2.2. Boshlang‟ich ta‟limda pedagogik texnologiyalarning o‟ziga xos
xususiyatlari
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ta‘lim va tarbiyaning bosh maqsadi,
mazmuni tubdan yangilandi. Shu sababli umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida
akademik liseylar. oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida pedagogik
texnologiyalarni samarali joriy etishga alohida e‘tibor qaratilmokda.
O‘zbekiston
Respublikasi
milliy
ma‘naviy
taraqqiyotning
muvaffaqiyatlarini belgilovchi tub vazifalarning bosh harakatlantiruvchi kuchi
pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Bunda avtoritar
pedagogikadan voz kechib, hamkorlik pedagogikasi" ni qilish ayni muddaodir.
Maktabgacha
ta‘lim va boshlang‘ich ta‘lim turi O‘zbekiston
Respublikasida ta‘limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanib, bola shaxsini sog‘lom
va etuk maktabda o‘qishga tayyorlash nuqtai nazaridan shakllantirish maqsadini
ko‘zlaydi. Kichik yoshdagi bolalar ta‘limining davlat va nodavlat maktabgacha
tarbiya muassasalarida hamda oilalarda amalga oshirilishi Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida belgilab berilgan. Bu tizimni rivojlantirish shartlaridan biri
"zamonaviy o‘quv-uslubiy kollanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar
yaratish xamda ularni ishlab chiqarish"dir.
Bizga m‘lumki markaziy asab tizimlaridagi organik buzilishlar oligofren
bolalarning barcha analizatorlarida nuqsonlar bo‘lishiga olib keladi.
Oligofren bolalarda bosh miyaning rivojlanmasligi oqibatida barcha asab
jarayonlarining dinamikasi ham buziladi. Buning oqibatida bosh miyaning
atrofdan kelayotgan ta‘sirlarni talil qilib javob berishi buziladi. Ko‘pchilik
aqli zaif bolalarda ayrim analizatorlar periferik qismlarining
zararlanishi natijasida, kurish, eshitish va boshqa a‘zolar nuqsonlari yuz berar
ekan. Amerikalik psixolog Lovening ma‘lumotlariga qaraganda, tekshirilgan
aqli zaif bolalarning uchdan bir qismining ko‘rish nuqsonlari mavjud ekan. Kratter
35
va O.Konnorlarning ta‘kidlashlaricha, aqli zaif bolalarning ko‘pchiligida
turli ranglarni ajratishda xatolikka yo‘l qo‘yar ekanlar. Tabiiyki, bu nuqsonlar
aqli zaif bolalarda ko‘rish idrokining nuqsonliligiga olib keladi. Normal bolalardan
birmuncha ko‘p aqli zaif bolalarda eshitish kamchiliklari uchrar ekan.
Kodman ma‘lumotlariga qaraganda, aqli zaif bolalardagi eshitish
nuqsonlari normal bolalardan 3-4 marta ko‘p uchrar ekan.
Nuqsonlilarda teri analizatorlari ishida ham kamchiliklar bor ekan. Meer-Gross
va boshqalarning ko‘rsatishlaricha, aqli zaif bolalarning ko‘pchiligida og‘riq
sezgilari birmuncha kuchaygan ekan. Ko‘pchilik aqli zaif bolalarda
harakat analizatorlarining nuqsonlari uchrar ekan. Bunday kamchiliklar aqli
zaif bolalarning 50 foizida uchrab, ularning yurib ketishlari bir muncha
kechikar ekan. Bu bolalarning nutq-harakat analizatorining nuqsonli rivoji
asosida qator talaffuz kamchiliklari yuz berar ekan. Ko‘pchilik aqli zaif
bolalarda turli nutq kamchiliklari uchrar ekan. Aqli zaif bolalarning
71 foizida nutq kechikib rivojlanar ekan. Oligofren bolalarning bosh miyasidagi
nuqson ikkinchi signal tizimining yaxshi rivojlanmasligiga olib keladi. Ana shu
kamchiliklarni hisobga olgan holda bolalarga yondoshish lozim.
Umumta‘lim maktablari o‘quvchilari aqliy saloxiyatining o‘sib borishi,
ularning ta‘lim mazmuniga chuqurroq kirib borishga intilishi, axborot
kommunikasion texnologiyalardan foydalanib, dunyo yangiliklaridan boxabar
bo‘lishga qiziqishlari, o‘qituvchilardan o‘z ustilarida tinimsiz izlanishlari, bugungi
kun nafasi bilan yashashn hamda ta‘lim sohasidagi eng so‘nggi yangiliklardan
boxabar bo‘lib borishni talab etadi. Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida o‘z
o‘quvchilarini talim jarayoniga ijodiy yondashuv asosida qarashlarini tashkil
qilishi, ularda mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish barobarida
ilg‘or peladogik texnologiyalardan foylalangan holda darsni tashkil etishi kerak
bo‘ladi. Bu jarayonni esa biz yordamchi maktablarda qo‘llashimiz kerak, va albatta
bu hozirgi zamon talabi ham.
Albatta, zamonaviy o‘qituvchi zamonaviy darsni tashkil etadi. Xo‘sh
zamonaviy dars qanday dars?
36
Zamonaviy dars shunday darcki, unda o‘qituvchi o‘quvchining bor
imkoniyatlaridan uddaburonlik bilan foydalanib, uning aqliy salohiyatini ishga
solib, rivojlanishini ta‘minlaydi..
Zamonaviy pedagogik texnologiya asosida darc berayotgan o‘qituvchi
didaktik o‘yinlar, topishmoqlar, boshqotirmalar, testlarlardan darsning istagan
vaqtida foylalannshp mumkin. Bu esa maxsus maktab o‘quvchilarni
izlanuvchanlikka. topqirlikka undaydi. Sinfda darcga bee‘tibor o‘quvchi qolmaydi.
Darc jarayonida o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. Darc
markazida o‘quvchi faoliyati yotadi. O‘qituvchi esa yo‘naltiruvchi. maslaxatchi
vazifasiga o‘tadi. Bunda o‘qituvchi muammoli topshiriqlar berib. o‘quvchinn ana
shunday vaziyatlarni hal qilishga o‘rgatadi va buning natijasida o‘quvchiga yangi
mavzu ma‘lumotlarini berib boradi.
Yordamchi maktab boshlang‘ich ta‘limi maxsus ta‘lim maktablarinipg
bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli anna shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal
rivojlanib
borishiga
ko‘proq e‘tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining mas‘uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina
qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim
olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy
salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining vazifasi mas‘uliyatli ekanligini ko‘rsatadi. O‘qituvchilarning asl
maqsadi o‘quvchilarda o‘quv istagini va shaxsidagi ijodkorlikni shakllanitirib,
ularni barcha darslarda faol bo‘lishga jalb qilish. ta‘limga bo‘lgan qiziqish va
mustaqillik tuyg‘usini uyg‘otishdir. Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi ishlash
jarayonida o‘ylashga, yangi o‘qish vositalarini o‘ylab topishga, ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni maxsus boshlang‘ich ta‘lim tizimiga tatbiq etishga, ijod qilishga
to‘g‘ri keladi.
Muammo shundaki, yordamchi maktab boshlang‘ich ta‘lim jarayoniga
innovasion texnologiyalarning ayrimlarini tatbiq etishda qiyinchiliklar vujudga
keladi. Yani yozish va malakalari to‘liq takomillashmagan, kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarga mos tushadigan texnologiyalarni tanlab olish yoki
37
muayyan o‘zgartirishlar kiritib, boshlang‘ich ta‘lim jarayoniga moslashtirish
o‘qituvchilardan izlanuvchanlik va ijodkorlikni talab etadi.
Pedagogik texnologniyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari,
o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi zhtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki
bunday darclar bola ruhiyatiga yakinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv
materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘g‘gatish
asosida maqsadga erishish motivasiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro ichki yakinlashuvidir.
Motivasiya o‘quvchining ichki imkoniyatlarini ishga solish, u yoki bu
bilimni olishga undash va qiziqishlarni uyg‘otish demakdir. Ammo bu jarayon aqli
zaif bolalarda qiyinchilik bilan kechadi, ko‘rishida nuqsoni bor bolalarda esa
jismoniy kamchiliklari xalaqit beradi.
Motivasiyada asosan o‘quvchining faolligi oshib boradi va uni quyidagi
omillar ta‘minlaydi:
- O‘quv materialini ongli ravishla o‘zlashtirib olishga tayyorligi;
- Mustaqil faoliyat yuritishga tayyorligi;
- Faoliyatni yuritishga tayyorligi;
- O‘zining shaxsiy darajasini oshirishga moyilligi;
O‘quv jarayonining samarali kechishida o‘quvchining mustaqil faoliyat
yuritishi darc samaradorligini ta‘minlaydidi.
Quyidagi motivlar darsda o‘quvchi faolligini oshiradi:
- O‘z fikrini himoya etish;
- Munozara, muhokamada faol faol ishtirok etish;
- O‘rtoqlari javoblariga tanqidiy qaray olish javoblariga tanqidiy qaray
olish;
- Qoloq, o‘zlashtirishi qiyin, bo‘sh o‘quvchilarga yordam berish;
- O‘ziga ijodiy faoliyat nazoratidan topshiriqlarni tanlay olish;
- O‘z qiziqishlari asosida mustaqil mashq, masalalar echish.
O‘qituvchining o‘z ishiga fidoyiligi, o‘quv materialida yangiliklarning
mavjudligi, zamonaviy darclarni tashkil etishi, dars shakllarini yangilash,
38
ommalashtirib borish, muammoli, evristik, komnyuterli darclarni tashkil etish,
darslarda multimedia tizimidan foydalanish, o‘zaro bir-birini o‘qituvni yo‘lga
qo‘yish. olgan bilim va ko‘nikmalari yuzasidan test-sinovlarini «tashkil etish,
musobaqalar tashkil etish, pedagogik takt va o‘qituvchining mahorati,
o‘qituvchining o‘z o‘quv iredmetiga munosabati, bolaga do‘stona munosabatda
bo‘lish o‘quvchilarning darcga qiziqishlarini oshirishdagi asosiy motivlardir.
Yuqoridagi omillar o‘quvchining o‘quv mehnatiga bo‘lgan ijobiy
munosabatini shakllantiradi va o‘z navbatida, dars samaradorliginp oshirib
o‘zlashtirishni kafolatlaydi.
Xulosa qilib aytganda, har bir darsda o‘quvchining faol ishtiroki darsning
samarali kechishga yordam beradi. Maxsus ta‘lim jarayonida yoshlarni o‘qish va
o‘qitishga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishda ta‘lim texnologiyalaridan bo‘lgan
o‘yin usullaridan foydalanish ham muhim ahamiyatga egadir. Pedagogik o‘yinlarni
ta‘lim jarayoniga tatbiq etishda ular fanning maqsadi, vazifasi va xususiyatiga
qarab tanlab olinadi.
Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin: a)
didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi; b) o‘quv faoliyati o‘yin
koidalariga bo‘ysunadi; v) o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida
foyodalaniladi; g) o‘quv jarayoniga qo‘yilgan didaktik vazifaga o‘yinga
aylantirilgan tarzdagi musobaqalashtirish unsurlari kiritiladi. Bu didaktik
vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi Pedagogik
o‘yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o‘yin metodikasi, soha
xususiyati, o‘yin muhiti kabi omillar bo‘yicha tasnif qilingan. Bunda didaktik
maqsadlar quyidagicha qo‘yilishi ham mumkin:
- pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlar orqali bilimlar tizimini mustahkamlash;
- pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlarni ishlab chiqish va ularni amalga
oshirish bo‘yicha uslubiy malakalarni shakllantirish;
- pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlarni ishlab chiqish borasida tajriba
almashish;
- guruh bo‘lib karorlar qabul qilish malakasini takomillashtirish.
39
- har xil masalalarni tashkil qilish. Masalan, tarbiyalanuvchilarni ijodiy
fikrlashga o‘rgatish;
-
pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha
ko‘rsatmalar berish;
-
odamlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish jarayonida o‘zini tuta bilish
ko‘nikmalarini shakllantirish.
Pedagogik mashg‘ulotlarni ishlab chiqishda quyidagilar e‘tiborga olinadi:
o‘yinli mashg‘ulotlarning pedagogik faoliyatni shakllantirishi; ishlab
chikuvchi tomonidan o‘yinlarni yaratish usullarini namoyish etish.
Pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlar hozirgi kundagi o‘quv- tarbiyaviy
jarayonga quyidagi yangi sifatlarni olib kiradi:
- o‘quv jarayonini namoyon etuvchi taqlidli modelning, ya‘ni o‘quv
materialining mazmunini;
- o‘rgatuvchi o‘yinli modelda bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat shakli va vazifalari
bo‘limlarini;
-
talabalarning
o‘quv
faoliyatini
haqiqiy
o‘quv
jarayoniga
yaqinlashtirishni;
- ta‘lim va tarbiya berish jarayonining birligini.faoliyatni o‘qituvchi
tomonidan tashkil etilishi va boshqarilishi hamda talabalar tomonidan amalga
oshirilishi;
-
mashg‘ulotlardan keng miqyosda foydalanishni.
Pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlarda quyidagi pedagogik vazifalar amalga
oshirilishi kerak:
-
bo‘lajak mutaxassislarga kasbiy faoliyat to‘g‘risida bir butun
tushuncha berish;
-
kasbiy predmet hamda ijtimoiy tajriba haqida yakka tartibda birlashib
qaror qabul qilishni o‘zlashtirish;
- kasb bo‘yicha nazariy va amaliy fikrlashni rivojlantirish;
- kasbiy moyillikni shakllantirish va uning hosil bo‘lishiga sharoit yaratish
va b.
40
Pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlarning an‘anaviy usullardan sifat jihatidan
farqi shundaki, bunda o‘quv jarayoni qatnashchilarining birgalikda bor muammoni
echishga kelishi natijasida kasbiy faoliyat qonuniyati hosil bo‘ladi, lekin bu kasbiy
faoliyat va kasbiy tafakkur harakatlari didaktik asoslangan, uslubiy tomondan
ta‘minlangan va xujjatlar bilan isbotlangan bo‘lishi kerak Buni shunday amalga
oshirish kerakki, pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlarda qatnashuvchilar shu davrgacha
egallagan jami bilimlarini namoyon eta bilsin. Shunday qilib, pedagogik o‘yinli
mashg‘ulotlar modeli o‘quvchilarning o‘quv jarayonida faoliyatni egallashga
qaratilishi kerak. O‘yinlarni o‘tkazishda pedagogik vaziyatlar to‘liq tahlil etilib,
ularni bajarish usullari to‘liq muxokama qilinadi. Ta‘lim oluvchilar oldiga aniq
o‘yinning maqsadi qo‘yiladi. Baholash uchun ekspertlar qo‘yiladi. O‘yinlar guruh
yoki jamoa asosida amalga oshiriladi. Fan o‘qituvchisi o‘yin tanlashda darsga
ajratilgan vaqt, o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘quv materiallarining mazmuniga,
o‘quvchilar imkoniyat darajasiga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Dars jarayonida
o‘yinlarni amaliyotga tatbiq etishda suhbat, ko‘rgazmali, amaliy usullardan
foydalanish mumkin. Mashg‘ulot yakunida o‘yin natijalari tahlil qilinadi.
O‘quvchilarga kerakli tavsiyalar beriladi. Demak ta‘lim jarayonida pedagogik
o‘yinlardan foydalanish o‘qituvchidan ijodkorlik tashabbus va kasbiy mahoratni
talab qiladi, Bu esa dars samaradorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi
41
Do'stlaringiz bilan baham: |