1. JARning joylashgan geografik o’rni, maydon va chegaralari. JAR — Afrika materigi eng janubidagi mamlakat. Maydoni 1.223410 kv.km.SHimoli-sharqdan Mozambik va Svazilend, shimoldan Botsvana va Zimbabve, shimoli-g’arbdan Namibiya bilan chegaradosh. Hududining ichida Lesoto anklav davlati joylashgan. Atlantika va Hind okeani bo’ylab 3000 km.ga yaqin dengiz chegaralari mavjud.
JARning shakllanish tarixi va davlat tizimi. Tarixi. JAR aholisining qadimiy va o’rta asrlarga oid tarixi kam o’rganilgan. JARning qadimiy aholisi gottentot (koykoin)lar, bushmen (san)lar va keyinchalik bu yerga kelib o’rnashgan bantu xalqlaridir. Arxeologik qazishlar (topilgan oltin va boshqa buyumlar)dan ma’lum bo’lishicha, Transvaal hududi (mil. 1-ming yillik)da madaniyat yuqori bo’lgan, temir, mis va boshqa metallar eritilgan.
Janubiy Afrika turli etnik guruhga kiruvchi tub aholilarning uyi hisoblanadi. Mamlakat turli tarixiy etnik guruhlarga ega. Ikkita yirik afrika guruhlari bu Kosa va Zuludir. Yevropaliklarning kirib kelishi, mustamlakaga aylanishi etnik jihatlaiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Birinchi gollandiyaliklarning kemasini kirib kelishi va ulardan keyin boshqa yevropaliklarni kelishi afrika yerlariga egalik qilishiga olib keldi. Birinchi olmos so`ng oltin konlarini topilishi Buyuk Britaniyani jalb qildi. Buyuk Britaniyaning Janubiy Afrikada mineral resurslari ustidan nazorat olib borishi, inglizlar va (1880-81 va 1889-1902 y.)gollandiyaliklar o`rtasida urush boshlanishiga olib keldi. Janubiy Afrika britaniya mustamlakasiga aylandi. Janubiy Afrika siyosiy tizimida burilar taniqli bo`lishgan.
XVII asr 50-yillarida Gollandiyaning “Ost-Indiya” kompaniyasi JARda Kap manzilgohini tuzdi. Manzilgoh hududi sekin-asta kengaya bordi. Golland va frantsuz kelgindilari- burlar (keyinchalik o’zlarini afrikanerlar deb atashgan) mahalliy aholini bo’sh yerlarga siqib chiqarib, quldorlik xo’jaliklarini tuzdi. Bu xo’jaliklarda mahalliy aholi va G’arbiy Afrika, Madagaskar, Osiyoning turli davlatlaridan keltirilgan qullar mehnat qildi. JAR mahalliy aholisining mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashi XVII asrdayoq boshlanib, 1870-1880 yillarda kuchaydi. 1838, 1879 va 1906 yillardagi zulu xalqining urushi va qo’zg’olonlari, basutolarning 1880 yilgacha davom etgan qurolli harakatlari Afrika xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashida eng muhim tarixiy voqealardan hisoblanadi. XVII asr oxiri va XVIIIasr boshlarida Buyuk Britaniya Kap manzilgohini bosib oldi. Ingliz xukumatining zulmi burlarni Kap manzilgohidan shimolga — kosa, zulu, basuto, botsvan va boshqalarni bantu xalqlari yerlariga kirib borishga majbur qildi. XIX asr 50-yillarida bur respublikalari — Janubiy Afrika Respublikasi (Transvaal) va Ozod Oranj davlati tuzildi. XIX asr 60-yillari oxiri va 80-yillari o’rtalarida Janubiy Afrikada olmos konlari topilgach, inglizlar bantu xalqlarining mustaqil hududlarini shafqatsizlik bilan tortib ola boshladi. 1899—1902 yillardagi inglizburlar urushidan keyin bur respublikalari Angliya qo’l ostiga o’tdi. 1910 yilda esa Britaniya imperiyasining dominioni bo’lgan Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) tuzildi.Janubiy Afrikada olmos va oltin konlarining ochilishi bilan jamiyatning ijtimoiy tarkibi keskin o’zgardi: ishchilar va sotsialistik harakatlar paydo bo’ldi. XIX asrning 40—50-yillarida kasaba uyushmalarining birinchi tashkilotlari tuzildi. 80-yillarga kelib, ular yevropalik ishchilarning yirik kasaba uyushmalariga aylandi.1912 yil hukumatning aparteid siyosatiga qarshi Afrika milliy kongressi (Sahroi Kabirdan janubda yashovchi afrikaliklarning eng yirik tashkiloti) tuzildi. 2- jahon urushdan so’ng Germaniya Janubi-G’arbiy Afrika (Namibiya)ni boshqarish uchun Millatlar Ittifoqi mandatini oldi. JAIda ishchi va milliy ozodlik harakati avj oldi. Oq tanli ishchilar va afrikaliklarning yirik ish tashlashlari boshlandi. 1920 yil boshlarida afrikalik konchilarning birinchi umumiy ish tashlashi (70 mingdan ortiq kishi), 1922 yil martda oq tanli konchilarning qurolli qo’zg’oloni bo’lib o’tdi.2-jahon urushida JAI gitlerchilarga qarshi koalitsiya tomonida qatnashdi, ammo afrikanerlarning ashaddiy millatchilari fashist Germaniyasi bilan hamkorlik qilishdi. Urushdan so’ng JARning Yevropadagi davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Hokimiyat Millat partiyasi qo’liga o’tgach (1948), mamlakatda reaktsiya kuchaydi. Bu partiya rahbarlaridan D. F. Malan (1948-54), I. G. Streydom (1954-58), X. F. Fervurd (1958—66), B. Forster (1966—79) va P. Bota (1980—89) davrida terror va irqiy kamsitish kuchaydi. Partiyaning aparteid siyosati tufayli afrikaliklar, metislar, indeytslar hayoti yanada og’irlashdi. 1961 yil 31 mayda JAI hukumati "oq tanli"lar o’rtasida referendum o’tkazib, mamlakatni Janubiy Afrika Respublikasi deb e’lon qildi.Aparteid siyosatiga qarshi kurash 1980-yillarda ayniqsa kuchaydi. Hukmron Millat partiyasi hukumati irqchilik qonunlarini bekor qilishga majbur bo’ldi, siyosiy partiyalarning, shu jumladan, Afrikaliklar Milliy Kongressi faoliyatiga ruhsat berildi. 1991 yilda parlament turar joylarda va yer egaligida irqiy ayrimachilikni bekor qildi. 1994 yilda muvaqqat konstitutsiya kuchga kirdi. Shu yil aprelda Milliy assambleyaga ko’p irqli saylov bo’ldi. Afrikaliklar Milliy Konfessi raisi N. Mandelani JAR prezidenti etib saylagan edi. 2009 yil 9 maydan Prezident Djeykob Zuma.
Do'stlaringiz bilan baham: |