PAPUA-YANGI GVINEYA
Poytaxti: Port-Morsbi. Maydoni: 462,8 ming km2. Aholisi: 6,3 mln. kishi (2007), 8,2 mln. kishi (2016). Rasmiy tili: ingliz tili. Aholisining diniy tarkibi: protestantlar - 44%, katoliklar - 22%, animistlar - 34%. Davlat tuzum: ham do‘stlik tarikibidagi mustaqil davlat.
Pul birligi: kina.
Papua-Yangi Gvineya davlati - ekvatordan sal janubroqdagi orolda joylashgan davlat. Yangi Gvineya orolining sharqiy qismi va 300 dan ortiq kichik orollar mamlakat tarkibiga
kiradi. Mamlakat aholisining 84% - papuaslar, 14% - melaneziyaliklar hisoblanadi.
Tabiati. Yangi Gvineya orolining markaziy o‘qi bo‘ylab shimoldan g‘arb tomon Markaziy va Qirg‘oq tog‘ zanjirlari cho‘zilgan. Dengiz qirg‘oq bo‘ylarida qirg‘oq bo‘yi pasttekisliklari va tog‘ oldi tepaliklari joylashgan. Qirg‘oq chizig‘i janubida qing‘ir-qiyshiq Papua ko‘rfazi bor, janubi sharqda va sharqda - kichik ko‘rfazlar joylashgan. Harakatdagi vulqonlar Yangi Britaniya, Bugenvil va boshqa orollarda joylashgan. Mamlakatda zilzilalar (vayron qiladigan gohida), sunamilar bo‘lib turadi. O‘rmonlar mamlakat hududining 82% egallagan. Pasttekisliklarda va tog` yonbag‘irlarida nam ekvatorial o‘rmonlar o‘sadi. 1500 m balandroqda daraxtsimon qirqquloqli nam tropik o‘rmonlari, tog1 cho‘qqilarida - yuqori tog1, tropik va murakkab gulli o‘simliklar o‘sadi. Yangi Gvineya orolini janubi nisbatan quruq evkalipt va akatsiyali savannalar bilan qoplangan.
Xo‘jaligi. Papua-Yangi Gvineya - Okeaniya orollari orasida nisbatan kamroq rivojlangan. Aholining 85% qishloq xo'jaligida band qilingan. Hah ham o'rmonlami kesib
yerlar dehqonchilik uchun ishlatiladi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: tog‘-kon, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat. Aholi sorgo (jo'xori), yams, makiok, makkajo‘xori, sago va kokos palmasi, kauchuk daraxtlari, batat, banan, choy, kakao, qahva yetishtiradi. Mamlakatda: koprani ishlab chiqarish, non daraxti mevalarini terish, cho'chqachilik va parrandachilik, baliqchilik, marvarid va trepanglar ovi rivojlangan. Asosiy eksport mahsulotlari: neft, oltin, mis rudasi, marvarid, yog‘och, kakao, qahva, kauchuk, palma yog‘i, krevetkalar.
FIJI
Poytaxti: Suva. Maydoni: 18,3 ming km2. Aholisi: 900 ming kishi (2016). Rasmiy tili: ingliz tili. Aholisining diniy tarkibi: xristianlar - 53%, hinduiylar - 38%, musulmonlar - 8%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Fiji dollari.
Fiji Respublikasi - Okeaniyaning Markaziy qismidagi orolda joylashgan davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Fiji - Hamdo‘stlik a’zosi. Aholisining etnik tarkibi: Fijiliklar
(melaneziyaliklar) -5 1 % , hindular - 44%.
Tabiati. Mamlakat tarkibiga 322 orol kiradi: ular ikki guruhga bo'linadi. Fiji orollari (g’arbiy) va Lau orollari (sharqiy). Katta bo’lmagan va kichik orollar maijonli orollardir, yiriklari esa vuiqonh kelib chiqishiga ega. Mamlakatda zilzilalar bo‘lib turadi. Orollami maijonli rfflar o‘rab turadi. Fiji iqlimi tropik, passatli nam. Orollarda to’fonlar ko‘pincha vayron qiladiganlari bo‘lib o‘tadi. Daryo tizimlari katta orollarda rivojlangan. Sharqiy va janubiy-sharqiy shamolga ro‘para bo‘lgan tog1 yonbag’irlarida va ulaming oldida joylashgan tekisliklarda nam tropik o’rmonlar o’sadi. Shimoliy-g’arbiy va g’arbiy tog’ yonbag’irlari o’rmonsiz savanna o’simliklari bilan qoplangan.
Xo‘jaligi. Fiji iqtisodiyotining asosini - shakarqamish yetishtirish va turizm tashkil etadi. Mamlakat hududida kichik hajmlarda oltin, qalay, nikel, xrom mdalari, kumush, rux, mis qazib olinadi. Elektr quwatini 82% GES ishlab chiqaradi.Fijida o’rmon, yog’ochsozlik to’qimachilik, tikuvchilik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan, kopra ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Aholi shakarqamish, kokos palmasi, kassavu, gumch, taro, yams, shirin kartoshka, qahva daraxti, banan, paxta, kauchuk daraxti, sitms mevalar, ananas, kakao donalari, yashil imbir, tarvuz, qovunlar yetishtiradi. Bundan tashqari aholi tunes balig’i, dengiz mahsulotlari ovi bilan va yirik shoxh mollami, echki, cho’chqalami, tovuqlami ko’paytirish bilan shug’ullanadi. Mahalliy hunarmandchilik: charm mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Asosiy eksport mahsulotlari: shakar, melassa, oltin, yog‘och, baliq, kopra, kokos yog’i, kiyim.
Do'stlaringiz bilan baham: |