Nazorat topshiriklari: 1. Angliyada krepostnoy yer-mulkning susayishiga nima sabab buldi?
A) Soliklarning kupayishi.
V) Pul xujaligining rivojlanishi.
S) Chorvachilikning rivojlanishi.
D) Ichki ziddiyatlarning keskinlashuvi.
Ye) Xamma javob tugri.
2. 1348 yilda Angliya xayotida nimalar ruy berdi?
A) Tashki urushlarning kupayishi.
V) Daxshatli vabo epidemiyasi.
S) Chet elga galla eksport kilina boshladi.
D) Kommutasiya joriy kilindi.
Ye) Tugri javob yuk.
3. Angliyada «Lollardlar» deb kimlarni atashardi?
A) Yersiz dexkonlarni
V) Zodagonlarni.
S) Viklefning Angliyadagi muxlislarini
D) Papa odamlarini.
Ye) Kirollarni.
4. Uot Tayler kuzgoloni nechanchi yilda tilga olina boshladi?
A) 1381 yildan.
V) 1382 yildan.
S) 1386 yildan.
D) 1383 yildan
Ye) 1385 yildan
5. Uot Tayler kuzgolonining asosiy tumanini belgilang?
A) Fransiya.
V) Angliya.
S) London.
D) Sefolk.
Ye) Norfolk.
4-asosiy savol: Kizil va ok gullar urushi.
Ukituvchining maksadi: XV asrda Angliyadagi iktisodiy va ijtimoiy xayotni tushntirib berish, Angliyadagi feodalizmning yemirilish sababalarini ochib berish, Lankestrlarning dinastiyaga kelishi va Jek Ked kuzgolonining asosiy omillarini yoritib berish. Kizil va ok gullar kuzgoloni okibatida ingliz millatining tarkib topishidagi shart-sharoitlarga baxo berish.
Identiv ukuv maksadlari: 4.1. XV asrda Angliyaning iktisodiy va ijtimoiy xayotini urganadi.
4.2.Usha davrda Angliyada feodallarning ikkiga bulinib ketish sabablarini aniklaydi.
4.3. Kizil va ok gullar urushi okibatida ingliz millatining kelish chikish shart-sharoitlarini tushuntiradi.
4 – asosiy savolning bayoni: XV asr mobaynida Angliyada feodalizmning yemirilshi yanada zuraydi. Mamlakatning umumiy xujaligida sanoatning axamiyati kuchaydi. Angliyada movut sanoati ayniksa katta yutuklarga erishdi. Angliyada yukori sifatli movut navi yetishtirilib, uning bir kismi chet ellarga kuplab chikariladigan buldi. Jun yigirish va tukish, shaxarlardan tashkari, kustarchilik kasbi formasida kishloklarga xam keng tarkaldi. XV asrda ingliz savdogarlari turli dengizlarda uz savdo-sotik ishlarini keng yoya boshladilar. Shu munosabat bilan ingliz kemasozligi zur berib rivojlana bordi. Dengizlarning narigi tomonlariga borib savdo kiluvchi yirik savdogarlarning bir kismi XV asrning 70-yillarida savdogar avantyuristlarning birinchi dengiz savdo kompaniyasini tuzdi. Bu savdo kompaniyasi, avvalo La-Mansh va shimoliy dengizdagi movut savdosini uz kuliga monopoliya kilib oldi.
Eski feodal aristokratiyasi XV asr mobaynida xukmron sinf xisoblanar edi. Uning kupincha an’anaviy tulovlar tarzida yerlardan oladigan daromadlari usmay, balki pulning asta-sekin kadri ketishi bilan ular amalda kamayib borganligidan, aristokratiya davlat mansablarini bosib olish yuli bilan uz zararlarining urnini koplashga xarakat kildi. Bu aristokrati Fransiya bilan olib borilgan Yuz yillik urushdan xam katta umidvor edi. Aristokratiya Fransiyadagi yangi yerlar va xar kanakangi xarbiy uljalar olishga ishongan edi. 1399 yilda Plantagenetlar urniga kelgan yangi Lankasterlar dinastiyasi, aristokratik siyosatning kuroliga aylandi.
Lankasterlar siyosatidan, jumladan soliklarning usib borishidan, ular ma’muriyatining suiiste’mollaridan, Yuz yillik urushdagi muvaffakiyatsizliklardan va Angliya savdosining izdan chikishidan bulgan norozilik Angliyaning eng tarakkiy etgan dengiz soxili grafliklaridan biri bulgan Kent grafligida xalk xarakatining ancha avj olishida ifodalanadi. Gersog York vassalaridan biri bulgan Jek Ked boshchiligida 1450 yilda Kentda kuzgolon buldi. Kentning kupgina mayda dexkonlari, shuningdek, shaxarliklarning bir kismi kuzgolonda ishtrok etdi. Ammo xarakatga asosan risar elementlari raxbarlik kildi. Kuzgolonchilar (1550 yil 2 iyun) Londonga kelib, unda xukumat oldiga bir kancha talablar kuyishdi. Bu talablar, asosan, kirolning telba maslaxatchilarini tartibga solish, lordlarning joylarda uzboshimchalik kilishiga, zulm utkazishga chek kuyish talablaridan iborat edi.
Xalk ommasining Lankaterlar dinastiyasiga bulgan nafratidan foydlangan gersog Yorkskiy tarafdorlari mumkin kadar tezrok xokimiyatni uz kullariga olishga intildilar. Genrix VI betobligi sababli 1455 yilda Richard Yorkskiy kirollik regenti deb e’lon kilindi.Birok Lankasterlarning muxlislari (kolok garb va janubi-garb ularning asosiy tayanch joylari edi) tez orada Richard Yorkskiyni regentlik vazifasidan olib tashlashdi. Xuddi shu yili Lankasterlarning Yorklarga karshi boshlagan urushida dastlab Lankasterlar tarafdorining kuli baland keldi. Boy berilgan janglardan birida, 1460 yilda Richard Yorkskiy uldirildi. Ammo uldirilgan Richard Yorkskiyning ugli Eduard Yorklar tudasiga boshchilik kildi, u lankasterlarni 1461 yilda ikki marta maglubiyatga uchratib, Londonni bosib oldi va uzini Eduard IV nomi bilan kirol deb e’lon kildi. Genrix VI esa Tauer zindoniga kamab kuyildi.
York tudasi esa xokimiyatni uzok muddatga uz kulida ushlab turdi. 1470-1471 yillarda Lankasterlar uz tomonlariga utgan yirik feodal Uorvik kumagida xokimiyat tepasiga Genrix VI ni kaytadan tiklamokchi buldilar.Lekin buning uddasidan chika olmadilar. XV asrning ikkinchi yarmida feodallar tus-tupoloni Angliyaning siyosiy tarakkiyotida katta axamiyatga ega buldi. XIV-XV asrlarda Angliyada ingliz millatining tarkib topa boshlashi uchun shart-sharoit vujudga kelmokda edi. Territoriyaning umumiyligi va ekonomikaning umumiyligi ana shu vaktlarda endi yetarli anik namoyon buldi.
XIV-XV asrlarda Angliyada keng milliy bozor tashkil topib London mamlakatdagi savdo-sotik oborotlarining kattagina kismini uziga jalb kilgan edi. XIV-XV asrlarda ingliz adabiyoti jaxonga nom chikargan bir kancha ajoyib asarlar berdi. 1066 yilgi normandlar istilosidan boshlab, avvalgi paytda ingliz jamiyatining turli milliy sostavini aks etirgan ikki tildan foydalanib kelindi. Kirol saroy zodagonlarining katta kismi fransuz tilida suzlashrdi. Axolining asosiy ommasi – dexkonlar va shaxarliklar, urta va mayda feodallar ingliz tilida gaplashardilar. Ingliz tili yana bir kancha shevalarga bulinib, ular orasida London shevasi yetakchi shevalardan edi. Axoli kupchiligining tili bulgan ingliz tili fransuz tilini xonadon xayotidan xam, jamiyat xayotidan xam asta-sekin sikib chikardi. 1258 yildayok kirol Genrix III Angliya axolisiga ingliz tilidabayonnoma bilan murojaat kilishi lozim buldi. 1362 yilda Eduard III London shaxarining petisiyasiga javoban , «fransuz tili uncha ma’lum bulmaganligi» tufayli. Sudlardagi ishlar ingliz tilida olib borilsin, deb karor chikardi. XIV asrning ikkinchi yarmida Angliyada eng yirik asarlar paydo bulib, ularda London shevasi asosida rivojlangan ingliz tili uziga xos barcha lugaviy-grammatik xususiyatlari bilan milliy adabiy til sifatida maydonga chikdi.
XV asrdagi ingliz madaniyatini rivojlantirishda Vilyam Kekston (1422-1491) katta rol uynadi. Kekston savdogar, tarjimon, matbaachi va noshir bulgan edi. Angliyada kitob chop kilish shu odam nomi bilan boglangan (1477yildan). Kekston 100 ta kitob bosib chikargan, bu kitoblarning kupchiligi ingliz tilida edi. Shular orasida Choserning «Kenterberi xikoyalari», latin klassiklari Siseron, Ovidiy va Vergiliyning inglizcha tarjimalari, Ezop masalalari va boshkalar bor edi.