3
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti
“Pedagogika-psixologiya”
fakul‟teti
“Defektologiya”
yo`nalishi
“Defektologiya” yo`nalishi IV-bosqich talabasi Qodirov Shavkatning
“Yordamchi maktab ta‟limida texnologiyalarni qo‟llashning o‟ziga xos
xususiyatlari” nomli bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning
maqsadi davlatimz
kelajagiga mustahkam poydevar qurishdan iborat. Bu poydevor sog‘lom, yetuk va
barkamol shaxslarni tarbiyalab vayaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun
ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida»gi
Qonun qabul
qilindi. Ta‘lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Mazkur huquqiy me‘yoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta‘lim-tarbiyasini
ham qamrab olgan.
Maxsus ehtiyojli bolalar ta‘lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb
masalalar sirasiga aylanib bormokda. Maxsus ta‘lim imkoniyati cheklangan bolalar
uchun ta‘lim tizimi sifatida rivojlangan. Maxsus ta‘lim
butun dunyoda maktab yoki
internat shaklida, shuningdek umumta‘lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlari
sifatida faoliyat yuritadi.
Ta‘lim jarayonini tashkil etishning hozirgi kundagi
talabi yangi va zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo`llash hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalarning maxsus
maktab o`quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirishdagi o`rni katta ahamiyatga ega
bo`lib, aynan ana shu muammo talaba bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi hisoblanadi.
Ishda yordamchi maktabda ta‘lim texnologiyalaridan unumli foydalanish
metodlari chuqur
o`rganilgan va shu metodlar asosida o`qitishni tashkil etishning ahamiyati ochib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo`lib, talaba
Qodirov Shavkat ana shu mavzuning dolzarbligini asoslab berish uchun ishning maqsad va
vazifalarini belgilagan. Ishlab chiqilgan maqsad vazifalar mavzuni o`rganishga qaratilgan.
Tadqiqot ishi ikki bob, 6
ta paragraf, tajriba-sinov, xulosa va tavsiyalardan iborat
bo`lib, reja mavzuni to`liq ochib berishga qaratilgandir.
Tadqiqotning birinchi bobi Ilg‘or texnologiyalardan
foydalanish zamon talabi
ekanligi, ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash masalalari va
ta‗lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
ochib berish bilan yakunlangan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi Ta‘limga ananaviy va noa‘nanaviy
yondoshish
masalalari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ta‘lim – tarbiyasiga
yangicha yondoshuv masalalari, yordamchi maktab ta‘limida pedagogik texnologiyalarning
o‘ziga xos xususiyatlari, ta‘limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishda o‘quvchi
va o‘qituvchi hamkorligining roli kabi masalalarni o`z ichiga olgan.
Olib borilgan tajriba-sinov asosida bitiruv malakaviy ishi xulosalangan va tavsiyalar
ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar hozirda ta‘lim jarayoni bilan shug`ullanayotgan
o`qituvchilar uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: