Davlat tuzumi. Janubiy Afrika Respublikasi - Buyuk Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiruvchi unitar respublika. Mamlakat 1997 yil 4 fevraldan kuchga kirgan konstitutsiyaga amal qiladi. Davlat boshlig’i — Prezident. Milliy assambleya tomonidan uning a’zolari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali parlament. U viloyatlarning Milliy Kengashi (yuqori palata) va Milliy assambleya (quyi palata)dan iborat. Ijrochi xokimiyatni Prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |