O‘yin texnologiyasi
O‘yin inson faoliyatining mehnat va о‘quv turlari bilan bir qatorda turadi va mavjudlikning muhim sharti hisoblanadi.
Ta’rifi: о‘yin-bu ijtimoiy tajribani о‘zlashtirishga va yaratishga qaratilgan vaziyatlar sharoitidagi faoliyat turi bо‘lib, hatti-harakat ustidan о‘zini о‘zi boshqarish yuzaga keladi va takomillashadi(Selevko G.K.).
Insoniy amaliyotda о‘yin faoliyati quyidagi vazifalarni bajaradi:
kо‘ngil ochish(о‘yinning asosiy funktsiyasi-qiziqish uyg‘otish, vaqtichog‘likni ta’minlash, jonlantirish);
kommunikativ-muloqat dialektikasini egallash;
о‘z-о‘zini namoyish qilish;
terapevtik(hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan turli qiyinchiliklarni yengib о‘tish);
tashxisli(me’yoriy axloqdan chetga chiqishni aniqlash);
millatlararo kommunikatsiya: barcha xalqlar uchun yagona bо‘lgan ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni egallash;
millatlararo kommunikatsiya:barcha xalqlar uchun yagona bо‘lgan ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni egallash;
ijtimoiylashuv(ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirishish, insoniy hayot me’yorlarini о‘rgani).
Faoliyat sifatida о‘yin tuzilmasiga maqsadni aniqlash , rejalashtirish, maqsadni joriy etish, shuningdek, natijalar tahlili ham tabiiy holatda kiradi, ularda shaxs о‘zini sub’ekt sifatida tо‘liq namoyish qiladi.O‘yin faoliyati motivatsiyasi uning ixtiyoriyligi bilan, tanlash imkoniyatlari bilan va musobaqalashuv unsurlari bilan ta’minlanadi, о‘z mavqeini aniqlab olishda, о‘z-о‘zini namoyish qilishda ehtiyojlar qanoatlantiriladi.
Jarayon sifatida о‘yin tuzilmasiga kiradi: a) bajarish uchun о‘ziga olgan rollar; b) bu rollarni amalga oshirish vositasi sifatida о‘yinli harakatlar; v) predmetlardan о‘yin uchun foydalanish, ya’ni haqiqiy buyumlarni shartlilari bilan alamashtirish; g) о‘yin ishtirokchilari о‘rtasidagi real munosabatlar; d) syujet(mazmun)-о‘yinda shartli ishlab chiqiladigan voqelik sohasi.
O‘yin о‘qitish metodi sifatida avlodlar tо‘plagan tajribani yosh avlodga yetkazishi qadimdan ma’lum.O‘yin о‘zbek xalq pedagogikasida, maktabgacha ta’limda, maktabdan tashqari korxonalarda keng tarqalgan.Zamonaviy oliy ta’limda о‘quv jarayonini faollashtirishga va jadallashtirishga yо‘naltirilgan о‘yin faoliyatidan quyidagi holatlarda foydalaniladi:
tushunchalarni, mavzularni va hatto о‘quv predmetining bо‘limini egallash uchun alohida texnologiyalar sifatida;
birmuncha yirik texnologiyaning elementi(ba’zan birmuncha ahamiyatli) sifatida;
mashg‘ulot(dars) yoki uning qismi(kirish, tushuntirish, mustahkamlash, mashq, nazorat)sifatida;
auditoriyadan tashqari ishlar texnologiyasi sifatida (“Qilni qirq yorib”, “Zakovat”, KVN va b.)
“O‘yinli pedagogik texnologiyalar” tushunchasi turlicha pedagogik о‘yinlar shaklida pedagogik jarayonni tashkillashtirish metodlari va usullarining yetarlicha keng guruhini qamrab oladi.
Mashg‘ulotlarning о‘yinli shakli darsda о‘yin usullari va vaziyatlari yordamida yaratilib, talabalarni о‘quv faoliyatiga rag‘batlash va qiziqtirish vositasi sifatida namoyon bо‘ladi. O‘yinga oid usullar va vaziyatlarni amalga oshirish quyidagi asosiy yо‘nalishlar bо‘yicha boradi: didaktik maqsad talabalar oldiga о‘yinli masalalar kо‘rinishida qо‘yiladi; о‘quv faoliyati о‘yin qoidalariga bо‘ysinadi; о‘quv materialidan uning vositasi sifatida foydalaniladi; о‘quv faoliyatiga musobaqa unsurlari kiritilib, ular didaktik masalalarini о‘yin vazifalariga о‘tkazadi; didaktik topshiriqlarning muvaffaqiyatli bajarilishi о‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.
O‘quv jarayonida о‘yin texnologiyalarining о‘rni va mavqei, о‘quv va о‘yin elementlarini chog‘ishtirish kо‘p jihatdan о‘qituvchining pedagogik о‘yinlar funuktsiyalari va tasniflarini tushunishiga bog‘liq.
Birinchi navbatda о‘yinlarni faoliyat turlari bо‘yicha ajratish lozim: jismoniy(dvigatelli), intellektualli(aqliy), mehnatiy, ijtimoiy va psixologik. Pedagogik jarayon xarakteri bо‘yicha о‘yin quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
a) о‘rgatuvchi, mashq qiluvchi, nazoratlovchi va umumlashtiruvchi;
b) bilishga oid tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi; v) nomahsul, mahsuldor va ijodiy;
g) kommunikativ, diagnostik, kasbga yо‘naltiruvchi, psixotexnik va b.
O‘yin metodikasi xarakteri bо‘yicha: predmetli, syujetli, rolli, ishbilarmonlik, imitatsion va о‘yin-drama.
Predmetli soha bо‘yicha о‘yinlar: о‘quv rejasidagi barcha predmetlar-filosofiya, pedagogika , matematika, sotsiologiya va boshqa fanlarga oid.
Va, nihoyat, о‘yin texnologiyalarining о‘ziga xosligini kо‘p jihatdan о‘yin о‘tkaziladigan muhit(ob’ekt) aniqlab beradi: predmetli, predmetsiz; stolda, uyda, kо‘chada; kompьyuterli, televizorli, O‘TV; olg‘a harakatlanishning turli texnik vositalari yordamida.
“CHarxpalak” texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |