7-Mavzu. Tinglovchilarning turli pedagogik texnologiyalar bо‘yicha dars ishlanmalari taqdimoti(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot, 4 soat tarmoq orqali mustaqil о‘qish).
Matematika darsi va unga qо‘yilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan zamonaviy talablar, didaktik, psixologik va metodik talablar. Dars shakllari: 1) individual (о‘qituvchining har bir о‘quvchi bilan yakka tartibda ishlashi), 2) frontal (о‘qituvchining butun sinf bilan bir tomonlama ishlashi), 3) guruhiy (4-6 kishilik guruhlarda о‘quvchilarning ishlashi), 4) jamoaviy (sinf о‘quvchilarining bitta jamoa bо‘lib ishlashi). Dars turlari: 1) yangi mavzuni о‘zlashtirish darsi, 2) о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni mustahkamlash darsi, 3) о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni takrorlash darsi, 4) о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni tizimga solish va umumiylashtirish darsi, 5) о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni nazorat va baholash darsi, 6) aralash (kompleks) dars. Har bir dars turlariga mos kelgan dars bosqichlari. Darsning motivasiya (yangi mavzuga qiziqtirish) bosqichi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati. Darsning refleksiya (о‘quvchilarning dars davomidagi о‘z faoliyatini tahlil qilishi va baholashi) bosqichi va uni о‘tkazish bо‘yicha tavsiyalar.
Dars ishlanmasi – о‘qituvchi ijodkorligini aniqlovchi omil. Dars rejasi - darsni pedagogik, didaktik va uslubiy jihatdan rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi hujjat. Dars ishlanmalarini yaratish bо‘yicha uslubiy tavsiyalar. Dars ishlanmasining tuzilmasi: 1) dars mavzusi, 2) dars maqsadlari, 3) dars natijalari, 4) darsda foydalaniladigan ma’lumot manbalari, о‘quv uslubiy adabiyotlar va elektron resurslar, 5) darsda ishlatiladigan zarur texnik vositalar va jihozlar, 6) dars shakli, 7) dars turi, 8) dars metodlari, 9) dars bosqichlari va vaqt taqsimoti, 10) dars borishining qisqacha tafsiloti.
Darsning tafsilotlarini bayon qilish ketma-ketligi: 1) tashkiliy qism, 2) yangi mavzuni boshlashga hozirlik (yangi mavzu bilan bog‘liq о‘tgan dars mavzularini takrorlash; yangi mavzuni о‘tishdan oldin о‘quvchilarning bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash va baholash; yangi dars maqsadini tushuntirish), 3) yangi mavzuni yoritish (dars materiallarini kichik–kichik bо‘laklarga bо‘lib, ketma–ket ma’lum uzviylikda va mantiqiy bog‘liqlikda kо‘rgazmali tarzda hamda turli о‘qitish uslublaridan foydalangan holda berish), 4) yangi mavzuni mustahkamlash (olingan nazariy bilimlarni aniq misollarga qо‘llab va turli topshiriqlarni bajarib, о‘quvchilarda mavzuga oid amaliy kо‘nikmalar hosil qilish), 5) darsga yakun yasash va baholash (darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganlikni о‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash, darsning asosiy lahzalarini esga olish, о‘quvchilarning mavzu bо‘yicha savollarga javobini tinglash hamda darsda faol qatnashgan о‘quvchilarni baholash, refleksiya (о‘quvchilarning dars davomidagi о‘z faoliyatini tahlil qilishi va baholashi), 6) uyga vazifa (о‘tilgan mavzu bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarni yanada mustahlamlashga, kelgusi dars uchun hozirlik kо‘rishga qaratilgan mustaqil bajariladigan savol, mashq va topshiriqlar majmuasi) va baholash (baholash uchun beriladigan savol va topshiriqlar aynan dars maqsadidan kelib chiqqan, mavzuni о‘zlashtirishga erishilgan yoki erishilmaganligini aniqlashdan iborat bо‘lishi lozim)
Dars maqsadi va natijalarining о‘zaro mutanosibligini ta’minlash.
Darsning 1) ta’limiy, 2) tarbiyaviy va 3) rivojlantiruvchi maqsadlari va ularning davlat ta’lim standartlari, tayanch va fanga oid kompetensiyalar bilan bog‘liqligi. Dars maqsadlarini ifodalashga quyiladigan talablar: 1) real, 2) erishsa bо‘ladigan, 3) aniq (konkret) va 4) erishganlik darajasini о‘lchasa (baholasa) bо‘ladigan. Dars maqsadlarini tо‘g‘ri va aniq ifodalash bо‘yicha tavsiyalar. Dars maqsadi va natijalarining о‘zaro mutanosibligini ta’minlash. Motivasiya va refleksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |