Nazorat topshiriklari:
«Daxshatli sud kitobi» nechanchi yilda yozib tugatildi?
A) 1087 yil.
V) 1085 yil
S) 1086 yil
D) 1088 yil
Ye) 1089 yil
1110-1135 yillarda Vilgelm Istilochining urniga kim taxtga
utirdi?
A) Genrix I
V) Stefan Bluasskiy
S) matilda
D) Genrix II
Ye) Foma Bekeket
Buyuk erkinlik xartiyasi nechta moddadan iborat edi?
A) 62 moddadan
V) 63 moddadan
S) 64 moddadan
D) 65 moddadan
Ye) 66 moddadan
Buyuk erkinlik xartiyasiga kachon imzo chekildi?
A) 1216 yil 14 iyulda
V) 1215 yil 15 iyunda
S) 1312 yil 13 iyunda
D) 1256 yil 15 avgustda
Ye) 1215 yil 12 iyulda
2-asosiy savol:
Angliyada parlamentning vujudga kelishi.
Ukituvchining maksadi: XIII asrda Angliyadagi ijtimoiy va iktisodiy axvolni tushuntirish, ingliz parlamentining boshlanish shart-sharoitlarini aytib berish, «Namunali parlament»ning vujudga kelishi va Eduard I ning idora kilinish tarixiga nazar tashlash xamda XIV asrda parlamentning rivojlanishiga baxo berish.
Identiv ukuv maksadlari:
2.1. XIII asrda Angliyada kishlok xujaligi va sanoatning rivojlanish shart-sharoitlarini biladi.
2.2. Ingliz parlamentinig kanday vujudga kelishi xakida tushuntirida.
2.3. «Namunali parlament»ning vujudga kelish shart-sharoitlarini anglab yetadi.
2.4.XIV asrda parlamentning rivojlanib ketish sabablari va maksadlarini ochib beradi.
2 – asosiy savolning bayoni:
XIII asr mobaynida Angliyada kishlok xujaligi xam, sanoat xam zur berib tarakkiy etdi. Yerni ishlash takomillashdi, bu vaktda agromiyaga doir turli traktat (ilmiy asar)larning bosilib chikishi shuni kursatadi. Ikki dalali sistema uz urnini kuprok uch dalali sistemaga bushatib beradi. Koramol kuprok urchitila boshlashi munosabati bilan dalalarni gunglash keng kullaniladigan buldi. Angliyada kuychilik ayniksa kup rivojlana bordi. XII asrda Angliyada dexkonchilik soxasida erishilgan yutuklarni ana shu fakt kursatib beradiki, bu asrda Angliyada Yevropa kit’asiga kup galla olib ketilar edi. Feodallar orasida kup sonli ma’muriyatga ega bulgan, uzidan keyin xiyla murakkab manorial buxgalteriyasi koldirgan monastir va yepiskop manorlari bozor munosabatlariga eng kup tortilgan edi. Dunyoviy yirik feodallar-baronlar bozor bilan uncha aloka kilmas edi. Baronlar krepostnoylari yetishtirgan maxsulotning kup kismi feodalning va uning mulozimlarinig extiyojlariga sarflanardi. Mamlakatdagi ishlab chikarish kuchlarining umumiy usishi va uning iktisodining mustaxkamlanishi sharoitida XIII asrda rivojlanib borayotgan feodal jamiyatning ijtimoiy ziddiyatlari goyat keskinlashdi. Ziddiyatlarning bir yuli feodallar bilan dexkonlar urtasida bordi. Ingliz dexkonlari XIII asrdan boshlab ogir davrni boshidan kechirar edi. XIII asrda ingliz kishlogida asosiy siymo xisoblangan villanlar turar joyiga biriktirilgan bulib, xaftalik barshchinani utashga majbur bulgan, Lordga nikox soligi va boshka boshka noxak soliklar tulagan, uning sudiga buysundirilgan tamomila krepostnoy kishi edi. XIII asrdagi ingliz dexkoni aslida villangan emas, balki servga uxshab ketardi. Ingliz yuristlari «rim xukuki»ni dalil keltirib, villanlar Rim kulining bir turi deb ochik-oydin fikr bildirgan edilar. XIII asrda turli minoralarda kuplab tartibsizliklarning yuz berishi. Dexkonlarning tez-tez kochishlari, butun jamoa dexkonlarining lord uchun majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishlari bejiz emas edi. XIII asrda Angliyadagi ijtimoiy ziddiyatlarning boshka bir yuli bir tomondan, yirki feodallar, ya’ni lordlar, yepiskoplar, yirik monastlarning abbatlari urtasida yuz bergan bulsa, ikkinchisi-mayda risarlar urtasida kelib chikdi. Yukorida aytib utilgan yirik feodallar mamlakatdagi yerlarning kupchilik kismini egallab olgan edilar. Ularning xar biri necha unlab, ba’zan esa yuzlab manorlarning egasi edi; krepostnoy dexkonlar, asosan shularga karashli edi.
Bularning xammasi risarlar bilan shaxarliklarning birgalikda siyosiy chikishlar kilish uchun sharoit yaratib berdi. XIII asrning ikkinchi yarmidagi siyosiy vokealar xuddi shuni kursatadi. Ioann Yersiz Buyuk erkinlik xartiyasini imzolar ekan, xakikatda uni bajarmokchi emas edi. Ioann Yersizni uzi ichgan kasamiga rioya kilish majburiyatidan xalos etgan papa Innokentiy III xam kirol tomoniga utdi. Ioann baronlar bilan yangi urushga tayyorlana boshladi xam, ammo urush xarakatlari ayni kizib turgan paytda kirol kazo kildi. Uning vorisi kichik yoshli ugli Genrix III (1216-1272) baronlar oligarxiyasi kulida uzok vaktgacha kirol bulib koldi. Fransiyadan Angliyaga kelgan karindosh uruglari va ularning dustlarini ingliz baronlariga karshi kilib kuymokchi buldi. Bu esa ingliz baronlari urtasida kaxr-gazab uygotdi. Dastlabki paytda baronlar risarlar bilan kelishib xarakat kildilar. Ammo baronlar xokimiyatni fakat uzlari uchn bosib olishga intilayotganliklarini, risarlar masalasida noanik va’dalar berish bilan cheklanayotganliklarini risarlar tezda paykadilar. Ular norozilik bildirdilar.
Xarakat keyinchalik shaxarliklar va bir kancha joylarda dexkonlar, kisman frigolderlar, kisman villanlar kelib kushildilar. Baronlar tudasi bulinib ketdi. Demokratik elementlarning aktivligidan, xususan, boshlanib ketgan dexkonlar xarakatidan kurkib ketgan baronlarning kupchiligi tezda kirol tomnga utdi. 1264 yil baxorida Simon kirolning tarafdorlari bulgan baronlarni yakson kilib, Genrix III ni va uning katta ugli shaxzoda Eduardni asir kilib oldi. 1265 yili boshida u keng sostavda parlament chakirdi: parlamentga baron va yepiskoplardan tashkari, risarlarning va shaxarlarning vakillari taklif kilindi. Shunday kilib, fransuz General shtatlariga uxshash, Angliyada birinchi marta uch toifa vakillaridan iborat parlament chakirildi.
Eduard I (1272-1307) 50-60 yillardagi «galayondan» katta sabok olgan xiyla gayratli kirol edi. Ayni zamonda 1258-1265 yillardagi baronlar urushi maxalida urta va kuyi sinflarning xarakatidan kurkib kolgan feodallar endi kirollik toj-taxt tevaragida mustaxkamrok zichlashdilar. Eduard I uz mavkeini yanada kuchaytirish uchun bir kancha istilochilik urushlari kildi. Eduard I Uelsni istilo kildi (1282) va Shotlandiya bilan uzok urush olib bordi. Shotlandiya bilan olib borilgan urush gox ogir buldi. Urushni davom kildirish uchun yetarlicha mablagi bulmagan kirol juda mushkul bir axvolga tushdi. 1295 yili kirolning uzi umum toifaviy parlament chakirdi. Bu parlamentning sostavi kelajakda ana shunday yigilishlar uchun namuna bulganligidan, uni keyinchalik «namunali parlament» deb atadilar.
Fransiya bilan boshlanib ketgan Yuz yillik urush xukumatdan katta pullar talab kildi. Pulga muxtoj bulgan kirol xar safar parlamentga murojat etib, undan «subsidiya» yoki «kumak» surashga majbur buldi. XIV asr ingliz parlamentining xukuki xam asosan rasmiylashdi. 1343 yildan e’tiboran parlament ikki palataga bulindi. Yukori palata l o r d l a r p a l a t a s i deb atalib, u ruxoniy lordlar, arxiyepiskoplar, eng yirik monastirlarning abbatlari va dunyoviy lordlar (baronlar)dan iborat bulardi. U m u m p a l a t a s i deb atalmish kuyi palata grafliklarning vakillari bulgan risarlar va shaxarliklardan iborat bulardi.
XIV-XV asrlarda Angliyadagi shaxar idorasi tobora kuprok yopik sex-oligarxiya xarakteriga ega buldi. XIV asrdan boshlab risarlar grafliklardagi xokimiyatni uz kullariga kiritib olib, bu vaktga kelganda endi bozor, savdo-sotik bilan, ba’zan esa sanoat bilan xam yakindan boglangan kishlok xujayinlariga aylangan edilar. XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab tuzilgan murosaga keltiruvchi sudyalar degan yangi mansab, risarlarning joylardagi siyosiy xokimiyatning ifodasi edi. Risarlar bu mansabni bepul bajarar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |