O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Hamkorlikda о‘qitishning «Birgalikda о‘qiymiz» metodi



Download 1,9 Mb.
bet27/79
Sana02.03.2022
Hajmi1,9 Mb.
#478553
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
2.05. Pedagogik texnologiyalar

Hamkorlikda о‘qitishning «Birgalikda о‘qiymiz» metodi
Hamkorlikda о‘qitishning «Birgalikda о‘qiymiz» metodi 1987yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf о‘quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bо‘lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning tо‘liq bajarilish natijasida о‘quv materialining yaxlit о‘zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy printsiplari-komandani taqdirlash, о‘quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish.
Erkin fikrlash darslari. Erkin fikrlash darslari ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalar va bu maqolalarning muhokamalariga bag‘ishlanadi.
Erkin fikrlash darslaridan kо‘zda tutilgan maqsad:
O‘quvchilarning bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
O‘quvchilarni ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar, kitoblar bilan tanishtirish orqali ularning bilim olish va fanga bо‘lgan qiziqishlarini orttirish.
O‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qо‘llash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
Munozarali darslarning muvaffaqiyati qо‘yidagi masalalarni tо‘g‘ri hal etishga bog‘liq:
- о‘quvchilarning darsga qizg‘in tayyorgarlik kо‘rishiga;
- ular о‘rtasida о‘zaro hamkorlik, yordam uyushtirilishiga;
- о‘quvchilarning о‘z fikr-mulohazalarini tо‘liq bayon qilishi va mantiqan dalillashiga;
- о‘quvchilarda boshqalarning fikrini sabot va chidam bilan tinglash kо‘nikmalarining hosil qilinganligiga;
-о‘qituvchining iqtidori, e’tiqodi, о‘quvchilarning bilim faoliyatini faollashtira olish kо‘nikma va malakalariga egallaganlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi.

Erkin fikrlash darslarini о‘tkazish uchun о‘quvchilarga kо‘pgina ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalarni о‘qishni tavsiya etamiz.


Tanqidiy tafakkur
«Tanqidiy tafakkur» uslubi о‘quvchi qо‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan о‘z fikrini bayon qilish, о‘zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, о‘z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bо‘lishiga asoslangan. Odatda bunday zarurat mubohasa xarakteriga ega masalalarni hal etayotganda yuzaga keladi masalan: maktablarda yagona maktab formasi kerakmi? Jamoa transportida maktab о‘quvchilari uchun bepul yо‘lkira joriy etish kerakmi? Va shunga о‘xshash masalalar. Bu narsa о‘qituvchiga о‘quvchilarning tinglash va muloqot qilish kо‘nikmalarini, turli nuqtai nazardan tushunish malakasini rivojlantirish, baxsli masalalarni hal qilish, taxliliy mushoxada yuritish va fikrlash layoqatini oshirish, ularning о‘z fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlash imkoniyatini beradi.
«Tanqidiy tafakkur»ni о‘tkazish uslubiyati.
1.O‘quvchilarga mubohasa xarakteridagi muammo, topshiriq yoki chalkash masala qо‘yiladi va quyidagi savollar beriladi:
-Nima deb о‘ylaysiz?
-Fikringiz qanaqa?
-Sizningcha qanday?
Bu kabi savollar о‘quvchi о‘z nuqtai nazarini shakllantirishga yо‘naltirilgan bо‘ladi.
2.O‘quvchiga о‘z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat beriladi.
3.O‘quvchi о‘z fikrini asoslaydi, bunda uning nuqtai nazarini aniqlab olish uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
-Nega bunday deb о‘ylaysiz?
-Nimalar asosida bunday xulosaga keldingiz?
4.O‘qituvchi kо‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan boshqa fikrda bо‘lgan ta’lim oluvchilarga sо‘zlash imkoniyatini beradi, bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
-Kimda boshqa fikr bor, nega?
-Kim aytilgan fikrni ma’qullamaydi, nega?
5.O‘qituvchi о‘quvchilar bilan birgalikda xar xil nuqtai nazarlarni muhokama qilish vositasida barcha fikrlarni tahlil qilib chiqadi, bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
-Nega boshqa о‘quvchining nuqtai nazarini ma’qullamaysiz?
-O‘z nuqtai nazaringizni tasdiqlovchi asoslar keltira olasizmi?
6.Muammoni topshiriq, masala, chalkash masala bо‘yicha qabul qilingan qarorga о‘quvchilar tomonidan о‘z nuqtai nazarlarini qabul qilishi yoki qayta baholanishi bilan erishiladi, bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
-Sizningcha, kimning nuqtai nazari eng maqbul?
-Yuzaga kelgan vaziyatdan qaysi yо‘l bilan chiqish ma’qulroq?
«Tanqidiy tafakkur» uslubini о‘tkazish qoidalari:
1-aniq-raso belgilab qо‘yilgan vaqtda о‘quvchilar kо‘rsatilgan topshiriq yoki chalkash masaladagi rollarni ijro etishlari lozim.
2-rol о‘ynalishi natijalariga kо‘ra о‘yin muhokamasi va baholanishi amalga oshiriladi. Ishtirokchilar va kuzatuvchilar о‘yin paytida sodir bо‘lganlarni tahlil qilib chiqish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bо‘lishi lozim.
Bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
-Rolli о‘yin о‘tkazilayotganda qanday natijalarga erishilishi?
-qaysi muammo tilga olindi, u о‘z yechimini topdimi?
-Bordi-yu о‘yin shartlari о‘zgartirilsa, natijalar qanday bо‘lardi?
«Rolli о‘yin» uslubini о‘tkazish qoidalari.
1. «Rolli о‘yin»ni о‘tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq rioya etish lozim.



  1. Rolli о‘yinda ishtirok etmayotgan о‘quvchilar kuzatuvchilar sifatida ishga solinishi yoki yordamchi rollarini (M: bayonnoma yozib boruvchi) ijro etish lozim.

  2. O‘yin muhokamasi paytida о‘quvchilar aytgan fikrlar boshqa nuqtai nazarda bо‘lgan о‘quvchilar tomonidan nazarda tutilgan reglament doirasida asosli tanqidga yoki muhokamaga tortilishi mumkin.

  3. Zarur bо‘lib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish kerakki, bu narsa g‘oya yoki fikrni aniq-raso va qisqacha ifodalash imkonini beradi.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish