MA’RUZA MATNLARI TO‘PLAMI:
MA’RUZA (NAZARIY MASHG’ULOT) MATERIALLARI. . . . . . ….. . . …... . . . bet
AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …..…… . bet
ADABIYOTLAR RO‘YXATI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . bet
KIRISH
Ushbu ishchi о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida” 2020-yil 23-sentabrda Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF4947-son Farmoni, “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish choratadbirlari tо‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ–393-son qarori, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘ g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF–5712-son Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 23-avgust kuni о‘tkazilgan videoselektorda “Maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur” mavzusida sо‘zlagan nutqi hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘ g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarorida kо‘rsatib о‘tilgan hamda 2020-yil 30-oktabrdagi videoselektorda ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish bо‘yicha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bо‘lib, u zamonaviy talablar asosida fan о‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi. Ushbu ishchi о‘quv dasturiga tinglovchilarning talab va ehtiyojlarini о‘rganish asosida mavzular kiritilgan bо‘lib, boshlang‘ich ta’lim fanlarini о‘qitish sifati va samaradorligini yanada oshirish nazarda tutilgan. Dastur mazmuni О‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosati, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari, ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik yondashuv, о‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qо‘llash, boshlang‘ich ta’limda media mahsulot (video, audio, taqdimot va gipermatn)lardan foydalanish, boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlar, boshlang‘ich ta’lim о‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini о‘z ichiga oladi. Boshlang‘ich ta’lim fanlari bо‘yicha tegishli yangi bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yо‘naltirilgan.
Dastur doirasida berilayotgan mavzular xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qо‘yiladigan malaka talablari va о‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bо‘lib, boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilarini zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini о‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va о‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetensiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur bо‘ladigan kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, mustaqil amaliy faoliyatda qо‘llash, malaka talablari asosida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat. Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini muntazam о‘rgatish;
ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va xorijiy tajribalarni о‘rganish;
о‘qituvchilarini kreativ fikrlash, intellectual qobiliyatlarini rivojlantirish;о‘qituvchilarini ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
о‘quv jarayonini fan va ishlab chiqarish bilan samarali integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish;
malaka talablariga mos holda boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilarining kasbiy bilim, kо‘nikma va malaka, kompetensiyalarini innovatsion yondashuvlar asosida uzluksiz rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |