topdi?
A) 418 yilda
V) 419 yilda
S) 420 yilda
D) 417 yilda
Ye) 412 yilda
Ikkinchi varvar kirolligi kachon vujudga keldi?
A) 439 yilda
V) 437 yilda
S) 438 yilda
D) 436 yilda
Ye) 440 yilda
Uchinchi varvar kirolligi kachon vujudga keldi?
A) 443-457 yillarda
V) 443-467 yillarda
S) 443-457 yillarda
D) 444-456 yillarda
Ye) 442-457 yillarda
Asosiy savol: 3. Garbiy Rim imperiyasining kulashi va Gotlar urushi.
Maksad: Rim imperiyasining ijtimoiy xayotiga baxo berish, uning kulashi sabablarini ochib berish, Gottlarning kirib kelishi va uning istilolarining asl maksad va moxiyatini tushuntirish. Atilla zamonida gunnlarning vujudga kelish shart-sharoitlarini aytib berish.
Ilentiv ukuv maksadlari: Rim imperiyasining ijtimoiy xayotini tasvirlaydi.
Rim imperiyasining kulash sabablarini tushuntirish.
Uning istilolarining maksad va moxiyatini belgilovchi omillarni ochib beradi.
Gunnlar urushining sabab va okibatlarini biladi.
Atilla zamonidagi gunnlarning vujudga kelish shart-sharoitlarini kursatadi.
3 – asosiy savolning bayoni: Atilla ulgandan keyin imperator saroyidagi (saroy Ravennada edi) fitnalar avj olib ketdi, natijada Aesiyning uzi xalok buldi. Aesiy Rimning sungi davrdagi davlat arboblari ichida eng kuzga kuringan kishi edi. imperatorning buyrugi bilan uldirilgan Aesiydan keyin Valentinian III uzi xam uldirildi.. Shundan keyin vandalar (455 y.) xujum kilib, Rimni un turt kun taladilar. Bu xujum imperiyani uzil-kesil xalok kildi. Italiyani nomigagina taxtga utirgan imperatorlar nomidan yollanma varvar drujinalarining boshliklari idora kildi. Shu drujina boshliklaridan biri Odoakr (kichkinagina bir german kabilasining – skerlarning boshligi) 476 yilda Rimning oxirgi imperatori gudak Romul Avgustulni taxtdan tushirib, imperatorlik nishonlarini Konstantinopolga, sharkiy imperatorga yubordi.
Shunday kilib, Garbiy Rim imperiyasi rasmiy jixatdan xam tamom buldi. Uning markazi Parij bulgan Shimoliy Galliyadagi kolgan-kutgan territoriyasini 10 yildan keyin (486 yilda) frank koroli Xlodvig bosib oldi. Odoakr davlati etnik sostavi jixatidan kurama bir davlat edi. Uning kul ostida skerlar, gerullar, gotlarning bir kismi, alanlar (Shimoliy Kavkaz kabilasi) va boshkalar bor edi. U Italiya zodagonlari kulida yerlarning uchdan bir kismini musodara kilib, uz tarafdorlariga berdi. Lekin italiyalik-rimlik axolining ichki ishlariga aralashmadi. Odoakrning mavkei umuman mustaxkam emas edi. U, birorta yirik varvar kabilasidan yordam olaman, deb umid kila olmas edi. Odoakr rimlik kuldor zodagonlarning yeralarini musodara kilib olganlari uchun ular bilan Odoakr urtasidagi munosabat buzik edi. Shu bilan birga Konstantinopoldagilar xam unga ishonmas edilar va uning urniga uz kandidatini ostgotlar koroli Teodorixni tayerlamokda edilar.
Vestgot, Vandal va Burgundiya korolliklarining vujudga kelishi bilan garbiy rim imperiyasining axvoli nixoyat darajada mushukllashib koldi. Bu vaktda imperiyani idora kilib turgan imperator Valentinian III (425-455) sonda bor, salmokda yuk bir odam edi. Lekin uning ministri (uni tarixchilar ba’zan «sungi buyuk rimlik» deb atar edilar (Aesiy) xiyla romanlashgan) varvarlarning birini ikkinchisiga karshi ishga solib, imperiyani saklab kolishga zur berib xarakat kildi. V asr urtalarida imperiya uchun eng xavfli dushman yukorida aytib utganimiz gunnlar buldi. V asrning dastlabki uchdan bir kismi ichida gunn kabilalari gayratli va shijoatli kirol Attila (435-453) kul ostida birlashdi. Attilaning poytaxti – Tissa kirgogi xozirgi Vengriya territoriyasida edi. Shu joydan Attila uzok-uzok joylarga Bolkon yarim oroliga, Kichik Osiyoga, Armeniyaga va xatto Mesopatamiyaga yurishlar kildi. Attila olib borgan urushlar ochikdan-ochik boskinchilik, talonchilik urushlar edi. Unga Vizantiya (Sharkiy Rim) imperatori katta xiroj tular edi. Dunay yonida yashovchi kupgina slavyan kabilalari gunnlarga karam edilar. 50-yillarning boshida Attila garbga yurish kildi va 451 yili Galliyaga bostirib kirib, bu yerda kup shaxarlarni bosib oldi xamda Galliyaning eng muxim strategik punkti bulgan Orlean gunnlar tomonidan olindi, lekin Aesiy Attilaga karshi varvarlar federasiyasini tuzishga muvaffak buldi va Iattila Orleandan chikib ketishga majbur kildi. Attila kup sonli lashkarlari bilan birgalikda yanada sharkka – orkaga burilib (Sans shaxri orkali) Trua shaxri tomonga karab yul oldi.
Vizantiyaning yordami bilan Teodorix 493 yilda Italiyani bosib oldi va shundan keyin 30 yildan ortikrok (493-526) – «gotlar va italiyaliklar koroli» bulib xukmronlik kildi. Uning poytaxti Ravenna shaxri edi (ilgari Gonoriydan boshlab Rimning sungi imperatorlari shu shaxarda yashagan edilar)
Teodorix murakkab ichki va tashki siyosat yurgazdi. U uzini varvar korolliklarining «kattasi» deb xisoblab, varvar korolliklari urtasidagi munosabatlarni tartibga solishga xarakat kildi. Teodorix Vizantiyaga nisbatan xam mustakil pozisiya tutdi. Sharkiy rim imperatorlari uning «kurnamakligidan» norozi bulib, Italiyada imperator xokimiyatining tiklashning yangi rejalarini tuzmokda edi. Ichki siyosatda Teodorix axolining ikkala etnik grupasini – rimliklar bilan varvarlarni murosaga keltirishga xarakat kildi. U uz saroyiga Rim olimlari va yozuvchilarni tortdi, kup eski Rim yodgorliklarini tikladi, atrofiga rimliklardan maslaxatchilar tupladi. Teodorix davlatining siyosiy tuzumi Teodorix xukmronligining oxiriga kadar ikki yoklama buldi. Gotlar rimliklarga kushilmay, aloxida vaziyatda yashadilar. Ular uzlarining german sudi koidalariga muvofik sud kilinar edi.
Teodorix vafotidan keyin Ravenna saroyida ikkita grupa bir-biri bilan kattik kurash olib bordi: bulardan biri-Konstantinopol bilan ittifok tuzish tarafdori («Rim guruxi»), ikkinchisi – mustakil siyosat yurgizish va rimlik kuldorlarni yanada cheklash tarafdori edi. Imperator Yustinian I zamonida vizantiyaliklar ostgotlar italiyasini istilo etdilar va butun Appenin yarim orolini Vizantiyaga kushib oldilar. Lekin Italiyani Vizantiya osonlik bosib olmadi. Gotlar urushi 20 yildan ortik davom etdi. Ostgotlar uzlarini juda kattik ximoya kildilar. Yangi saylangan ostgot kiroli Totilla (541-552) Vizantiyaga karshi kurashga, ostgotlardan tashkari, ezilgan italiyaliklarning bir kismini xam tortdi. Ostgotlar uzlarini juda kattik ximoya kildilar. Imperator Yustinian farmonlar chikarib, Italiyada ilgarigi kuldorlik tuzumini tikladi. Totilaning kullar va kolonlar tugrisidagi farmon va xukmlari bekor kilindi.