1.2. Ta„lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik
texnologiyalarning ahamiyati
Keyingi o‘n yilliklarda pedagog olimlar va o‘qituvchilar diqqatini jalb
qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy
ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg‘in o‘rganilayotganligi, bahs
– munozaraga sababchi bo‘layotganligi ham ta‘lim – tarbiyada uning o‘rni naqadar
muhimligidan guvohlik beradi. Mana bir necha yildirki, shu sohada ma‘lum
izlanishlar olib borilmoqda. Tadqiqotlarning maqsadi pedagogik texnologiya
tushunchasi bo‘yicha mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy
jihatlarini O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖ qonuni hamda ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖ talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada qator
konseptual holatlarni ifoda etish va O‘zbekistonda pedagogik texnologiyaning
empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek uni ilmiy bilimlar
(tushunchalar) doirasiga o‘tkazishdir.
Avvalo nega bugunga kelib pedogogik texnologiyaga qiziqish shunchalik
kuchaydi, degan savol tug‘iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda
16
odatda birinchi navbatda pedagogik texnologiyaga ta‘lim sohasidagi siyosatning
bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YuNESKO tomonidan
ham ma‘qullandi va 1972 yilda ―Ta‘lim rivojlantirish masalalari‖ bo‘yicha Xalqaro
Komissiyaning rahbari – Edgara Foraning ma‘ruzasida ham o‘z ifodasini topdi:
―Zamonaviy texnologiya ta‘limni moderinizasiyalashda harakatlantiruvchi
kuchdir‖.
Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Milliy dasturni
ro‘yobga chiqarish bosqichida (2001 – 2005 yillar) ―o‘quv – tarbiyaviy jarayon
ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash‖ muhim vazifalardan biri sifatida
belgilandi.
Xo‘sh, pedagogik texnologiya nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish
mumkin?
Dastlab ―texnologiya‖ tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872
yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – ―texnos‖ - hunar va ―logos‖ - fan
so‘zlaridan tashkil topib ―hunar fani‖ ma‘nosini anglatadi. Biroq bu ifoda
zamonaviy texnologik jarayoni to‘liq tavsiflab berolmaydi, yoxud texnologik
jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta‘sir etish natijasida
mahsulot yaratish sohasidagi mehnat, jarayon tushuniladi. Demak, bu ta‘rifni
tadqiqotimiz mavzusiga ko‘chirish mumkin, unda: Pedagogik texnologiya – bu
o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida
o‘quvchilarga muayyan sharoitda va ma‘lum ketma-ketlikda ta‘sir ko‘rsatish va
aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini
shakllantirish jarayoni, deb ta‘riflasak xato bo‘lmaydi.
Qator yillardan beri Pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini texnik
vositalar yordamida amalga oshirish deb qarab kelindi. Faqat 70 – yillardan
boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi.
Yapon olimi T.Sakamoto, polyak olimi Dj. Brunerlar ―o‘qitish texnologiyasi – bu
o‘qitishni maqbulligini ta‘minlovchi ma‘lum yo‘l – yo‘riqlar tizimi bilan bog‘liq
bilimlar sohasi‖ ekanligini e‘tirof etishdi. Tizimli yondashish ta‘siri ostida asta –
17
sekinlik bilan pedagogik texnologiya mohiyatiga aniqlik kiritila borildi va rus
olimasi N.F.Talizina uning mohiyatini ―belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning
oqilona usullarini aniqlashdan iborat‖ deb tushuntirdi.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflardan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yillarda
Pedagogik texnologiya o‘quv jarayonini berilgan dastlabki ta‘lim maqsadi va
mazmunidan kelib chiqib loyihalash, deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin
teranroq fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi yoki bunday
yondashishida o‘quvchi shaxsi inkor etilyapti. Bu kamchilikni birinchi bo‘lib akad.
V. Bespalko payqadi va o‘zining yirik asarida ―Pedagogik texnologiya – bu
o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni
kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash –
loyihalashdir‖ deb ta‘rifladi.
Qator yillar davomida Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-
biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi.
Bugungi
kunda
mutaxassislarning
ilmiy
salohiyatini
birlashtirishga
mamlakatimizda imkoniyatlar tug‘ildi. Nazariya va amaliyot birligining
ta‘minlanayotganligi zamonaviy Pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini
aniqlashga yo‘l ochmoqda.
Bizning fikrimizcha, yangi Pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining
alohida tarmog‘i sifatida qarash yoki faqat ta‘lim amaliyotini maqbullashtirishga
yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi
nazariy va amaliy izlanishlarini aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyati –
pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish asosida modernizasiya
qilishdan iborat. Sababi, har qanday o‘quv – tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u
yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, Pedagogik texnologiya –
amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma‘lum pedagogik tizimning loyihasidir.
Unda pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan vositalar usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, shaxsdagi
muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta‘sir etishni maqsadga muvofiq
18
tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi
belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak.
Agar maqsad o‘zgarsa tizim ham o‘zgarishi shart.
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ jamiyat, davlat va oila oldida o‘z
javobgarligini his etadigan fuqaro shaxsini tarbiyalashni asosiy maqsad qilib
qo‘ydi. Demak, Milliy dastur bizda ta‘lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi
sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat buyurtmasigina ta‘lim va tarbiyaning aniq
maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy (o‘rta maxsus, kasb – hunar) ta‘lim
uchun Pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari har qanday pedagogik tizim
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishni ko‘rsatib
berdi:
1) o‘quvchilar;
2) ta‘lim va tarbiya maqsadi (umumiy va xususiy) ;
3) ta‘lim va tarbiyaning mazmuni;
4) ta‘lim (tarbiya) jarayoni yoki didaktik jarayon;
5) pedagog yoki o‘qitishning texnikaviy vositalari;
6) ta‘lim va tarbiyaning tashkiliy shakllari.
Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har
qanday sohasi kabi aniq maqsad va unga erishish uchun shart- sharoitlar hamda bu
faoliyat uchun axborotlar (mazmun) bo‘lishi kerak.
Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxsning ma‘lum sifatlarini
shakilltirish zarurati bo‘lsa, shart-sharoitlar -talablarning boshlang‘ich sifat
ko‘rsatkichlari, axborot esa- o‘quv predmetining mazmuni yoki tarbiyaviy
ta‘siridir.
19
Har bir didaktik masala pedagogik tizimda o‘ziga mos keladigan o‘qitish
texnologiyasi elementlari bilan hal qilinadi, ular: didaktik jarayon, pedagog yoki
o‘qitishning texik vositalari hamda o‘qitishning tashkiliy shakllari.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, pedagog – metodistlar hozirga qadar
didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan o‘qitish
texnologiyasini ishlab chiqishga e‘tibor bermaganlar. Shu nuqtai nazardan Milliy
dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi pedagogik texnalogiyasi yaratish va
amaliyotiga joriy etish majburiyatini yukladi. Darvoqe, pedagogik texnologiyaga
―yangi‖ so‘zining qo‘shib ishlatilishi nazariyachi olimlarimiz va o‘qituvchilarni bir
qadar o‘ylantirib qo‘ydi, endilikda ta‘lim – tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha
yondashish mumkin emasligini anglab etmoqdalar. ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ ta‘lim – tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya‘ni ―o‘tmishdan
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob
beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash‖ deb belgiladi. Demak, ta‘lim –
tarbiya maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir.
Ta‘lim mazmuni o‘quv dasturlari, qo‘llanma va darsliklarda o‘z ifodasini
topadi. Shu munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bo‘yicha ta‘lim mazmunini
ishlab chiqish kabi sharafli mas‘uliyat yuklatildi.
Shunday qilib, Pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning o‘z
echimlarini topishi Milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning muhim bosqichidir.
Agar pedagog (5 – element) qo‘lida bilimga chanqoq talabalar (o‘quvchilar) (1),
fan maqsadiga (2) mos mazmun – dastur, qo‘llanma, darsliklar (3) mavjud bo‘lsa,
u didaktik jarayonni (4) muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining
tashkiliy shakllaridan (6) samarali foydalanib yangi pedagogik texnologiyani
amaliyotga izchil va ketma – ket joriy etishi mumkin. Shu boisdan o‘qituvchi
mahoratiga ko‘p narsa bog‘liqligi, uning pedagogik tizimda tutgan haqida batafsil
to‘xtalamiz.
20
1.
o‘qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta‘lim – tarbiya
maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma‘lum vaqt ichida unga
erishishni ta‘minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to‘g‘risida xulosa
qilish mumkin bo‘lsin.
2.
o‘qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to‘g‘ri keladigan
o‘quv – tarbiyaviy jarayon mazmunini o‘quv dasturi bo‘yicha chuqur egallashi,
muntazam ravishda o‘z pedagogik mahoratini ilmiy – texnikaviy taraqqiyot
talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.
3.
o‘qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik
jarayon (o‘quv – bilish faoliyati) ni amalga oshirish talablari bilan tanish bo‘lishi
kerak: bu – jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik
masalalarni ma‘lum vaqt doirasida bir muncha tez va yuqori saviyada echa
oladigan didaktik jarayonni qo‘llashni talab etadi. Ta‘lim va tarbiyada bu talabni
aniqlab beruvchi omil – talabalarning ma‘lum faoliyatni o‘zlashtirish tezligi
hisoblanadi. Ikkinchisi o‘quv – tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etishga
asoslanganki, bunda mumkin qadar talabalarning keng doirada tajriba (bilim va
ko‘nikma) egallashiga imkon tug‘diradigan va ularning aqliy malakasini
rivojlantira oladigan mexanizmi vujudga kelsin! Bu talabni aniqlab beruvchi
omillar: talablarning o‘qishga bo‘lgan xohishi, o‘quv mehnatiga munosabati.
4.
o‘qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o‘qitishning samarali
shakllaridan foydalana olishi kerak. o‘qitishning tashkiliy shakllari to‘g‘ri
tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma‘lum qonuniyat asosida bir – birlari
bilan bog‘liq ekanligini bildiradi. Bu bog‘lanishlardan foydalanish va eng maqbul
bo‘lgan tashkiliy shakllar topish ta‘limda rasmiyatchilikni yo‘qotishga yo‘l ochadi.
5.
o‘qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo‘lgan talaba
(o‘quvchi)ning ta‘lim mazmuni va tarbiya ta‘sirini qay darajada egallayotganligini
eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu to‘g‘rida
olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqarish
imkoniyatini beradi yoki pedagogik tizimdagi qaysi elementning mazmuniga
tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.
21
Pedagogik texnologiyaning ilmiy xarakterga ega ekanligiga e‘tiborni qaratgan
holda, uning amaliy yo‘nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda
qo‘llashga xosligini e‘tirof etish kerak. Biz loyihalagan pedagogik tizimni
tadqiqotchi ijodiy tahlil qiladi va o‘z mavzusi bo‘yicha uslubiy tizim yaratadi va
uning tashkil etuvchi elementlarini tabiatni muhofaza qilish ma‘rifati bilan
bog‘laydi, ya‘ni: tabiatni muhofaza qilish ma‘rifatining maqsadini aniq belgilaydi;
o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan tabiatni muhofaza qilishga oid bilimlar,
ko‘nikmalar va malakalar tizimini ishlab chiqadi; yaratilgan mazmun yordamida
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etadi yoki tajriba-sinov darslarini
hunar bilim yurtlarida olib boradi; bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini tabiatni
muhofaza qilish maqsadiga mos holda tanlaydi (nazariy dars, amaliy lobaratoriya
mashg‘uloti, ishlab chiqarish amaliyoti.) Biz bu erda tadqiqotchining qo‘lga
kiritgan ilmiy xulosalari to‘g‘risida fikr yuritmaymiz, chunki bizni pedagogik
texnologiyani amaliyotga joriy qilish muammosi qiziqtiradi. Bu esa tadqiqotchi I.
Misliboev tomonidan ishonchli tarzda amalga oshirilgan.
Demak, nazariyani o‘quv amaliyoti bilan bog‘lash zarurati va tadqiqotimiz
mavzusining nazariy asoslarini o‘rganish zamonaviy PTni aniqlab beradigan qator
holatlarni belgilashga imkon berdi:
1. Zamonaviylik ta‘lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba - sinovda
tekshirilgan didaktikaga oid yangiliklar, tartib – qoidalarni joriy etishning
majburiyligini taqazo etadi. Bu yangiliklar ta‘limning taraqqiyot manbai bo‘lib
hisoblanadi. Ta‘lim tizimidagi sustkashlik, harakatsizlik ta‘lim amaliyotini
inqirozga uchrashidagi muhim sabablardan biri.
A) PT ga aloqador bo‘lgan ikkinchi jihati ta‘lim mazmunini uzluksiz
yangilab borish talablari bilan bog‘liqdir. Bu yo‘nalishda olib boriladigan ishlar
birinchi navbatda o‘quv dasturlaridan ahamiyati kam bo‘lgan materiallarni
chiqarib tashlash maqsadini belgilaydi. Natijada talabalar (o‘quvchilar)da fan
to‘g‘risida mantiqiy va ko‘rsatmali timsol shakllansin, ularni tushunib etishi
engillashsin, egallagan bilimlarini amaliyotga qo‘llash imkoniyati vujudga kelsin.
22
B) ilmiy – texnik axborotlarning ko‘pligi va kengligi fan – texnika yutuqlari
asosida o‘quv dasturlarini muntazam ravishda modernizasiyalashni taqazo etadi.
2. o‘quv jarayonini maqbullashtirish (optimizasiya). Bu o‘qituvchi va
o‘quvchilarning kam kuch sarflab maqsadga erishishidir (vaqt, sifat, yuqori natija).
Bunga esa o‘qitishda optimal sharoit yaratish evaziga erishish mumkin.
3. Ilmiylik ta‘limda yangi vositalar, faol metodlar, didaktik materiallarni,
tashkiliy masalalarning yangi echimlarini qo‘llashni taqazo etadi. o‘qitish
nazariyasi va o‘quv – tarbiyaviy ishlarni takomilashtirish texnikasini muntazam
ravishda rivojlantirish shart. Shundagina zamonaviy ta‘lim (oliy, o‘rta, maxsus,
kasb – hunar) to‘g‘risida ijobiy gapirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida ta‘lim –
tarbiya jarayonini uzluksiz tadqiq qilishni, uning natijalarini amaliyotga joriy
etishni ko‘zda tutadi.
4. Talaba va o‘qituvchining dasturli faoliyati o‘quv jarayonidan jamiki ortiq
harakatlarni yo‘qotishga, yuqori hamjihatlikni ta‘minlashga, keraqli natijalarni
qo‘lga kiritishga intilishni talab etadi. o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi
―konstruktor‖ sifatida faoliyat ko‘rsatishi kerak. Boshqacha aytganda faqat ta‘lim
maqsadini aniq tasavvur etadigan, o‘tilayotgan o‘quv materialining mazmunini
chuqur biladigan, o‘qitish texnikasi va metodlarini yaxshi egallagan o‘qituvchigina
o‘qitish jarayoni uchun zaruriy shart – sharoit yarata oladi va uni amalga oshiradi.
5. Ta‘limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vositalardan,
ulardan foydalanish samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng
foydalanish zamonaviy Pedagogik texnologiyaning eng asosiy belgilaridan biridir.
Milliy dasturda o‘quv – tarbiyaviy jarayonni boshqarishning bu muhim vositasiga
alohida urg‘u berilgan. Biroq axborotli vositalar (kompyuter, elektronika, aloqa,
radio, televedenie) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlandi:
a) o‘quv jarayoni uchun bunday vositalarning samara beradigan mazmunini
aniqlaydigan didaktik materiallarni ishlab chiqish;
b) o‘qituvchilarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalari va didaktik
materiallarni metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.
23
6. o‘quv jarayoni uchun moddiy – texnika bazasining maqsadga muvofiqligi
PTning navbatdagi belgisidir. o‘quvchi va o‘qituvchilarning samarali faoliyat
ko‘rsatishi uchun zamonaviy baza yaratish, uning tarkibiy tuzilishini loyihalash
ham o‘z navbatida nazariy va emperik tadqiqotlar asosida amalga oshiriladi.
o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanishda ham qator arxitekturaga oid
echimlar o‘quv binosi yaratilayotganda hisobga olinishi va tegishli qulay sharoitlar
(iqlim, akustika, yorug‘lik, mebel va hokazo) ta‘minlanishi lozim. Demak,
auditoriyadan tortib to poligrafiya bazasi ham ukitish vositalari tarkibiga kirib,
ularsiz zamonaviy o‘qitish jarayonini qurib bo‘lmaydi.
7. o‘quv – tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash Pedagogik
texnologiyaning o‘z oldiga qo‘ygan natijaviy maqsadidir. Bu borada
mamlakatimiz ta‘lim muassasalarida joriy etilgan reyting – test tizimini eslatish
kifoya.
Ayniqsa
talaba
(o‘quvchi)
lar
bilim
va
ko‘nikmalarining
avtomatlashtirilgan nazorat vositalaridan foydalanib amalga oshirilishi Pedagogik
texnologiya shug‘ullanishi lozim bo‘lgan yo‘nalishdir.
Shunday qilib, bu mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan nazariy tadqiqotimiz tahlil
asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin:
Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zining pedagogika va boshqa fan
yutuqlari bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o‘quv –
tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan; o‘qitishning axborotli
vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga
asoslangan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |