quyon=5. Demak yechim quyidagicha: she’r+yo‘lbars+quyon+bulut+quyosh-sabzi-bo‘ri 4+8+5+5+5-5-5=17 Birinchi yechim topgan guruh taqdirlanadi.
SWOT TAHLILI METODI Swot tahlil – g’oya ,jarayon tajriba hamda ish natijalarini tahlil qilish taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarini topish,bilimlarni mustahkamlash takrorlash analitik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi
SWOT tahlil metod 4 yo’nalishda olib boriladi
S- kuchli tomonlari
W- zaif tomonlari
O-imkoniyatlari
T- to’siqlari