Mavzu: XITOY XALQ RESPUBLIKASI
Reja:
1. Xioyning geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlari.
Poytaxti: Pekin shahri. Maydoni: 9,6 mln. km2 (dunyoda 3-o‘rin). Aholisi: 1,318 mlrd. kishi (2007 dunyoda 1-o‘rin). 1,370 mln. kishi (2016). Rasmiy tili: xitoy tili. Aholisining diniy tarkibi: XXR rasman ateistik davlat bo‘lishiga qaramay bu yerda konfutsiylik, daosizm, buddaviylik va islom dini keng tarqalgan. Davlat tuzumi: respublika
Pul birligi: yuan.
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) - Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Davlat boshlig‘i - XXR raisi. U Umumxitoy xalq vakillari yig‘ini tomonidan saylangan. XXR tarkibiga maxsus ma’muriy hududlar - Syangan (Gongkong) va Aomen (Makao) kiradi. XXR da 56 millat vakillari yashaydi. Eng ko'p sonlilari xanlar (xitoylar - 92%), uyg‘urlar, m o'g‘ullar, tibetliklar, manchjurlar va boshqalar.
Diqqatga sazovor joylari. XXRsiga 42 mln. sayyoh keladi. Ulami bu yerga madaniy-tarixiy obidalar, o‘tgan davr yodgorliklari (Xitoy devori, saroylari, ibodatxona majmualari,
budda cherkovlari va boshq.), 1514 ta muzey, buddaviylik g‘orlari va daosizim muqaddas tog1 lari hamda noyob tabiat landshaftlari jalb qiladi. Xitoy oshxonasi butun dunyoga to‘yimliligi bilan mashhur. Bu yerga kelgan har kim bu yerning milliy taomlaridan tatib ko‘rishga harakat qiladi. Misol uchun, pekin o‘rdagi, qovurilgan ilon, bo‘rsiq, mushuk, ukki go‘shtidan tayyorlangan taomlar, qaldirg‘och ini sho‘rvasi va h.k. Shaharlardagi yodgorliklar: Pekin shahrida taqiqlangan (man etilgan) shahar, Osmon va Quyosh ibodatxonasi, Oq ibodatxona, yozgi saroy va boshqalar; Sian shahrida baraban va Qo‘ng‘iroq minoralari, qal’a devori.
Tabiati. Sharqda qirg‘oq chizig‘i Sariq dengiz ko‘rfazi va Lyaodun va Shandun yarimorollari bilan ajralib turadi. Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarida joylashgan ko‘plab (5400) kichik orollar XXRga tegishli. Mamlakat hududining 75% ni tog‘lar egallagan. Yeming balandligi g‘arbdan sharqqa qarab 4 pog‘ona ko‘rinishidapasayibboradi. 1) Sinxay-Tibet tog1 tizmalari muzliklar bilan qoplangan. Himolay, Qoraqum, Kun-Lun, Tyan-Shan, Mo‘g‘ul-Oltoy; 2) Tarimsk (Takla-Makon sahrosi bilan) va Jungar chuqurliklari, Lyoe platosi, Ichki Mo‘g‘ul tog` tizmasi, Yunan-Guanchjou tog1 tizmasi; 3) Sichuan chuqurligi, Markaziy va G‘arbiy Xitoy o‘rta balandligidagi tog`lar; 4) Buyuk Xitoy va shimoli sharqiy tekisliklarida. G'arbda va Markazda kuchli zilzilalar sodir bo`ladi.
XXR hududida 50 dan ortiq daryo mavjud, ulardan eng yirigi Xuanxe, Yanszi. Bu daryolar Sinxay-Tibet tog` tizmalaridan sharqqa va janubi sharqqa oqib tushadi. Xitoy mo‘tadil (hududning 50%) subtropik va qisman tropik iqlim zonalarida joylashgan. Sichuan chuqurligi atrofi tog`lar bilan o`ralgan. Qishda iqlimi iliq, yozda jazirama issiq. Tog1 hududlarida kechki va kunduzgi payt ham harorat yuqori (asosan Sinxay-Tibet tog` tizmasida). Eng baland ko‘rsatkich Turfan chuqirligida 49°C qayd etilgan va eng past mamlakat shimolida Moxeda -52°C qayd qilingan. Yillik yog‘in miqdori janubi sharqdan shimoli g‘arb tomon tobora kamayib boradi. Mamlakatning g'arb qismi, Tibetni qo`shganda qumq iqlimga ega, namlik yetishmaydi. Avgustdan sentabrgacha Tinch okeandan janubi sharqiy qirg‘oqqa kuchli to`fonlar keladi. Shimolda mussonli o`rmonlar zonasida tayga, janubroqda aralash va keng bargli o`rmonlar ylashgan. Sinlin tepaligidan janub tomonda subtropik va bambuk o‘rmonlari, janubroqda nam, tropik doimiy yashil o'rmonlar, Janubiy Xitoy dengiz qirg‘oqlari bo‘yida mangr botqoqliklari, Leychjou yarimorolida savannalar
joylashgan. Ko‘p o'rmon daraxtlari kesib tashlangan. O'rmonlar faqat tog`larda saqlanib qolgan. Dashtlarda baland bo‘yli o`tlar o‘sadi, janub tomonda dasht o'simliklari o‘sadi. Shimoli g‘arbni yarimsahro va sahrolar egallagan. Tyan-Shan va Kunlun tog` vodiylarida o'rmonlar mavjud. Sinxay-Tibet tog` tizmasining katta qismida sovuqqa chidamli sahro o'simliklari o'sadi (alp vohalari, tog1 adirlari va boshq.). XXR hududida katta panda, zangori maymun, Janubiy Xitoy yo`lbarsi, manchjur tumasi, qiziloyoqli iblis, Yanszida oq
Do'stlaringiz bilan baham: |