O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Interfaol metodlarni mashg‘ulot maqsadiga muvofiq tanlash



Download 1,9 Mb.
bet35/79
Sana02.03.2022
Hajmi1,9 Mb.
#478553
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
Bog'liq
2.05. Pedagogik texnologiyalar

Interfaol metodlarni mashg‘ulot maqsadiga muvofiq tanlash
Interfaol mashg‘ulot turlari kо‘p bо‘lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda kо‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik kо‘riladi. Interfaol mashg‘ulotda ishtirok etish uchun о‘quvchilarning tayyorliklariga о‘ziga xos talablar qо‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni о‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, о‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, о‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish kо‘nikmalari va boshqalardan iborat.
Mashg‘ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni tо‘g‘ri tanlash, tayyorlash hamda mashg‘ulot о‘tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bо‘lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida о‘ziga xos farqlar mavjud bо‘lib, har bir о‘qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni о‘tkazish usullarini tanlashda tо‘g‘ri hisobga olishi zarur.
Bunda yangi bilimlarni berish, kо‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qо‘llash mashg‘ulotlarida hamda о‘quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bо‘yicha mashg‘ulot uchun eng maqsadga muvofiq bо‘lgan interfaol yoki boshqa metodlarni tо‘g‘ri tanlash nazarda tutiladi.
Tо‘g‘ri tanlangan metodlarni qо‘llash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bо‘lishini ta’minlaydi.
Interfaol metodlar konstruktivizm nazariyasi bilan bog‘liq bо‘lib, bu metodlardan amalda foydalanishda konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:
O‘quvchi о‘zi о‘rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani о‘rgata olmaydi;
O‘qituvchi о‘quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi;
Bilim borliqdan kо‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.
3-MAVZU: MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI (2 soat ma’ruza, 4 soat tarmoq orqali mustaqil о‘qish).


Reja

1. О‘quvchilarni mantiqiy va tanqidiy fikrlash kо‘nikmalarini rivojlantiruvchi usullar.


2. Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish.
3. Muammoli о‘qitishning asosiy qonuniyatlari.

Muammoli ta’lim texnologiyalari о‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim о‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini о‘stirishda jiddiy ahamiyatga ega.


Muammoli ta’limning bosh maqsadi – о‘quvchilarning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni tо‘liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga о‘rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qо‘llashda asosiy masalalardan biri о‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Turli о‘quv fanlari bо‘yicha о‘qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan kо‘zda tutishlari kerak.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:

  • о‘qituvchi о‘quvchilarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yо‘lini topishni taklif qiladi;

  • bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;

  • hal etish uchun yetarli bо‘lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bо‘lgan yoki savolning qо‘yilishi notо‘g‘ri bо‘lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.

Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
-о‘qituvchi muammoni qо‘yadi va о‘zi yechadi;
-о‘qituvchi muammoni qо‘yadi va uning yechimini о‘quvchilar bilan birgalikda topadi;
-о‘quvchilarning о‘zlari muammoni qо‘yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qо‘llaniladigan usullar:

  • muammoni turli nuqtai-nazardan о‘rganish, tahlil qilish;

  • solishtirish, umumlashtirish;

  • faktlarni aniqlash va qiyoslash;

  • vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;

  • о‘quvchilarning о‘zlari aniq savollar qо‘yishi va boshqalar.

Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qо‘llagan. XX asrning 60-yillarida bu yо‘nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.
Muammoli ta’limning asosiy g‘oyasi bilimlarni о‘quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bо‘yicha о‘quv-tadqiqotlarini bajarish asosida о‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekistonda muammoli ta’limni qо‘llash bо‘yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida о‘quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda gо‘zal nutq tarkib toptirilgan.
Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qо‘llaniladi. Bunda о‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va tо‘g‘ri sо‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga о‘rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda о‘qituvchining о‘quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi notо‘g‘ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yо‘liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin;
Savol-javoblar orqali о‘quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash.
O‘rganilayotgan mavzuning mazmunini о‘quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, о‘quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bо‘lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi.
O‘quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag‘batlantirish usullaridan foydalaniladi.
O‘qituvchi о‘zini bilmaydigan odamdek, о‘quvchidek tutib, savollar berib
boradi.
O‘quvchining tо‘g‘ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, sо‘zlashga jalb qilish.
O‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish.
O‘quvchining xato fikrlariga nisbatan tо‘g‘ri fikrni о‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali о‘quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va о‘quvchini о‘z xatolarini о‘zi tuzatishiga yо‘naltiriladi.
Bundan kо‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bо‘lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular о‘qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bо‘lishi kabilardan iborat.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish