O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Ammo, nogiron bolasi bor oilalarning tilini topib ishlash



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana04.03.2022
Hajmi0,53 Mb.
#482746
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
yordamchi maktab talimida texnologiyalarni qollashning oziga xos(1)

Ammo, nogiron bolasi bor oilalarning tilini topib ishlash 
oson emas. Bunday hollarda
M.Eggning maslahatlariga quloq tutishni tavsiya 


30 
etgan bo‘lardik. U o‘zining ―Mening farzandim boshqalardek emas ….‖ Deb 
nomlangan kitobida shunday deydi: ―Bolangizni tarbiyalashdek olijanob vazifa 
zimmangizga yuklatilgan. Faqatgina siz uni ezgulikka etaklay olasiz, uning 
kelajagi faqatgina sizga bog‘liq. Buni siz uchun hech kim qilmaydi. Unga yordam 
berishingiz uchun bolangizni tushunishingiz bilan birga bu yo‘lda sizdagi sabr 
amda mehr-muhabbat va maqsad sari intilishingizning o‘zi kifoya.‖. 
Shunday bo‘lsa-da, alohida yordamga muhtoj ta‘limga layoqatli bolalarni 
ta‘lim olishlari uchun pedagoglarning sa‘yi-harakatlari ota-ona tomonidan qo‘llab-
quvvatlanmayotganligi tufayli ozmuncha qiyinchilikka uchraydilar. Buning eng 
asosiy sabablaridan biri ota-onaning bola tarbiyalashga kerakli ravishda tayyor 
emasliklaridir. Shuning uchun ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri 
bo‘lgan ota-onalarda korreksion-pedagogik savodxonlikni oshirish har jiatdan 
zimmamizdagi ulkan vazifa hisoblanadi.
 
XXI asr maxsus maktab, maktab-internatlar oldiga, umumiy o‘rta ta‘lim 
maktablarining tarkibiy qismi sifatida, o‘z bitiruvchilariga jadal sur‘atlar bilan 
rivojlanib borayotgan davr uchun zarur bo‘lgan mustahkam hamda tizimli bilim 
asoslarini berishi, shuningdek ona Vataniga muhabbat va sodiqliq dunyo xalqlari 
va elatlariga hurmatda bo‘lish kabi insonparvarlik royalarini mujassamlovchi 
milliy istiqlol ruhini singdirishi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va 
malakalar (o‘z-o‘zini boshqara olish, murakkab vaziyatlar va stressli holatlardan 
chiqib keta olish, kommunikasiya (muloqot)ga kirisha olish va b.) bilan 
qurollantirish kabi muhim masalalarni hal qilish muammolarini qo‘ymokda. 
Maxsus o‘quv-tarbiya jarayoniga qo‘yilayotgan yangi talablar muassasaning 
pedagog xodimlariga, eng avvalo, o‘z o‘quvchilari rivojlanish xususiyatlari haqida 
mukammal bilimga ega bo‘lish, maxsus tashkil etiluvchi ta‘lim-tarbiya 
jarayonining tub moxiyati va mazmunini anglab olishlari vazifasini yuklamoqda. 
Faqat shundagina defektolog-o‘qituvchi o‘ziga yuklatilgan vazifaning mohirona 
echimini topadi. 
O‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlar xamda amaliy ko‘nikmalarning 
o‘zlashtirilishi o‘quv jarayonining turli-tuman shakllarida amalga oshiriladi. 


31 
Maxsus maktab, maktab-internatlarda o‘quv jarayonini tashkil etishning 
dars, ekskursiya, yakka tartibdagi mashg‘ulotlar, musiqaviy-ritmik mashg‘ulot, uy 
topshiriqlari, fakultativ mashg‘ulotlar kabi shakllarida asosiy e‘tibor maktab-
internati oldiga qo‘yilgan vazifalarning echimiga qaratiladi. 
Dars o‘quv jarayonini tashkil etishning etakchi shakli hisoblanib, u 
maktabdagi asosiy ish shakli sifatida ilk bor XVII asrda zamonaviy pedagogika 
sohasida ushbu kunda ham qoldirgan boy nazariy merosi bilan o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmagan - «Buyuk didaktika» asarining muallifi Yan Amos Komenskiy 
tomonidan amaliyotga joriy qilindi. 
Dars - o‘qitishning vazifalari, mazmuni, nizom va metodlarini o‘zida 
mujassamlovchi o‘quv jarayonining asosiy shakli. Maxsus maktab, maktab-
internatlarda olib boriluvchi dars maqsadlari eshitiщida muammosi bo‘lgan bolalar 
ta‘limi oldiga qo‘yiluvchi vazifalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Maxsus 
maktab, maktab-internatlarda o‘tiluvchi har qanday dars oldiga 3 ta maqsad 
qo‘yiladi: 
1. Ta‘limiy maqsad bolalarni o‘quv dasturi hajmidagi nazariy bilim va 
amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishni nazarda tutadi ; 
2. Tarbiyaviy maqsad o‘quvchilarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash, 
ularning shaxsiy axloqiy sifatlarini shakllantirish, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topa 
olishlariga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda 
tutadi; 
3. Korreksion - rivojlantiruvchi maqsad aloxida yordamga muhtoj bo‘lgan 
bolalar birlamchi muammolari oqibatida yuzaga keluvchi ikkilamchi muammolarni 
bartaraf etishni nazarda tutadi. 
Darsning ta‘limiy, tarbiyaviy va korreksion rivojlantiruvchi vazifalari 
o‘zaro bog‘liq, holda hal etib borilishi lozim. O‘qituvchi dars olib borish 
jarayonida ana shu vazifalarning echimiga to‘rt ko‘rinishdagi: pedagogik 
psixologik gigienik tashkiliy talablarga rioya qilgan holda ish olib borsa, ta‘lim-
tarbiya samaradorligiga erishadi:


32 
Darsga qo‘yiladigan pedagogik talablar maxsus maktab, maktab-
internatlarida olib boriluvchi darslar o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos 
bo‘lgan tamoyillaridan kelib chiquvchi pedagogik talablarga javob berishi zarur. 
Ushbu talablarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
- darsning vazifalari xamda o‘quv jarayonining bosqichlari dasturiy 
talablardan, shuningdek sinf o‘quvchilarining umumiy, aqliy va nutqiy rivojlanish 
darajasidan kelib chiqqan holda belgilanishi; 
- sinf o‘quvchilarining bilish faoliyatlarini faollashtirishga yo‘naltirilgan 
ish usullaridan mohirona va o‘rinli foydalanishning oldindan loyihalashtirib 
qo‘yilishi; 
- darsga oid bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘quvchilar nutqini 
muloqot quroli sifatida shakllantirish zamirida egallanishi; 
- alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda ko‘rsatmalilik ko‘rgazmalilik amaliy ish jarayoniga alohida e‘tibor 
qaratish;
- darslarda nutqning turli-tuman shakllaridan foydalanish (bunda qaysi 
nutq shaklining etakchi bo‘lishi bosqich talablaridan, shuningdek sinf 
o‘quvchilarining umumiy va nutqiy rivojlanishlaridan kelib chiqqan holda 
belgilanadi); 
- alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda doskada bajariladigan ishga ajratilgan vaqt taqsimotiga jiddiy 
ahamiyat qaratish: 
Darsga qo‘yiladigan psixologik talablar. Dars samaradorligi ko‘p jihatdan 
o‘qituvchining o‘z o‘quvchilari rivojlanish xususiyatlari haqida ma‘lumotga ega 
bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi doimo xar bir darsini rejalashtirish va olib 
borishida o‘z o‘quvchilarining idroki, diqqati, xotirasi, tasavvuri kabi 
xususiyatlarini nazardan chetda qoldirmasligi lozim. O‘z o‘quvchilarining ruhiy 
jarayonlari hakida aniq ma‘lumotga ega bo‘lish o‘qituvchiga ishning samarali 
shakl va metodlarini tanlashda katta yordam ko‘rsatadi. 


33 
Ma‘lumki. jismoniy va aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar 
nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashda o‘ta qiyinchiliklarni boshdan 
kechiradilar. O‘qituvchining bolalarga bo‘lgan iliq munosabati, mohirona qo‘llab –
quvvatlovi, muloqot o‘rnata olishi o‘quvchilarda nafaqat darslarda faol ishtirok eta 
olishlarini uyg‘otadi, balki ulardagi o‘z imkoniyatlariga ishonchni, ya‘ni optimistik 
ruhiyatlarini yuzaga keltiradi. 
Darsga 
qo‘yiladigan 
gigienik 
talablar 
O‘quvchilar 
ishchanlik 
qobiliyatlarining holati gigienik talablarga qay darajada rioya qilinishiga bog‘liq 
sanaladi. Ya‘ni-har bir darsda quyidagi gigienik talablarga 
- sinf devorlarining talab darajasidagi ranglarda bo‘yalishi; 
- sinf xonasining me‘yordagi yorug‘likka ega bo‘lishi; 
- sinf xonasini darsdan oldin va darslar o‘rtasidagi tanaffuslarda 
shamollatib turilishi.; 
- bolalar toliqishining oldini olish maqsadida faoliyatning turli - tuman 
ko‘rinishlaridan foydalanish; 
- dars davomida dam olish daqiqalarini o‘tkazib turish; 
- darslar o‘rtasida majburiy tanaffuslarga rioya qilinishi lozim.
Chunki ba‘zi o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘quv materialini ajratilgan 
vaqt mobaynida egallay olmasliklari sababli tanaffus vaqtida ham ular bilan 
shug‘ullanishga harakat qiladilar. Bu esa o‘z navbatida, bolalarning nafaqat
avvalgi o‘quv soati materialini, balki keyingi o‘quv soati materialini xam 
o‘zlashtira olmasliklariga sabab bo‘lishi mumkin va h.q 
Darsga 
qo‘yiladigan tashkiliy talablar Darsning samaradorligi 
o‘tkaziladigan o‘quv xonasining holati, uning zaruriy jihoz va uskunalar. 
korreksiyani amalga oshirish imkonini beruvchi apparatura va texnik vositalar, 
ko‘rgazmali va didaktik materiallarning shayligiga ham bog‘lik hisoblanadi. 
Yuqoridagi talablar asosida olib borilgan darslar o‘qituvchi ishining samaradorligi, 
uning ijobiy natijasini ta‘minlaydi. Bunday darslarda ishtirok etib, bilim, ko‘nikma 
va malakalar bilan qurollangan o‘quvchilarning shaxsii barkamollikka erishishlari, 


34 
ijtimoiy hayotda munosib tarzda o‘z o‘rinlarini topishlari, kelajagi buyuk 
mamlakatimizning mohir bunyodkorlari bo‘lib etishishlari shubhasizdir 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish