O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi A. Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti “Tarix” fakulteti



Download 1,76 Mb.
bet58/126
Sana28.05.2022
Hajmi1,76 Mb.
#612970
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
O\'rta asrlar tarixi A.Boltayev Jizzax DPI

16-mavzu: X-XI asrlarda Germaniya.
(2 soat ma’ruza).


Asosiy savollar:

  1. X-XI asrlarda Germaniyada feodal munosabatlarning rivojlanishi.

  2. Italiyaga kilingan yurishlar va Germaniya imperiyasining tashkil topishi.

  3. Papalar va imperatorlarning investitura uchun kurashi.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Verden taksimoti, «Sharkiy frank yerlari», gersog, «Stelling», gufa, kommendasiya, prekariy, risar, fogtlar, soslovich, frilinglar, freymanlar, burglar, immunitet, yepiskop, libel, graf, baronlar, monastir, «Mukaddas Rim imperiyasi», «Abadiy shaxar», kardinallar, «Rim cherkovi senati», selibat, dunyoviy investitura, «shvab», Vorm konkordati, selibat.


1-asosiy savol:
X-XI asrlarda Germaniyada feodal munosabatlarning rivojlanishi.


Ukituvchining maksadi: X-XI asrlarda Germaniyadagi feodallashuv jarayonini tushuntirib berish, saksoniyaliklarning kirib kelishi va dinastiyasini boshkarish tugrisida ma’lumot berish, Otton I ning taxtga kelishi va idora kilishiga baxo berish.


Identiv ukuv maksadlari:

    1. X-XI asrlarda Germaniyadagi feodal munosabatlarning keskinlashuvini aytib beradi.

    2. Saksoniya dinastiyasining vujudga kelishi va idora kilishining shart – sharoitlarini tushunib yetadi.

    3. Genrix I ning Germaniyada idora kilish usullariga baxo beradi.

    4. Otton I ning taxtga kelishi va idora kilishda nimalarga suyanganligini ochib beradi.

1-asosiy savolning bayoni:
843 yilda Verdenda bulgan taksimotga muvofik «Sharkiy Frank yerlari» (bulgusi Germaniya territoriyasi nazarda tutilgan edi) Lyudovik Nemisga (yoki nemischa, Lyudvigga) utdi. Aslida bu yerdar bir necha kabilaviy knyazliklarning – gersogliklarning yerlari edi. Mamlakatning xech kanday milliy birligi tugrisida u vaktda suz xam bulishi mumkin emasdi. Gersogliklar shimoldan – janubga karab kuyidagi tartibda joylashgan edi: Saksoniya, Frankoniya, Shvabiya (ilgarigi Allemaniya), Bavariya. Birmuncha keyinrok borib garbda joylashgan beshinchi bir gersoglik – Lotaringiya kushib olindi. Reynning narigi tomonidagi yerlarda feodallashuv prosessi Fransiyadagiga karaganda sustrok buldi. Xatto X asrning boshlarida xam Germaniya, u kadar feodallashmagan edi. Jamoalarga – markalarga uyushgan erkin dexkonlar uzok vaktgacha uz mustakilliklarini saklab keldilar. Krepostnoylashtirish yulidagi urinishlarga dexkonlar katta kuzlonlardan biri, masalan, 841-842 yillarda Saksoniyada bulib, u «Stelling» degan nom bilan mashxurdir. Bu kuzgolon dexkon jamoalarning ittifoki bulib, bu ittifok eski majusiylik bayrogi ostida ish kurgan edi, bu ittifok xam kelgindi frank zodagonlariga, xam maxalliy saks zodagonlariga karshi karatilgan edi. Rim ta’sirini utkazishning, jumladan, xususiy mulkchilikning va yerga biriktirib kuyib shaxsiy karam kilishning yangi formalarini kiritish Reyning narigi tomonida ancha sekin amalga oshirilmokda edi. Birok X va XI asrlarda xam feodallashuv ancha muvaffakiyat kozondi. Marka, ya’ni jamoa tushkunlikka yuz tutdi. Katta dunyoviy va cherkov yer egalari tobora kup yerni uz kuliga ola bordi. Dexkonlarning ilgarigi chek yerlari – Gufa maydalanib bordi. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi orkasida yer kuldan- kulga uta boshladi. Dexkonlarning bir kismi uz yeridan ajrab feodal yer egaliga karam bulib koldi. Kommendasiya, ya’ni uzini kudratli kushnisining, yirik yer egasining xomiyligiga topshirishi, immunitet, ya’ni yer egasining davlat funksiyalarini olib borish va birinchi navbatda tevarak - atrofida axolini sud kilish, Reyn buyidagi cherkov yerlarida ( asosan Frankoniyada ) juda xam avj olib ketgan perekayitlik munosabatlari X – XI asrlarda Reyning narigi tomonida tobora tez- tez uchraydigan buldi. Bu prosesslarning xammasi shuni kursatadiki, yuz-ikki yuz yil ilgari garbiy Frank davlatida feodal munosabatlar kanday avj olgan bulsa, Germaniyada xam garchi kechikib bulsa xam, shunday avj oldi. Germaniyada katta yer egaligining avj olishida kirol xazinasiga karashli yerlarning tolon toroj kilinishi katta rol uynadi, Karollinglarning keyingi kuchsiz kirollari bu yerlarni uz kullarida saklab kololmadi. Shu bilan bir vaktda, German feodallarining sharkda slyavyanlar va vengrlarga karshi, janubda Italiyaga karshi olib borilayotgan urushlari kengaygan sari, Germaniyada risarlik xam tobora zur berib avj oldi. Germaniyada feodal munosabatlar rivojlanishining uziga xos xususiyatlari sifatida cherkov yerlarida tashkil topgan fogt - deb ataladigan yer egaligining keng tarkalganligini kursatib utish kerak. Dastlab fogtlar cherkovda xizmat kilar, u yerda xarbiy va sudyalik vazifalarini ado etar edilar, ( advocati eclesiae) va buning evaziga cherkov yerlarining bir kismini foydalanish uchun olar edilar. Keyinchalik bu yerlar nasldan – naslga utadigan feodal yerlariga aylandilar, Fogtlarning uzlari esa xakikiy feodal bulib koldilar. Urushlar feodallar kuchini ma’lum darajada birlashtirishni talab kilib kirol esa feodallar lashkarlarining sarkardasi sifatida zarur edi. Bu narsa ularni kirolga buysunishga majbur kilar edi. Nixoyat risarlarning siyosiy rolini xam etiborga olish kerak. Risarlar tobora kupayib, sosloviy bulib borgan sari kirol xokimyati katta feodallar bilan tuknashuv da risarlarga tayana olardi xalk ommasini tushkunlikka solish davom etib borayotgan sharoitda kirol xokimyati xalk xarakatiga, dexkonlar xarakatiga karshi tayanch sifatida feodallarning xammasiga xam zarur edi. Genrix I ning ugli Otton I (936 – 973) Kirol xokimiyatini mustaxkamlashni davom ettirdi. U dastavval boshka gersoglar ustidan nazoratni kuchaytirdi, buning uchun nikox va boshka karindoshlik alokalaridan foydalandi. Kirol ta’sirini butun mamlakatga yoyishning ikkinchi bir usuli yepiskoplik sistemasi buldi. Otton cherkov bilan dustona aloka bogladi. U yepiskoplarga keng mikyosda immunitet xukuklar berdi va ularga juda kuplab yer ulashdi. Shu bilan birga yepiskoplarni xam uning uzi tayinlardi. Cherkov yerlaridan keladigan daromadlar Kirol xazinasiga kupdan-kup xissa ajratdi. Shunday kilib Germaniyada cherkov manfaatlari bilan davlat manfaatlari bir – biriga chatishib Gemaniyaning turli viloyatlaridagi yepiskoplar maxalliy knyazlarga – gersoglarga e’tibor bermay bevosita kirolga buysundilar. Shu bilan bir vaktda yepiskoplarning kirolga tobeligi ularning Rim papasiga deyarli buysunmay kuyishiga olib keldi. Otton I otasining agressiv tashki siyosatini davom etirdi. Otton I zamonida Elbaning narigi tomonidagi slavyanlarga karshi kurash yanada kuchli suratda davom etdi. Elbaning narigi tomonidga nemis kolonistlari kuchib kelib urnasha boshladi. Ularning eng yaxshi yerlarini tortib olib, kolonis-nemislarga berar edilar. Ba’zan esa xatto nemis feodallari bilan tinch munosabat urnatishga moyil bulgan slavyanlarning 30 ga yakin knyazini uz xuzuriga «ziyofat»ga chakirib, shu yerda buyruk berib ularning xammasini uldirtirib yubordi. Otton I vengrlarga karshi kurashni davom ettirdi. U 955yilda Lexa daryosi buyida ( Augsburgga yakin bir joyda ) vengrlarga yana zarba berishga muvaffak buldi. Shundan keyin vengrlar Germaniya yerlariga xujum kilishni tuxtatdilar. Ular xristianliklarni kabul kila boshladilar va nemislarning ta’siriga uta boshladilar, keyinchalik vengr feodallari nemislarning slavyanlarga karshi olib borgan kurashida bir necha martta nemislarga ittifokchi buldilar. Lekin Otton asosiy e’tiborini sharkka emas, balki Italiyaning janubiga karatdi, chunki Italiya german imperatorlarining – dunyoga xokim bulish rejasi asosiy urin tutar edi.

Nazorat topshiriklari:


1. Verden taxsimoti kachon buldi?
A) 840 yil
B) 842 yil
S) 843 yil
D) 850 yil
Ye) 854 yil
2. Stelling – kuzgolonining ittifoklari va maksadlari.
A). Germaniyadagi risarlarittifoki bulib, dexkonlar ustidan xukmronlikni urnatish.
B) Dexkon jamoalarining ittifoki bulib, majusiylik bdyrogi ostida ish kurgan.
S) Zadoganlar ittifoki bulib, yangi reformalarni joriy kilish.
D) Dexkonlar ittifoki bulib, zodagonlarning ogir soliklarini yo’kotish.
Ye) Fogtlar ittifoki bulib, cherkovlarini feodal yerlariga aylantirish.
3. Saksoliyaliklar birinchi bulib asos solgan shaxsni aniklang.
A) Genrik I Ko’shboz.
B) Otton I.
S) Grigoriy. VII
D) Lyudovik
Ye) Otton II.
4. Genrik 1 kaysi yilda Saksoniya gersogi etib tayinlandi
A) 920 yil
B) 919 yil
S) 924 yil
D) 950yil
Ye) 923 yil



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish