B/B/B JADVALI
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
|
|
|
“QARORLAR ShAJARASI” METODI
“Qarorlar shajarasi” metodi muayyanfan asoslari borasidagi bir qator murakkab mavzularni о‘zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidagi eng maqbul hamda tо‘g‘risini topishga yо‘naltirilgan texnik yondoshuvdir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qо‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilano qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini batafsil tahlil etish imkoniyatini yaratadi.
-
UMUMIY MUAMMO
|
1-qaror varianti
|
2-qaror varianti
|
3-qaror varianti
|
afzalligi
|
kamchilligi
|
afzalligi
|
kamchilligi
|
afzalligi
|
kamchilligi
|
|
|
|
|
|
|
Xulosa
|
“FSMU” METODI
“FSMU” metodimunozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozara о‘tkazishda yoki о‘quv reja asosida biron bо‘lim о‘rganib bо‘lingach qо‘llanilishi mumkin, chunki bu metod tinglovchilarni о‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga, shu bilan qatorda ta’lim oluvchilarni, о‘quv jarayonida egallagan bilimlarni tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga о‘rgatadi. Ушбу метод тингловчиларга ўз фикрларини аниқ, қисқа холатда ифода этиб, тасдиқловчи далиллар ёки инкор этувчи фикрларни баён этишга ёрдам беради.
Mashg‘ulotda avval har bir tinglovchi yakka tartibda berilgan vazifani bajaradi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib boradi va dars oxirida jamoa bо‘lib ishlaydilar.
Har bir tinglovchiga FSMU metodining 4-bosqichi yozilgan varaqalar tarqatiladi:
F- fikringizni bayon eting
S- fikringizni bayoniga sabab kо‘rsating.
M- kо‘rsatilgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U- fikringizni umumlashtiring.
Tinglovchilar yakka tartibda topshiriqni bajaradilar. Sо‘ngra kichik guruhlar shakllantirilib, kichik guruhda har bir ta’lim oluvchi о‘zining yozgan javobini о‘qib tanishtiradi, sо‘ngra guruh azolari birgalashib muhokama qilib umumiy javoblarini yozadilar va uni himoya qiladilar.
“TUShUNChALAR TAHLILI” METODI
“Tushunchalar tahlili” metodi mazkur metod ta’lim oluvchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni о‘zlashtirish darajasini aniqlash, о‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qо‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
ishtirokchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bо‘lgan sо‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda);
ishtirokchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qо‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga yetgach berilgan tushunchalarning tо‘g‘ri va tо‘liq izohini о‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan tо‘g‘ri javoblar bilan о‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va о‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |