YAPONIYA
Poytaxti: Tokio. Maydoni: 372,8 ming km2. Aholisi: 128 mln. kishi (2007), 125 mln. kishi (2016). Rasmiy tili: yapon tili. Aholisining diniy tarkibi: sintoistlar - 84%, buddaviylar - 76% (yaponlar bir vaqtning o ‘zida ikki dinga sintoizm va buddaviylikka e’tiqod qiladi), xristianlar - 1%. Pul birligi: iyena. Tokio shahriga XV asr o'rtalarida so`ng Tokugava tomonidan asos solingan. Qadimgi Xitoyning poytaxti Chanyan shahri andoza qilib olingan
Yaponiya - Sharqiy Osiyodagi orolda joylashgan davlat. Davlat boshlig'i - imperator. Aholining etnik tarkibi: yaponlar - 99%, qolganlari - koreys, xitoy va boshqa millatga mansub kishilar. Yaponiya uzoq vaqt mobaynida tashqi dunyodan uzilib qolgan. 1867 - 1868-yillardagi inqilob natijasida mamlakatda bozor iqtisodiyoti va demokratik islohotlar joriy qilindi. Bu o‘z o‘mida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. XX asr boshida Yaponiyada militarizm mhi avj oldi. Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati va urushdan keyingi harbiy islohotlar mamlakatning kelgusi hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1947-yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unga asosan urushni xalqaro kelishmovchiliklaming yechimi sifatida ko'rish, harbiylarni mamlakat chegarasidan tashqariga yuborish man etildi, ko‘ppartiyaviylik qonunlashtirildi, so‘z erkinligi, kasaba uyushmalari faoliyati va boshqalarga ruxsat berildi. Iqtisodiyotda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, agrar islohotlar o‘tkazildi. Bir necha o‘n yil ichida Yaponiya harbiy amaliyotlar (jumladan, atom bombardirovkasi) natijasida vayron bo‘lgan mamlakatdan dunyo iqtisodiyotining yetakchilaridan biriga aylandi.
Tabiati. Mamlakat to‘rt yirik va 6,8 ming kichik orollardan iborat bo‘lgan Yapon
arxipelagini egallagan. Tinch okean sohil chizig‘i juda ham notekis (ko‘rfaz va kichik orollar bilan), uning ko‘ndalangida ko‘plab o‘rta va kichik orollar bor. Janubiy Ryukyu orollari maijonli riflar bilan o‘ralgan. Quruqlikning 71% ni о‘rta va past balandlikdagi togTar egallaydi. Eng uzun va baland tog‘ tizmasi Xonsyu orolida joylashgan: Markaziy qismda - yapon alp togTari, shimolda - Ou, Deva (sunbula) va Kitokami tog` tizmalari, orolning markazida - eng yuqori cho‘qqi, Fudziyama vulqoni, sharqiy sohilda - Kanto, Nobi, Kinki tekisliklari. Xokkaydo orolining tog1 tizmasi markaziy qismida Asaxi cho‘qqisi va Tokkata vulqoni, Kyusyu orolida esa Sukusi tog` tizmasi va bir qancha vulqonlar joylashgan. Yaponiyada ko‘plab zilzilalar sodir bo`lib turadi (200 ga yaqin vulqon bor). Eng faol vulqonlar: Asama, Banday, Sakuradzima, Siretoko-Iosan, Mixarayana. Vulqonlar atroflarida ko‘plab issiq buloqlar bor. Xonsyu oroli ko‘plab zilzilalar va Tinch okean sunamilari zarbasini boshdan kechiradi. Mamlakat daryolari tog`li jo`shqin va qisqadir. Vulqon kraterlarida kichik ko`llar bor. Hududning 67% o'rmonlar bilan qoplangan. Xokkaydoda ignabargli o'rmonlar, baland tog`larda kedr, qayin daraxtli o'rmonzorlar, Xonsyuning shimohy qismida qora qayinli o'rmonlar, tog` qismida kedr va qarag‘ay o‘nnonzorlari, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu orollari janubida doimiy yashil eman, kichik kashtanlar, magnoliyalar, kamfora, lav, Kyusyuning eng janubida va Ryukyu arxipelagida mussonli-tropik o‘rmonzorlar joylashgan. Yaponiyada dekorativ bog'dorchilik rivojlangan.
Hududning 9 foizini 28 milliy bog`lar va 55 qo`riqxonalar egallagan. Anan. Kuiro, Siretoko, Yakusima va boshqa bog`lar eng ko‘p ziyorat qilinadigan bog`lardir.
Xokkaydo orolida 8 ta harakatdagi vulqon bor. U yerda ko'pincha zilzilalar bo'lib turadi. Gullagan sakura. Bu yapon manzarali olchasi – Yaponiyaning o ‘ziga xos ramzi. Uni hamma yerda uchratish mumkin.
Xo‘jaligi. Hozirgi kundagi Yaponiya - iqtisodiy salohiyati bo‘yicha dunyoda yetakchi pog‘onani egallagan. YIM bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallagan. Sanoat eksport yo‘nalishida ishlaydi. Quwat resurslari va xomashyoni (neft, gaz, rangli va qora metallar, ko‘mir, yog‘och, paxta va boshq.) xorijdan import qilishga majbur. Neft Indoneziya va Yaqin Sharq davlatlaridan import qilinadi, Yaponiyada tog‘-kon sanoati deyarli yo‘q. Yog‘och tayyorlash oxirgi 10 yil davomida keskin pasayib ketdi. Avstraliya, Kanada, Skandinaviya mamlakatlari bilan raqobat kuchayganligi tufayli, qishloq xo‘jaligi ichki guruch ehtiyojini to‘liq qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 50% import qilinadi. Ekeltr quwatining 30% ni AES beradi. Quvvat va yonilg‘ining muqobil ko‘rinishlarini - quyoshli
geotremal, oqimli, shamolli usullarini ishlatish ortib bormoqda. Uchinchi sektoming asosiy yo‘nalishlariga kompyuterlami dasturlashtirish, axborot xizmati, telekommunikatsiyon xizmatlar, lizing, bank xizmatlari, sayyohlik, internet tarmog‘i orqali savdo-sotiq xizmati kiradi. Yaponiya dastgohlar, kemalar, xo‘jalik elektrotexnikasi va elektron qismlar, robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 1-o‘rinda turadi; avtomobil va kimyo mahsulotlari bo‘yicha 2-o‘rinda turadi; po‘lat eritish va baliqchilik hajmi bo‘yicha 3-o‘rinda turadi. Qayta ishlash
sanoatining yetakchi tarmoqlari: telekommunikatsiya, noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, pereferiya jihozlari, elektron qismlar, yarimo‘tkazgichlar, kompyuter chiplarini ishlab chiqarish, xo‘jalik elektronikasi va elektrotexnikasi hisoblanadi. Robot texnikasi, kemasozlik (dunyo bozorining 40,5 %), dastgohsozlik, avtomobilsozlik, traktorlar qurish,
aerokosmos sanoati, elektromotor va generatorlami ishlab chiqarish, qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, neft-kimyo, kimyo, o‘rmon-kimyo, farmatsevtika, biotexnologiya, selluloza-qog‘oz sanoatlari rivojlanmoqda. To‘qimachilik va tikuvchilik sanoatlari oldingi o‘z mavqelarini yo‘qotdi, hozirgi paytda janubi sharqiy Osiyoga, XXR, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarga ko‘chirilgan. Mamlakatda guruch (eng asosiy don o‘simligi), bug‘doy, arpa, suli, dukkakli soya, qand lavlagi, sabzavotlar, mevalar (olcha, olma, nok, olxo‘ri, shaftoli), sitrus mevalar, choy, tamaki yetishtiriladi. AhoU yirik shoxli mollar, cho‘chqalar, uy parrandalarini ko‘paytirish, shuningdek, ipakchilik, arichilik bilan ham shug‘ullanadi. Ichki ko‘llarda losos va forel baliqlarini sun’iy ko‘paytirish, dengizlarda - baliq dengiz mahsulotlari va marvarid ovlari yo‘lga qo‘yilgan. Yaponiya dunyoda eng yirik baliq tutish dengiz flotiga ega (370 ming kema). Mamlakatda ipak mahsulotlari, bronza mahsulotlari, chinni, diniy marosim anjomlari, o‘yinchoqlar, koptoklar, qo‘g‘irchoqlar, musiqa asboblari mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlanadi. Asosiy eksport mahsulotlari: telekommunikatsiya jihozlari, robotlar, aniq asboblar, kompyuter va ulaming qismlari, integral sxemalar, yarimo‘tkazgichlar, raqamli fotoapparatlar va videokameralar, xo‘jalik elektrotexnikasi, dengiz kemalari, avtomobil va ulaming qismlari,
mototsikllar, orgtexnika, organik kimyo mahsulotlari. Yaponiyada robotsozlikjuda rivojlangan. U yerda yuguradigan, raqs tushadigan, futbol o'ynaydigan va shu kabi ko'plab robotlar ixtiro qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |