Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Janubiy Afrika Afrikaliklar Milliy Kongressi, hukmron partiya, 1912 yilda asos solingan; Yangi millat partiyasi, 1914 yilda tashkil etilgan; Demokratik partiya, 1989 yil tashkil etilgan; Janubiy Afrika konservativ partiyasi, 1982 yil tuzilgan; Milliy xalq partiyasi; Panafrika kongressi, 1959 yil tuzilgan; Janubiy Afrika Kommunistik partiyasi, 1921 yil tuzilgan. Janubiy Afrika kasaba uyushmalari kongressi, 1985 yil tashkil etilgan.
3. JARning tabiiy sharoiti va foydali qazilmalari. Tabiati. Janubiy Afrikada AQShning Chikago yoko boshqa shaharlari kabi yirik zamonaviy Keyptaun, Yoxanasburg, Durban kabi shaharlari bor.Aholii bir milliondan ortiq Pretorii, Sharqiy Rand, Port-Elezabet kabi shaharlardan iborat megopolislari bor. Bu shaharlarda mamlkat milliy boyligini ta`minlovchi tog`-kon sanoati, qishloq xo`jaligi yaxshi rivojlangan. Janubiy Afrika mamlakati dunyoda yirik olmosni eksport qiluvchi va Yer yuzida milliy daromadini asosan foydali qazilmalar hisobiga rivojlantiruvchi mamlakatdir.
South Africa has large, modern cities such as Cape Town, Johannesburg, and Durban, each about the size of the US city of Chicago or larger. The cities of Pretoria, East Rand, and Port Elizabeth are also major metropolitan areas and have more than one million people each. These urban centers all contribute to and support the extensive mining and agricultural activities that provide national wealth. As the country that exports more diamonds than any other in the world, South Africa has gained much national income from the extraction of mineral resources, which are being tapped by some of the largest mining operations on Earth.1
JAR hududining yer yuzasi, asosan, plato va yassitog’liklardan iborat. Qirg’oqlari deyarli tekis, sohil bo’ylab tog’ tizmalari joylashgan. Oranj daryosidan shimolda Kalahari tekisligi bor. Platolarning sharqiy sohilidagi kambar pasttekislikka, janubda Katta Karru soyligiga tik tushgan qismi Katta Jarlik deb ataladi. Drakon tog’lari uning sharqiy qismidir. Drakon tog’laridagi Ndjesuti cho’qqisi (3482 m) Janubiy Afrika Respublikasidagi eng baland nuqtadir. Katta Karru soyligidan janubda Kap tog’lari (balandligi 2326 metr atrofida) bor. Iqlimi, asosan, tropik, 30° janubiy kenglikdan janubda subtropik mintaqasi o’rin olgan. Katta jarlik Hind okeanidan esuvchi nam shamollarni tusib, ichki hududlarga o’tkazmaydi.Sharqiy sohilda va Katta jarlikning sharqiy yon bag’rida dengiz iqlimi, yillik yog’in 1000–2000 mm, eng issiq oyning o’rtacha harorati 25°, sovuq oyniki 18°. Kontinental iqlimli ichki platolarda yillik yog’in sharqda 750 mm. gacha, g’arbda 150 mm. gacha. Yoz oylarining o’rtacha harorati 27°, janubi-g’arbida 18°. Subtropik iqlimli janubi-sharqida yillik yog’in 600–1000 mm, yoz oylarining o’rtacha harorati 21 — 24°, qish oylariniki 14—17°. Cho’l va chala cho’l iqlimli g’arbiy sohili sovuq Bengela oqimi ta’sirida, yillik yog’in 60–100 mm, yoz oylarining o’rtacha harorati 15°, qish oylarniki 11°.
Do'stlaringiz bilan baham: |