Avstriya Respublikasi Avstriya



Download 1,38 Mb.
Sana19.11.2022
Hajmi1,38 Mb.
#868278
Bog'liq
Avstriya Respublikasi


Avstriya Respublikasi
Avstriya, Avstriya Respublikasi (nemischa: Österreich, MFA: Andoza: Audio-IPA) – Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km2. Aholisi 9,5 kishi (2021). Poytaxti – Vena shahri.


Davlat tuzumi
Avstriya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1920-yilda qabul qilingan (1929-yilda oʻzgarishlar kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan
Avstriya – federatsiya (ittifoq davlat). Davlat boshligʻi – federal prezident, uni 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal kengash aʼzolarini oʻlkalar parlamentlari oʻz vakolatlari muddatiga saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir oʻlkaning oʻz konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. Oʻlkalarning huquqlari cheklangan.

Hududiy boʻlinishi


Avstriya hududi 9 federal yerlarga boʻlinadi: (Burgenland, Karintiya, Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Zalsburg, Shtiriya, Tirol, Forarlberg, Vena).


Tabiati


Avstriya – asosan togʻli mamlakat. Uning janubiy qismi Sharqiy Alp togʻlari Yuqori Tauern (balandligi 3797 m, Grosglokner choʻqqisi) va Quyi Tauern; shimoliy qismi – past-baland tekisliklardan iborat boʻlib, chekka shimoli - sharqda u Oʻrta Dunay payettekisligiga tutashib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qoʻngʻir kumir, temir va qoʻrgʻoshin - rux rudalari, grafit, osh tuzi; binokorlik materiallarining anchagina zaxiralari mavjud.

Iqlimi


Iqlimi moʻtadil. Yanvarning oʻrtacha harorati – 1, – 4 °C, iyulda 15 °C dan 18 °C gacha. Yiliga 500 – 900 mm, togʻlarda 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi – Dunay va uning irmoklari (Inn, Traun, Ens, Drava va boshqalar).



Ichki suvlari


Daryolar anchagina gidroenergiya zaxiralariga ega. Koʻllar koʻp, ularning aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan. Chimli-podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlar, janubi-sharqda ishqorsiz podzollashgan qora tuproqlar, togʻlarda togʻ-qoʻngʻir, togʻ-oʻtloq, togʻ-podzollashgan tuproqlar. Avstriya maydonining 40 % ga yaqini oʻrmonzor (dub, buk, archa, pixta, yaproq bargli daraxtlar). 2000 m balandlikda togʻ oʻtloqlari boshlanadi.

Aholisi


Avstriya aholisining 99 % – avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, olmonlar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili – nemis tili. Aholisining oʻrtacha zichligi – 1 km2 ga 90 kishi. Aholining 52 % shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Vena, Grats, Zalsburg.

Xoʻjaligi
Avstriya – yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 36,3 % sanoatda va 2,8 % qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida hosil qilinadi. Avstriya iqtisodiyotida yirik chet el korporatsiyalari muhim rol oʻynaydi. 113 Oʻgir sanoatning bir qancha tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Chetga koʻp mahsulot chiqariladi.


Sanoati
Avstriya energetikasi gidroresurslar va asosan chetdan keltiriladigan koʻmir negiziga qurilgan. Konchilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit (Shtiriya, Karintiya), temir rudasi (Ayzeners), polimetall rudalar, neft va gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari – mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya va xoʻjalikning boshqa tarmoqlari, transport vositalari va shahrik.lar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi). Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik) va oziq-sanoat markazlari – Vena, Lins, Grats.
Qishloq xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligida intensiv chorvachilik yetakchi oʻrinda turadi. Fermalar koʻp, taʼminot-sotish va matlubot kooperatsiyasi shoxobchasi rivojlangan. Avstriya asosan togʻli oʻlka boʻlishiga qaramay, uning 20 % haydaladigan yerlar,
28,8 % yaylov va pichanzorlardir. Qora-mol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: gʻalla–bugʻdoy, arpa; texnika ekinlari – qand lavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi oʻlkalari – Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya.
Transporti
Temir yoʻllarning uzunligi – 6,4 ming km. Magistral gaz quvurlari –
1,8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti – Vena.
Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish