O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»



Download 3,55 Mb.
bet156/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

Mavzu: INDONEZIYA

Reja:

1. Indoneziyaning geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.

2. Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.

3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,

4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.

Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlari.



Poytaxti: Jakarta. Maydoni: 1905,5 ming km2. Aholisi: 235 mln. (2007), 260 mln.kishi (2016) kishi Rasmiy tili: indonez tili. Aholisining diniy tarkibi: musulmonlar - 88%, protestantlar 5%, katoliklar- 3%, hinduiylar - 2%, buddaviylar - 1%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Indoneziya rupiyasi.

Indoneziya Respublikasi - Osiyoning janubi sharqidagi orolda joylashgan davlat. 0 ‘z ichiga 17,5 mingta Malay arxipelagidagi orollami oladi: Zond, Kichik Zond, Molluk orollari, Yangi Gvineya orollarining g‘arbiy qismi va mayda arxipelaglar. Ular dengiz va ko‘rfazlar bilan ajratilgan. Davlat boshlig‘i - prezident. Aholining 60% Yavada, 20% Sumatrada, 7% Sulavesida, 6% Kichik Zond orollarida va 5% Kalimantanda yashaydi. Mamlakatda 367 millat va xalqlar yashaydi, jumladan, yavaliklar- 45%, sundlar - 45%, madurslar - 8%, malaylar - 8%. Shaharlarda xitoyliklar, hindistonliklar va arablar yashaydi.

II-V asrlarda Yava, Sumatra va Kalimantan orollarida birinchi davlatlar shakllana boshlagan. VIII asming birinchi yarmida Mataram davlati paydo bo‘ldi, u yerda 832-yildan boshlab hinduiy dini rivojlandi. Yava sharqida 1294- yili Majapxit imperiyasi tashkil topdi. XIV asrda Hindistondan islom kirib keldi. 1602-yilda Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi tashkil topdi, u ziravorlar bilan savdo-sotiq qilardi. Bu kompaniya portugallami siqib chiqardi. Yavada gollandlar shahri Bataviya barpo etildi, Sulavesda esa Makasar. XVIII asr o‘rtalarida gollandlar Yavani to‘liq egalladi, XX asr boshiga kelib butun Indoneziyani egalladi. 1945-yilda Indoneziya o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qildi. Niderlandlar buni tan olishmadi. 1950-yilda Indoneziya unitar davlat deb e’tirof etildi, uning tarkibiga Yava, Sumatra, Kalimantan, Sulaves, Kichik Zond va Molluk orollari kirdi. Yangi Gvineya orolini g’arbiy qismi niderlandlarga qarashli edi. 1962-yilda u ham Indoneziyaga qo’shildi. 1975-1999-yilda Indoneziya Sharqiy Timomi o‘z tarkibiga qo’shdi, 2002-yilda u mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

Tabiati. Indoneziya hududining yarmidan ko‘prog‘i o‘rtacha baland va past tog‘lardan iborat. Hududning qolgan yen tekislik va pasttekisliklardan iborat. Sumatra orolini g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar egallagan. Sharqiy qismda esa pasttekisliklar hamda botqoqliklar joylashgan. Yava orolini g‘arbdan sharq tomongacha tog'lar o'rab turadi. Bu yemi vulqonlar markazi desa ham bo'ladi. 100 dan ortiq vulqon mavjud, shulardan 50 tasi harakatda. Yava orolining shimoliy qirg'og'i tor pasttekisliklardan iborat. Kalimantan oroli relyefi tepaliklardan iborat, markazda va shimoli sharqda balandligi 2500 m bo'lgan tog'lar joylashgan Sulavesi oroli 4 ta yarimorollardan tashkil topgan. U yerda 3500 m tog'lar va vulqonlar joylashgan. Yangi Gvineya orolini g'arbidan sharq tomon cho'zilgan tog' tizmalari egallagan. Zond bo'g'ozida va Bali, Lombok, Sumbava, Maluna, Temate, Flores orollarida vulqonlar mavjud. Kichik orollar maijon riflari bilan o'ralgan. Bu yerlarda sunami va zilzilalar ko'p bo'ladi. Indoneziya iqlimi ekvatorial, mussonli. Yavaning sharqida, Kichik Zond orollarida va Irianada subekvatorial mussonli iqlim hukmron. Namlik 75%-95%. Sharqiy qismdagi orollarda nam Osiyo mussonni oktabrdan- maygacha esadi, Avstraliya quruq mussoni maydan- sentabrgacha esadi.Sumatra orolida shimoli sharqiy Tinch okean mussoni dekbardan-aprelgacha esadi, iyuldan-sentabrgacha nam janubi g'arbiy Hind okeani mussoni esadi. Mamlakat daryolari sersuv. Sumatra, Sulavesi, Kalimantan orollarida ko'llar ko'p. Hududning 62% ni o'rmonlar egallagan. Mamlakatda doimiy yashil va tropik bargli o'rmonlar mavjud. Bu o'rmonlarda qimmatli noyob daraxt turlari (mandal, obnus, temir daraxtlar) o'sadi. O'rmonlarda maymunlar, yo`lbarslar, kiyiklar, to'ng'izlar, karkidonlar, banteng buqalari, qirg'ovullar, yavan tovuslari, ilonlar va pitonlar yashaydi.

Xo‘jaligi. Xizmat ko'rsatish sektori 2001-yilda YIM ning 42% tashkil etdi, sanoati 41%, qishloq xo'jaligi 17% ni tashkil etgan. Mamlakatda neft, tabiiy gaz, nikel, boksit, marganes, toshko'mir, oltin, olmos, qalay, oltingugurt qazib olinadi. To'qimachilik, tikuvchilik, charm-poyabzal, elektrotexnika va boshqa sanoatlar rivojlangan. Mahalliy hunarmandchilik tarmoqlari: zargarlik, kulolchilik, yog'och o'ymakorligi, yog'ochdan niqoblar yasash, gazlamachilik. Yava orolida yiliga ikki marotaba hosil yig'iladi. Mamlakatda guruch, makkajo'xori, manioka, yong'oq, soya, shakarqamish (yava), xin daraxti, kokos palmasi, qahva, ziravorlar va tamaki yetishtiriladi. Indoneziya dunyoda ziravorlar ishlab chiqarish bo'yicha 1-o‘rinda, tabiiy kauchuk ishlab chiqarish bo'yicha 2-o‘rinda, palma yog'i ishlab chiqarish borasida 2- va 3-o‘rinda turadi, qahva va какао bo'yicha 4-o‘rinm egallagan. Indoneziyada, shuningdek, yirik shoxli mollar, echki, qo'y, cho'chqa, parranda ko'paytiriladi, baliq ovlanadi. Asosiy eksport mahsulotlari: neft, tabiiy gaz, elektr buyumlar, radioelektronika jihozlari, kiyim-kechak, kauchuk, ziravorlar, tamaki, palma yog'i.

Diqqatga sazovor joylari. 2002-yilda mamlakatga 5033 ming sayyoh keldi. Sayyohlar tarixiy-madaniy yodgorliklami va tabiat obyektlarini ziyorat qilishadi: bu yerda dengiz plajlari, Bali oroli, maijonli riflar, Yava orolini sharqidagi Bramo vulqoni, Zond bo'g'ozidagi Krakatau vulqoni, Kelimutu vulqoni ko'li, Komodo (ajdarlar) oroli, Kebun Rayya botanika bog'i, Sumatra va Kalimantan milliy bog'lari mavjud.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish